Mustaqil talim



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Moliya Mahkamov

Sug‘urta tarifi 
– sug‘urta summasiga nisbatan foiz stavkasi.
Sug‘urta badali (mukofoti) – 
sug‘urta summasiga nisbatan belgilangan sug‘urta tarifi bo‘yicha 
pul to‘lovi.
Sug‘urta muddati 
– sug‘urta obyektining sug‘urtalangan davri.
Sug‘urta holati 
– sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy 
va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urta dalolatnomasi 
– o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan sug‘urta 
holatini hamda
sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta portfeli 
– sug‘urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar yig‘indisi yoki tuzilgan va 
to‘langan shartnomalar soni.
Sug‘urta qoidalari 
– ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Nazorat uchun savollar:

Sug‘urtaning mohiyati nimadan iborat?

Qanday munosabatlar sug‘urta munosabatlari deyiladi?

Sug‘urtaning xususiyatlarini qanday belgilar ochib beradi?

Sug‘urta qanday funksiyalarni bajaradi?
"Sug‘urta asoslari"



mavzu. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada risklarni boshqarish. Sug‘urta 
risklarni
boshqarishning muhim usuli
Ko‘riladigan masalalar
o
Risk tushunchasi va tavsifi
o
Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
o
Risklarni boshqarish va sug‘urta
o
Tayanch iboralar

Risk tushunchasi va tavsifi
Risk 
deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan 
kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli 
tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy 
kategoriya sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Riskning quyidagi ta’rifi alaqancha kengroq hisoblanadi: 
risk – 
subyekt 
tomonidan ko‘plab (birdan ortiq)
natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech 
bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar mavjudligi 
holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi.
Hodisa 
– tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning 
maqsadga yo‘naltirilgan xatti- harakatlari yig‘indisi yoki subyektning 
o‘zini xatti-harakati.
Subyekt uchun xavf-hatarlar 
– amalga oshishi subyektga 
zarar (ziyon) 
yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida yoki 
subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subyekt 
manfaatlariga
ziyon yetkazilishida namoyon bo‘ladi.
Zarar 
– har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon.
Manfaat 
– naf, foyda.
Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment nuqtai-nazaridan 
kelib chiqib ikkita xususiyatga ega 

noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi 
zararlilik. 
Iqtisodiy nazariyada 
“risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga 
oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir qismini yo‘qotish yoki 
qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida tushunish qabul qilingan.
Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zarurati 
sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta mafaatlari va 
munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin