Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «energo mexanika» fakulteti «avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi


Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan



Yüklə 186,55 Kb.
səhifə9/11
tarix16.03.2023
ölçüsü186,55 Kb.
#124133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Иноятова

Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal etishga
qaratilgan:

1. Kishilarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari,
harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil
toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shartsharoitlar yaratiladi.
2. Ijtimoiy yurish-turish me'yorlarini o’rnatish va rivojlantirshga yaxshi va namunali
an'analarni qo’llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda jamoa
ongini o’stirishga yordam beradi.
3. Ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarniig intilishini, tashabbusini rag’batlantirish,
umumiy ta'lim darajasini oshirish, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy o’sish, malaka
oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta'minlaydi.
4. Kishilarning madaniy va ijtimoiy-maishiy ehgiyojlarini qondirish, chunonchi, uyjoylar, bolalar bog’chalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va
hokazolarni ko’rishga sharoit tug’diradi.
5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o’zaro yordam, intizomni buzuvchilarga
murosasizlikdan iborat sog’lom ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirish va
uni qo’llab-quvvatlashga sharoit tug’diradi.
6. Odamlarning o’z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari
uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shartsharoitlarini vujudga keltiradi. Bu muammolarning yechimi boshqarishning yanada uyushqoq samarali bo’lishini talab qiladi. Amaliy boshqarishda ijtimoiy-ruhiy usullardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob'yektining holati to’g’risida keng axborotga ega bo’lish kerak. Bunday axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish lozim. Ijtimoiy tadqiqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, chunonchi:
 jamoa a'zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;
 boshqarish usullarining bir-biri bilan o’zaro munosabati;
 jamoaning extiyojlari va qiziqishlari;
 xodimlar shaxsiyati;
 xodimlar qo’nimsizligi sabablari;
 xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;
 jamoa a'zolarining ma'naviy va jismoniy ravnaqi;
 ehtiyojlarning qondirilish darajasi va boshqalar to’g’risidagi axborotlar.
Bu axborotlar jamoalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va xilmaxil ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish uchun muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ijtimoiy axborotlarni maxsus tadqiqotlar o’tkazish yo’li bilan olish mumkin. Bulardan eng muhimlari quyidagilar: Hujjatli usul – bunda zarur ma’lumotlar statistik to’plamlardan, boshlang’ich
hisobga olish hujjatlaridan olinadi. Shaxsiy xarakterdagi hujjatlardan foydalanish usuli: turli masalalar yuzasidan o’z qo’li bilan yozilgan: ariza, hikoyat, xatlar, tushuntirish xatlari, tarjimai hol va boshqalar. Ilmiy konferentsiyalar o’tkazish usuli: bunday konferentsiyalarni tayyorlash
va uni o’tkazishda, ayrim masalalar yuzasidan material to’plovchi, ayrim
tavsiyanomalar ishlab chiquvchi bir qancha xodimlar ishtirok etadi. Bunda
muammoni o’rganish uchun keng jamoatchilik jalb etiladi va jamoa fikridan
foydalaniladi. Anketali usul – oldindan tayyorlangan dastur bo’yicha yozma ravishda savollar beriladi va yozma javoblar olinadi.

Yüklə 186,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin