Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi


II.4. O`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil qiluvchi fe’llar (Ettirgen fiil)



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə14/15
tarix06.12.2022
ölçüsü56,12 Kb.
#120506
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va f-fayllar.org

II.4. O`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil qiluvchi fe’llar (Ettirgen fiil).
O`timli fe’lga “-r, -t, -tır”qo`shimchalarini qo`shish orqali yana takroran o`timli fe’l hosil qilinib, o`timlilik darajasi orttirilsa, bunday fe’llar turk tilida ettirgen çatılı fe’llar deb ataladi. Bu yerda fe’lga “-r, -t, -tır” qo`shimchalarini qo`shish orqali ish-harakatni boshqa biriga bajartirish ma’nosi yuzaga chiqadi. Ettirgen fe’llar bevosita oldurgan fe’llardan hosil qilinadi. Masalan:
Gazete aldı > aldırdı > aldırttı
Elbiseyi yıkadı > yıkattı > yıkattırdı
İçmek > içermek > içirtmek
Durmak > durdurmak > durdurtmak
Uçmak > uçurmak > uçurtmak > uçurtturmak
Bu kitapları okudum. (o`timli) > Bu kitapları okuttum. (ettirgen)
Her şeyi kırdım.(o`timli) > Her şeyi kırdırdım. (ettirgen)
Yeni aldığım daireyi boyadım. (o`timli) >Yeni aldığım daireyi boyattım. (ettirgen)
Kumaşı ölçüsüne göre kestim. (o`timli) > Kumaşı ölçüsüne göre kestirdim.(ettirgen)

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tilshunoslikda nisbat kategoriyasi juda ko`p bora o`rganilgan va tadqiq qilingan mavzulardan biridir. Lekin shunday bo`lsa ham bu mavzuda haligacha bir to`xtamga kelinmagan muammolar talaygina. Masalan, turk tilshunoslari orasida nisbat qo`shimchalari so`z yasovchi qo`shimchami yoki bo`lmasa, shakl yasovchimi degan savolga turk tilshunoslarining bir qismi so`z yasovchi deya e`tirof etsalar, boshqa bir guruh tilshunoslar esa shakl yasovchi degan xulosaga kelishgan. Shuningdek, ba’zi turk tilshunosligiga oid kitoblarda, fe’l – to`ldiruvchi munosabatiga ko`ra fe’llar o`z ichida to`rtga bo`linadi, ya’ni o`timli, o`timsiz, oldurgan, ettirgen fe’llar. Lekin turk tilshunosi Zaynab Korkmaz o`zining “Türkiye türkçesi grameri” kitobida oldurgan va ettirgen fe’llarni orttirma fe’l nisbati ichida o`rganadi. Bundan tashqari, turk tili va o`zbek tilidagi nisbat kategoriyasini bir-biriga qiyoslagan holda o`rganganimizda, turk tilida nisbat kategoriyasi o`zbek tilidagiga nisbatan ancha keng qamrovli ekanligiga guvoh bo`lamiz. So`z isboti tariqasida shuni aytishimiz mumkinki, turk tilshunosligida nisbat deyilganda, nisbat darajalaridan tashqari, fe’lning o`timli – o`timsiz, bo`lishli – bo`lishsiz shakllari ham tushuniladi. O`zbek tilida esa nisbat kategoriyasining qamrovi faqat nisbat darajalaribilan kifoyalanadi. Fe’lning o`timli – o`timsiz va bo`lishli – bo`lishsiz shakllariga esa alohida mavzu sifatida qaraladi. Shuningdek o`zbek tilshunosligida nisbat qo`shimchalari shakl yasovchi deb tahlil qilinadi.



Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin