6-bosqich: statistik tahlil. Tashxislash yoki tadqiqot jarayonida o‘qituvchi
yoki tadqiqotchi tomonidan pedagogik amaliyot tavsiya qilinayotgan metodika
yoki texnologiya sinovdan o‘tkaziladi. Taqdim qilinayotgan metodika yoki
texnologiya tashxislanayotgan (o‘rganilayotgan) holatni sifat jihatidan yuqori
darajaga ko‘tara olishi zarur. Metodika yoki texnologiyaning samaradorligi tajriba
sinovidan avvalgi va ular qo‘llanilgandan keyingi holat natijalari asosida tahlil
qilinib, baholanadi. Mana shu o‘rinda statistik tahlil amalga oshiriladi.
Bunda boshlang‘ich (H
0
; mavjud holatning qoniqarsiz ekani haqidagi) ilmiy
faraz hamda muqobil (H
1
; pedagogik amaliyot uchun taqdim etilayotgan metodika
yoki texnologiyaning samarali ekani to‘g‘risidagi) ilmiy farazga ko‘ra olingan
natija ko‘rsatkichlari statistik tahlil qilinadi.
Statistik tahlil mohiyatiga ko‘ra boshlang‘ich (H
0
) ilmiy faraz inkor qilinib,
muqobil (H
1
) ilmiy faraz o‘z tasdig‘ini topishi zarur. Tahlil natijasida, bordi-yu,
boshlang‘ich (H
0
) ilmiy faraz tasdiqlansa, u holda taqdim etilgan metodika yoki
texnologiyani pedagogik jarayonda qo‘llash samarasiz ekani oydinlashadi. Agarda,
muqobil (H
1
) ilmiy faraz tasdiqlansa, u holda pedagogik amaliyot uchun taqdim
qilingan metodika yoki texnologiya samarali deb topiladi.
7-bosqich: natijalarni talqin qilish (izohlash) va taqdim etish. Bu jarayon
pedagogik tadqiqot yoki tashxislashning eng murakkab bosqichi sanaladi. Zero,
ma’lumotlarga asoslangan holda tashxislash yoki tadqiqot natijalari yuzasidan
muayyan xulosaga kelish o‘qituvchi yoki tadqiqotchi uchun mas’uliyatli
jarayondir
50
.
Natijalarni talqin qilish (izohlash)ning
asosiy maqsadi – qayta ishlangan
ma’lumotlarning asosiy xususiyatlarini aniqlash va tuzatish, ularga tayangan holda
holatning mohiyatini tushuntirish, shuningdek, xulosalarni shakllantirish mumkin
bo‘ladi.
50
Шкалы измерений // https://studme.org/170818/pedagogika/shkaly_izmereniy.
49
Ma’lumotlarni statistik qayta ishlashda ularning xolis talqin qilishda
o‘qituvchi yoki tadqiqotchining ilmiy-tadqiqotni olib borish malakasi, bilimi,
tahlil va qarorlar qabul qilish layoqatiga ega bo‘lishi muhim.