XX asr 50-yillarida Stalincha ma’muriy – buyruqbozlik boshqarishi shaklining kuchayishi. Shu yillardan to 80-yillarga qadar bo`lgan davr xalqimiz tarixida bir tomondan total boshqarish, ma’muriy – buyruqbozlik usulining o`rnatilishi, ommaviy qatag`onlarning uyushtirilishi, madaniy-ijodiy jarayonlar va xalq ta’limi ustidan tor sinfiy yondashuvlarning shakllanishi, ikkinchi tomondan xalqimizning zamonaviy ilm, fan, texnikani egallashga, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan bahramand bo`lib, yangi hayot qurishga intilishi jo`sh urgan davr bo`ldi. Ushbu davrdagi ziddiyatli jarayonlarda sovet davri aynan shu davrda sotsialistik madaniyatni qaror toptirish maqsadida juda keng g’oyaviy va mafkuraviy kurashlar bordi. Sovet madaniyatining g’oyaviy nazariy asoslari vujudga keldi. Madaniyatning kelgusi rivojlanishini belgilab berdi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari: XX asrning 50–80–yillarida boshida, totalitar boshqarishning ma’muriy – buyruqbozlik usuli o’rnatilgan va avjiga chiqqan davrida O’zbekistonda madaniyatning rivojlanish jarayonlarini o’rganish ilmiy ishimning maqsadidir. Ushbu maqsadga qo’yidagi vazifalarni:
– O’zbekistonda umumiy ta’lim tizimarining shakllanishini va ularning ma’muriy-buyruqbozlik boshqarishi sharoitidagi ahvolini;
– oliy, o’rta maxsus va kasb ta’limining madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etish jarayonlarini;
– maktabdan tashqari ta’limning aholi savodsizligini va chalasavodlikni tugatishdagi o’rnini;
– ilm, fanning mustabid tuzum tazyiqiga qaramay kishilarning dunyoqarashini rivojlantirishdagi va xalq xo’jaligi muammolarini hal etishdagi vazifalarini;
– adabiyot va san’atning madaniyatning rivojlanishiga ta’sirini va ushbu jarayonlarda erkin ijod bilan ma’muriy – buyruqbozlik boshqarishi o’rtasidagi ziddiyatlarni;
– madaniy – ma’rifiy ishlarning xalq madaniyati va ijodining rivojlanishi jarayonlariga ta’sirini tadqiq etish orqali erishiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari va farmonlari hamda birinchi prezidentimiz Islom Karimovning asarlari hamda shu davrga oid fikr va mulohazalari asos qilib olindi.
O’zbek tarixchi – olimlarining mustabid tuzum hukmronlik qilgan va ommaviy qatag’onlar uyushtirgan davr tarixini o’rganish jarayonida chiqargan ilmiy – nazariy xulosalari, milliy madaniy rivojlanishining ijtimoiy tarixiy xususiyatlari haqidagi fikrlari ilmiy ish uchun konsepsual ahamiyatga ega.