117
10-mavzu. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda
pedagogik diagnostikaning o‘rni
Reja:
1. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mohiyati, ustuvor tamoyillari.
2. O‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxislash: maqsadi, vazifalari.
3. O‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini
tashxislash metodlari va
metodikalari.
Tayanch tushunchalar:
o‘quvchi, kasb, yo‘naltirish, kasbga yo‘naltirish,
kasbiy qiziqish, kasbiy qobiliyat.
I. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mohiyati.
Uzluksiz ta’lim tizimi
oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifa – bu umumiy fanlar hamda kasbiy bilim
asoslarini puxta o‘zlashtirgan, har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata
oladigan,
mavjud raqobatga bardoshli hamda doimiy ravishda ijodiy izlanishda bo‘la
oluvchi,
shuningdek, jahon ta’limi va ishlab chiqarish sohalari standartlariga javob
bera oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash dan iborat.
So‘nggi chorak asr mobaynida O‘zbekiston Respublikasida o‘quvchilarni
kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning muayyan kasb yoki hunar yo‘nalishida
qiziqish, intilish, tegishli yo‘nalishlarda amaliy faoliyatni tashkil qilish ko‘nikma,
malakalarini tashxislash orqali boshlang‘ich kasbiy sifatlarni rivojlantirish xalq
ta’limi tizimining muhim tarkibiy elementiga aylandi. Bu borada bajarilgan ishlar
o‘zini tarixiy xronologiyasiga egadir.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 may
(203-sonli) Qaroriga binoan Xalq ta’limi vazirligi qoshida “O‘quvchilarni kasb-
hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi” tashkil
etildi. Respublika Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilingan “O‘quvchilarni
kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
Respublika tashxis markazi
faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish to‘g‘risida” 64-sonli (2001 yil 23
aprel) buyruq asosida tashxis markazi faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlari
belgilandi
96
.
O‘tgan vaqt mobaynida mazkur markaz faoliyati mohiyatini
yorituvchi
“O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish to‘g‘risida”, “O‘quvchilarni kasb-
hunarga yo‘naltirish xonasi to‘g‘risida” hamda “O‘quvchilarni
kasb-hunarga
yo‘naltirish va psixologik-pedagogik hududiy tashxis markazi to‘g‘risida”gi
namunaviy Nizom, “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-
pedagogik Respublika tashxis markazining Ustavi”, shuningdek, “O‘quvchilarni
kasb-hunarga
yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
Respublika tashxis
96
Умаров С.Б. Умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчиларини касб-ҳунарга йўналтириш
технологиялари (YI-IX синфлар мисолида): пед.фанл.номз. …дис. – Т.: 2005. – 154 б.
118
markazining Ilmiy Kengashi to‘g‘risida”gi Nizom
97
kabi me’yoriy hujjatlar qabul
qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 916-son (2017 yil 1
dekabr) Qaroriga muvofiq qabul qilingan “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish
va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi”ning Ustavida quyidagi
vazifalar belgilab berilgan:
o‘quvchilarni
kasb-hunarga
yo‘naltirish,
psixologik-pedagogik
tashxis qo‘yish va tibbiy-defektologik xizmat ko‘rsatish sohasida ilmiy asoslangan
metodikalarni ishlab chiqish va xalq ta’limi muassasalarining o‘quv-tarbiya
jarayoniga tatbiq etish;
kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik-pedagogik tashxis qo‘yish
xizmati
faoliyatini tashkiliy, ilmiy-metodik, axborot bilan ta’minlash;
xalq ta’limi
muassasalari
o‘quvchilarining qobiliyatlari,
kasbiy
moyilliklari, qiziqishlari va ko‘nikmalarini inobatga olgan holda ta’lim olishni
maktabning yuqori sinflarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, shuningdek, oliy
ta’lim muassasalarida davom ettirishlarini tanlashlariga ko‘maklashish va hisobini
yuritish;
bolalarning psixologik-pedagogik jihatdan rivojlanishiga tashxis qo‘yish,
ularning qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, 1-sinf o‘quvchilarining maktab
ta’limiga moslashuvi jarayonini nazorat qilib borish, o‘quvchilar bilan korreksion-
rivojlantiruvchi ishlarni amalga oshirishda maktab psixologlari va o‘qituvchilariga
metodik yordam ko‘rsatish;
iqtidorli va iste’dodli bolalar va yoshlarni aniqlash bo‘yicha ilg‘or
tajribani
o‘rganish, tizimlashtirish va xalq ta’limi tizimiga joriy etishni tashkil etish,
iqtidorli bolalar ma’lumotlar bazasini yaratish, iqtidorli va iste’dodli, shuningdek,
jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar bilan ishlash bo‘yicha
metodikalarni ishlab chiqish,
amaliyotga tatbiq etish, mazkur sohadagi ilg‘or
tajribani o‘rganish va joriy etish
98
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Dostları ilə paylaş: