Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «energo mexanika» fakulteti «avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi



Yüklə 186,55 Kb.
səhifə10/11
tarix16.03.2023
ölçüsü186,55 Kb.
#124133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Иноятова

Interv’yu olish usuli – bunda muammoni o’rganish uchun xodim bilan bevosita
suhbat o’tkaziladi. Rahbar yoki tadqiqotchi suhbat davomida masalalarni
aniqlashlari, chuqurlashtirishlari va shu yo’l bilan ishoncli va mukammal
ma’lumotlar olishlari mumkin. Kuzatish usuli – jamoa faoliyatini shaxsan kuzatish, odamlar bilan uchrashish va muloqotda bo’lib, ob’yektiv va batafsil axborot yig’ish, chuningdek har bir jamoa rolini baholash imkonini beradi. Ijtimoiy eksperiment o’tkazish usuli – bu usulda sun’iy ravishda ijtimoiy vaziyatni vujudga keitirish yo’li bilan ijtimoiy hodisalar to’g’risidagi ilmiy xulosalar
va mavjud bilimlar tekshirib ko’riladi. Buning uchun maxsus guruh uyushtirilib, shu
guruh faoliyati umumlashtirilib va amaliy xulosalar chiqariladi.
Qayd qilingan ijtimoiy tadqiqotlarning ijobiy jihatlari bilan birga kamchiliklari
ham bor. Shuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real aks ettirishi va
ko’proq samara berishiga qarab tanlash lozim.
Ijtimoiy psixologiya - bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va ijtimoiy
omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli ijtimoiy guruhlar xususiyatlarini, jamoa
muloqoti va o’zaro ta'sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining
sohasidir. Mehnat jamoalaridagi ijtimoiy-ruhiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi. Nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan
masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini
bildiradi. Jamoa a'zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz
tashkil qilinganligi, jamoa a'zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur
ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi.
Mehnat jamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo’lishi ehtimoldan
uzoq emas. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug’ullanish o’rniga,
o’zlarining o’rinsiz e'tirozlarini gapirib ham o’zlarini, ham boshqalarni ishdan
chalg’itib, ishlashga xalaqit beradi.

Yüklə 186,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin