qaror qabul qilish hisoblanib, unda talab qilinadigan moliyaviy va
mehnat resurslari aniqlanadi, menejerlar o‘rtasida vazifalarni aniqlash va taqsimlash
amalga oshiriladi, tegishli xizmatlar bozori tahlil qilinadi, mutaxassislar bilan maslahatlar
o‘tkaziladi.
Risk-menejmentning yakunlovchi bosqichi olingan natijalarni hisobga olgan holda va
yangi
axborotlarning paydo bo‘lishi bilan tanlangan strategiyani amalga oshirish
natijalarini nazorat va tahrir qilish hisoblanadi. Nazorat menejerlardan ko‘rilgan zararlar, uni
kamaytirish bo‘yicha qo‘llangan choralar, ularning amaliy samaralari haqida axborot
olishdan iborat. Olingan natijalar tahlili va ishlovi muntazab o‘tkazilib turilishi lozim.
Riskni boshqarish ko‘plab rahbarlarda, avvalo, odatiy sug‘urtalash bilan bog‘lanadi.
Haqiqatdan ham,
sug‘urta azaldan riskka ta’sir etishning dunyoda keng tarqalgan
usullaridan hisoblanadi va hozirgi kunda ham shundayligicha qolmoqda. Bugungi kunda
AQSh, Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan yirik mamlakatlarda yillik sug‘urta
mukofotlarining to‘lovlari yalpi ichki mahsulotining 7-9%ini tashkil qilmoqda. Horijda
inson faoliyatining deyarli barcha sohalari
Riskka ta’sir etish Istisno qilish Pasaytirish Saqlash O‘tkazish Sug‘urtalash Riskni yuzaga kelish ‘htimolligini pasaytirish Ehtimolli zararni kamaytirish Moliyalashtirishsiz O‘zini-o‘zi sug‘urtalash Tashqi manbalarni jalb qilish (dotatsiyalar, qarzlar) Moliyaviy kafolatlarni olish Boshqa usullar (shartnomaviy, huquqiy va sh.k.) "Sug‘urta asoslari" sug‘urta bilan qamrab olingan: tibbiy sug‘urta, hayot sug‘urtasi, mulkiy sug‘urta, yuklarni
sug‘urtalash, foyda sug‘urtasi, bankrotlik sug‘urtasi, fuqarolik javobgarligining har xil turlari.
Hech bo‘lmaganda sug‘urtaning bitta turi amal qilmaydigan soha topilmaydi, undan tashqari
sug‘urtaning ko‘plab turlari turli mamlakatlarda majburiy hisoblanadi.
Biroq, bozor iqtisodiyotiga yangi o‘tgan mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham
sug‘urta bo‘yicha holat quvonarli emas. Bu shu bilan izohlanadiki, hali hanuz iqtisodiyotni
markazlashgan holda boshqarish orqali noqulay holatlar ro‘y berganda korxonalarni qo‘llab-
quvvatlash va aholiga yordam ko‘rsatish uchun sarflanishga mo‘ljallangan davlat rezervlarini
shakllantirilishi tushunchasining mavjudligidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qo‘llab-quvvatlashlari hajmi ko‘m martaga qisqaradi.
Korxonalarning o‘zlari qiyinchilik holatlarida ko‘riladigan zararlarni bartaraf etish
mexanizmlarini yaratish “g‘amini yeyishlari” kerak. Bu yerda sug‘urta eng qulay va bozor nuqtai
nazaridan mukammal bo‘lgan mexanizmlardan hisoblanadi.