1-vaziyat.Keyingi gal, doimiy bolalar bog‘chasining ushbu tarbiyachisi guruhiga qatnaydigan 4 yoshu 2 oylik Munira, rasm chizib bo‘lganidan so‘ng, qalamlarini ham, rasm daftarini ham ish o‘rni (ya’ni, stol)da qoldirib ketdi. Odatda, Munira har doim tarbiyachining ogohlantirishisiz, o‘zining narsalarini o‘zi yig‘ishtiradi. Bu gal, u tashqariga chiqib aylanishga shoshilganligi tufayli shu vaziyat yuzaga keldi.
Vazifa: bunga o‘xshash vaziyatlarda tarbiyachi qanday yo‘l tutishi lozim?
2-vaziyat.Bahodan foydalanmagan holda, faqat olingan axborotlarga ko‘ra, tarbiyachi bolalarning mustaqil harakatlarini rag‘batlantir maydi gan vaziyatda, 5 yoshli Qudratning harakatlarini tushuntirib bering. Tarbiyachi Qudratdan boshqa bolalar chizayotgan narsani chizishni talab qiladi. Qudrat gapga kiradigan, “qulflangan” va kam qiziquvchan bo‘lib qoldi.
Vazifa: quyidagi fikrlar bo‘yicha siz nima deysiz?
a) nima uchun bu holat sodir bo‘ldi?
b) tarbiyachi qanday rol o‘ynadi?
v) Qudratga ota-onalarining ta’siri haqida nima deyish mumkin?
g) Qudratning xulq-atvori o‘zgarishiga tengdoshlarining ta’siri qanday bo‘lishi kerak?
d) bu o‘zgarishlarda Qudratning shaxsiy roli qanday?
3-vaziyat. Feruza ismli qiz bola 6 yoshda. U 3 yoshidan xoreografik to‘garakka, 5 yoshidan esa vokal va teatr studiyasiga qatnaydi. Tez-tez sahnada chiqish qiladi, turli tanlovlarda qatnashadi. Navbatdagi chiqish oldidan o‘yin vaqtida Feruza o‘zining tengqurlariga: “Men sizlardan yaxshiroq bilaman, men sahnaga ko‘p marotaba chiqqanman, sizlar esa, chiqmagansizlar. Shuning uchun, men tulki rolini o‘ynayman” deb, rahbarlik qilishga harakat qilmoqda. Tengqur qizlar unga bo‘ysunishdan bosh tortishga harakat qilmoqdalar va tarbiyachi oldiga yordam so‘rab bormoqdalar.
Muammo: Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi?
1-variant. Feruzaga o‘zining dugonalariga o‘zlarini namoyon qilishlariga yordam berish uchun ushbu o‘yinda rejissyor rolini taklif etish. Ularning chiqishlari ham maqtovga loyiqligini ko‘rsatish.
2-variant. Feruza bilan badiiy asar qahramonlari xulqlarining salbiy tomonlari (maqtanish, do‘stlarining xafaligi va hokazo)ni tahlil qilishga yo‘naltirilgan suhbat o‘tkazish, boshqa qizlar uning dugonalari ekanligini, ularda ham shu rolni o‘ynashga xohishlari borligini tushuntirish. Tulki rolida navbat bilan o‘ynashni taklif etish.
3-variant. Bolalarga tortishmaslikni taklif etish, balki rolni taqsimlashni qur’a tashlash yo‘li bilan amalga oshirish. Shunda to‘g‘ri bo‘lar.
4-variant. Tulki – bosh rol uchun tanlov tashkil qilish, mustaqil hakamlarni (ushbu o‘yinda qatnashmaydigan o‘g‘il bolalardan) tanlash.
5-variant. Ushbu muammoni hal etish uchun bolalarga murojaat qilish.