Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «energo mexanika» fakulteti «avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi


Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari



Yüklə 186,55 Kb.
səhifə8/11
tarix16.03.2023
ölçüsü186,55 Kb.
#124133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Иноятова

Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim
shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta‘sir etish bilan boshqarish vositasidir.
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullarini qo’llash korxonada yuz berayotgan
ijtimoiy hodisalarni chuqur o’rganish xodimlar asab tizimi va kayfiyatiga ta‘sir
etuvchi ruhiy omillarni bilishni talab etadi.
Ijtimoiy-ruhiy usullarnnng asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy
muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma'naviy vaziyatga ta'sir etish yo’li bilan
kishilarning fe'l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talablarini qondirish
orqali boshqarishni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi "psixologik vaziyatni", har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o’rganishga asoslangan usullardir. Bu usullar ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo’llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg’unlashtirish maqsadida qo’llaniladi.
Kasbiy tanlashning mohiyati - kishilarning
ruhiy xususiyatlari ular bajaruvchiishlariga eng mos bo’ladigan qilib tanlashdan
iborat. Shaxsning ruhiy xususiyatlari juslasiga uning qiziqish va mayllari, qobiliyati,
temperament va xarakteri kiradi. Shu sababli, rahbar shaxsga rahbarlik qilganda o’z
oldiga inson ruhiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini o’rganishi, uning
qiziqish va qobiliyati, temperament va fe‘lini bilish vazifasini qo’yishi kerak.
Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatidan ajratib tushunib bo’lmaydi, chunki kishi qobiliyati va fe‘li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon bo’ladi. Inson hayoti va ommaviy faoliyati uning ruhiy holatini shakllantiradi. Rahbarga xos bo’lgan muhim xususiyat kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillarni yaxshi bilish, har bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga qiziqtira olishdir. Bu ayniqsa, u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo’lgan yoshlar bilan ishlashda muhimdir.

Yüklə 186,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin