191
o‘quvchining xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bilan
erishib bo‘lmaydi, pedagogik faoliyatda uning ayrim xatti-harakatlarini
“to‘xtatish” ham talab qilinadi.
Korreksiyalashda o‘quvchining quyidagi xatti-harakatlarini “to‘xtatish”
kutilgan natijani beradi:
O‘qituvchi tomonidan o‘z kuchining oshqora namoyish qilinishi (taqiqlovchi
harakatlarni amalga oshirishi; o‘quvchining xulqi yuzasidan xulosani aytish;
muayyan xulq-atvor uchun o‘quvchini jazolash; o‘rinli buyruqlar berish; qat’i
ogohlantirish; beriladigan jazoni ifodalash; jahli chiqqanini namoyish qilish;
aybdor o‘quvchini topish);
ochiq-oydin taqiqlovchi ta’sir ko‘rsatish (o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro
uyg‘un xatti-harakatlari, beozor tanbeh berish, ishora bilan bildirish, o‘zini
befarqday tutish, tstehzo yoki xayolparastlik qilish, ishonchsizlik bildirish).
Xulqiy og‘ish nuqsonlarini korreksiyalashda, shuningdek, yordamchi
pedagogik texnikalardan ham foydalaniladi:
o‘quvchining ijobiy xulqini rivojlantirish uchun tashqi omillardan
foydalanish;
o‘quvchining individual harakatlarini qayd qilmaslik (salbiy nuqsonlar ko‘zga
tashlanganda).
Pedagogik diagnostika va korreksiyada o‘quvchining salbiy nuqsonlarini
bartaraf qilishda o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish
kutilgan natijani beradi. Korreksiyalashda o‘quvchilar jamoasi tomonidan
ko‘rsatiladigan quyidagi tarbiyaviy ta’siri muhim ahamiyatga ega:
Dostları ilə paylaş: