102
9-mavzu. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik
darajasini tashxislash
Reja:
1. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash mohiyati.
2. O‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlar va ularning turlari.
3. Tarbiyalovchi vaziyatlarning tashkil etilishi va namoyon bo‘lishi.
4. Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish.
5. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash usullari.
Tayanch tushunchalar:
shaxs, o‘quvchi, tarbiya,
tarbiyalash, tashxislash,
tarbiyalanganlik, tarbiyalik darajasi, tarbiyalanganlik darajasini tashxislash,
tarbiyalanganlik ko‘rsatkichlari.
I. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash
mohiyati.
Pedagogik faoliyatning ikki muhim yo‘nalishi mavjud ekani barchaga
ayon: 1) ta’lim (didaktika); 2) tarbiya. Pedagogik diagnostikada ham ana shu ikki
yo‘nalish inobatga olinadi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma,
malakalarni
o‘zlashtirish darajasi – ma’lumotga egalik holati xususida avvalgi mavzuda so‘z
yuritildi. Ushbu mavzuda esa bevosita o‘quvchining axloqiy tarbiyalanganlik (yoki
tarbiyalangan) darajasi va uni tashxislash to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi. Aksariyat
o‘rinlarda sub’ektiv xarakterga ega “o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi” (yoki
o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi) iborasi o‘rniga umumiy tarzda “shaxsning
tarbiyalanganlik darajasi” (yoki shaxsning tarbiyalanganligi)
tushunchasi
ishlatiladi. Qolaversa, shaxs (o‘quvchi)ning tarbiyalanganligi
tahlil qilinar ekan,
ayni o‘rinda “tarbiya”, “tarbiyalash”, “tarbiyalanganlik” tushunchalari ham
qo‘llaniladi. Shu bois ushbu tushunchalarga izoh berib o‘tish
maqsadga
muvofiqdir.
Shaxs – jamiyatning psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy
xususiyatlari, xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan,
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega azosi
92
.
Dostları ilə paylaş: