Mavzu:Turk tilida fe’l nisbatlari (fiil çatısı) Annotatsiya: Mazkur kurs ishida fe’lning nisbat kategoriyasi, turk tilida fe’l nisbatlari, nisbat qo’shimchalarining qo’llanilishi masalalar i o’rganiladi.
BAJARDI:MO’MINOVA.N
QABUK QILDI: f.f.n.,dots. L.AMINOVA
Toshkent – 2013
Reja: Kirish
I Bob. Fe’l-ega munosabatiga ko`ra fe’l nisbatlari (Fiil- özne bağlantısı açısından fiil çatıları).
I.1. Aniq nisbat (Etken çatı veya yalın çatı).
I.2. Majhul nisbat (Edilgen çatı).
I.3. O`zlik nisbat (Dönüşlü çatı).
I.4. Birgalik nisbat (İşteş çatı).
I.5. Orttirma nisbat (Ettirgen çatı).
II.Bob. Fe’l-to`ldiruvchi munosabatiga ko`ra fe’llar.
II.1. O`timli fe’l (geçişli fiil).
II.2. O`timsiz fe’l (geçişsiz fiil).
II.3. O`timsiz fe’ldan o`timli fe’l hosil qiluvchi fe’llar (Oldurgan fiil).
II.4. O`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil qiluvchi fe’llar (Ettirgen fiil).
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Fe’l nisbatlari ish-harakatning bajaruvchisi (subyekti) bilan bajariluvchisi (obyekti) o`rtasidagi munosabatni ifodalaydi.Ma’lumki, gap ichida ish-harakatning amalga oshishida ot turlicha ko`rinishga ega bo`ladi: ta’sir ko`rsatadi, ta’sirlanadi yoki bo`lishsiz munosabatda bo`ladi. Bunga mutanosib ravishda fe’l negizi turli ko`rinishlarga kirib, otning gap ichidagi vaziyatini belgilaydi: Ahmet döv-dü, Ahmet döv-ül-dü, Ahmet döv-me-di va hokazo.
Fe’l o`zagining tuslanishdan oldin olgan bunday shakllari uning ko`rinishi(aspekt yoki çatı) deyiladi. Turk tilida fe`lning olgan bunday ko`rinishlari turlicha (6 xil) bo`lib, ularning har biri maxsus qo`shimchalarga ega bo`ladi va birgalikda fiilin çatısı deyiladi. Boshqacha aytganda, fe’llarning vositasiz to`ldiruvchi (nesne)olishi yoki olmasligi, yoki bo`lmasa, gap egasining holatiga ko`ra qo`shimchalarning fe’l o`zak va negiziga qo`shilib, yangi fe’l yasalishiga çatı yoki görünüş deyiladi.
Turk tilshunoslaridan Zeynep Korkmaz fe’l nisbatlarini quyidagicha tahlil etgan:
Fe’lning o`zak yoki negizi leksik jihatdan hech qanday o`zgarishga uchramasdan, fe’ldan fe’l hosil qilgan ba’zi aniq qo`shimchalar bilan kengaytirilib, gapdagi ega va to`ldiruvchi bilan bo`lgan munosabatidan hosil bo`ladigan holat o`zgarishiga nisbat deyiladi. Agar bu izohni yana ham aniq tushuntiradigan bo`lsak, nisbat fe’lning ma’no o`zgarishini emas, balki gapdagi ega va to`ldiruvchiga ishora qiluvchi shakl o`zgarishidir. Shakl o`zgarishini hosil qilgan bu qo`shimchalar gapda fe’lning egani (ish-harakat bajaruvchisini) yoki to`ldiruvchisini (bajarilgan ishdan ta’sirlanuvchini) talab qilish yoki qilmasligini, ega bilan to`diruvchining ayni vaqtda birlashish yoki birlashmasligini, bajarilgan ish-harakat birdan ortiq ega tomonidanmi yoki bo`lmasa, birdan ortiq eganing qarshilikli yoki sheriklikda bajarganligini ko`rsatuvchi qo`shimchalardir. Demak, bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, nisbat kategoriyasida fe`lning o`zak va negizidagi asl ma’no saqlanib qolmoqda, nisbat qo`shimchasi fe’lga faqat grammatik ma’no yuklamoqdadir. Masalan, yaz- (yoz-) fe’liga biror bir nisbat qo`shimchasi qo`shib yaz-ıl- va yaz-dır-(yoz-il- va yoz-dir-) shakllarini hosil qilganimizda “yazmak” (“yozmoq”) ma’nosi o`zgarmasdan birinchi shaklda fe’lga yozish ish-harakatining yoziluvchi tomonidan bajarilganligini ko`rsatuvchi o`zlik(kursayazıl- ; kursga yozil-), yaz-dır- (yoz-dir-) shaklida esa (oğlunu kursa yazdır-; og`lingni kursga yozdir-), fe’lga yozish ishining boshqa birisiga bajartirilganini bildiruvchi orttirmalik xususiyati yuklangan. Shu bilan bir qatorda, birgalik nisbati qo`shimchasini olgan öpüş- fe’lida o`oish harakatining qarshilikli bajarilganligi,kaçış- fe’lida esa qochish harakatining birgalikda bajarilganligi namoyon bo`ladi. Ört-ün- fe’lida ham bajarilgan ish bajaruvchining o`ziga qaytganini kuzatishimiz mumkin. Bajarilgan ish bilan ishning bajaruvchisi bir shaxsda birlashadi. Shu sabali –ü(n)-qo`shimchasi fe’lga qaytuvchilik xususiyatini beradi.
Nisbat qo`shimchasi fe’lning o`zak va negizlaridan keyin, fe’lning shaxs-son va zamon qo`shimchalaridan oldin o`rin egallaydi.
Grammatikamizda va bu mavzudagi maqolalarda nisbat mavzusi, izohi, xususiyati, terminlari, guruhlantirilishi, qo`shimchalarning xususiyatlari hamda sonlari qo`shilish nuqta`i nazaridan ba’zi ba’zi o`rinlarda bir-biriga qarshi zid holatlarni yuzaga chiqarmoqda. Bu qarama-qarshiliklarning oldini olinishi va mavzuning turk tilidagi tuzilish va ishlanish xususiyatiga uyg`un bir holda natijaga erishish uchun qo`limizdagi fe’l materiallarini diqqat bilan tahlil va tadqiq qilishimiz kerak.
Bu yerda yuqoridagi mavzu bo`lmish, ya’ni qarama-qarshiliklarning oldini olish nuqta’i nazaridan nisbatning tafsilotlariga to`xtalmasdan avval ba’zi umumiy izohlar keltirishga ehtiyoj bor degan fikrdamiz. Bularni ketma-ket shu tarzda keltirib o`tamiz:
Nisbat qo`shimchalarining xususiyatlari xususida qilingan ishlar bu qo`shimchalarning so`z yasovchi qo`shimchami yoki shakl yasovchimi degan savolni yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Ba’zi grammatikalarda Fe`l nisbatlari alohida bir bo`lim sifatida o`rganiladi, ayrimlarida esa fe’l yasovchi qo`shimcha sifatida fe’l so`z turkumi tarkibida o`rganiladi. Bunday holatda fe’k nisbatlariga alohida bir bo`lim ajratish yoki ajratmaslik bir to`xtamga kelish zarur.
Nisbat qo`shimchalari, albatta, shakl yasovchi qo`shimcha emas. Ular fe’lda holat o`zgarishlarini yuzaga keltirish nuqta’i nazaridan shakl yasovchi qo`shimchalarga o`xshab ketsa ham, lekin orasidagi farqli xususiyatlari sababli fe’l tuslanishida ishtirok etuvchi va har biri bir-biridan farqli, shuningdek, o`ziga xos grammatik ma’no kasb etuvchi mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari bilan bir xil qo`shimcha deb aytolmaymiz.
Nisbat qo`shimchalari, aslida, fe`ldan fe’l yasovchi qo`shimchalardir.