Bitruv malakavi ishi natijasida umumta’lim maktablarida va oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston tarixi, madaniyatshunoslik, tarbiya kabi fanlarda foydalanish mumkin. Xuddi shuningdek ulardan darsliklar, o’quv rejalari va uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda foydalansa ham bo’ladi. Ilmiy ishning ilmiy – nazariy xulosalari va unda qo’llanilgan tadqiqot usullari navbatdagi ilmiy izlanishlarga asos qilib olinishi mumkin. Yoshlarda tarixiy xotirani, milliy madaniyatga, ajdodlarimiz qoldirilgan tarixiy – madaniy boyliklarga hurmat ruhini shakllantirishda, ilmiy ishda ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Bitiruv malakaviy ishining predmetiniXX asrning 50 – 80 yillarda O’zbekistonda madaniy hayotda yuz bergan o’zgarishlar va komunistik mufkura tasiri bitruv malakaviy ishining predmeti bo’lib hizmat qildi.
Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot usullari. Ushbu bitruv malakaviy ishini yoritishda tarkibiy tahlil usulidan foydalanildi. Tarkibiy tahlil, aytish mumkinki, barcha ijtimoiy fan sohalarida keng qo‘llaniladi. Siyosatshunoslik va sotsiologiyadan tashqari antropologiya, personal boshqaruv, psixologiya, adabiyotshunoslik, tarix va falsafa tarixi sohalarida keng qo'llaniladi. Bundan tashqari tarixiy obektivlik, tizimlashtirish, muammoviy-xronologik va qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi. Ikki bobdan iborat, uning birinchi bobida 50-yillarda O’zbekistonda madaniy hayotda yuz bergan o’zgarishlar va xuddi shu yillarda yuz bergab qatag’onlik siyosati aks etgan. Ikkinchi bobning birinchi bobida jamiyatimiz madaniy – ma’naviy hayotiga rivojlangan sotsializm g’oyasining majburan singdirilishi haqida batafsil ma’lumot berilsa, Ikkinchi bobida Qoraqolpog’iston Respublikasi madaniyatini yoritishga harakat qilinadi.
I. XX ASRNING 50-YILLARIDA O’ZBEKISTON MADANIY KOMMUNISTIK MAFKURA TASIRI VA QATAG’ONLIK SIYOSATI 1.1 XX asr 50-yillarida amalga oshirilgan qatag’onlikning yangi to’lqini sabab va oqibatlari
Insoniyat tarixida turli-tuman mustabid tuzumlar va terrorga asoslangan siyosiy rejimlar bo’lgan. Ammo bu tuzum va rejimlariing birortasi o’zi amalga oshirgan qatliomni xalq va Vatan manfaati xamda ravnaqi yo’lida olib borganini aytmagan. Yoki millionlab kishilarni kirib, ularning aziz umrlarini qamoqxona va lagerlarda chiritib, demokratiya va komunizm haqida butun dunyoga kommunistlar va sovet davlatidek jar solmagan. O’zini jaxondagi eng insonparvar davlat deb atagan, xatto jahon inqilobini amalga oshirib, Yer kurrasida yagona sotsialistik davlat tuzumini barpo etmokchi bo’lgan SSSR uzining еtmish yillik tarixi bilan chin demokratiyadan uzoq davlat ekanini namoyish etdi. U uzining katagoichilik siyosatini amalga oshirish uchun, xatto o’zigacha shakllangan va insoniyat manfaatiga xizmat qilib kelayotgan huquq va qonunchilik asoslarini chok-chokidai buzib, undagi inson haq-huquqlarini ximoya qilishi mumkin va lozim bo’lgan masalalarni mutlaqo noto’gri talqin qildi.