Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə318/323
tarix16.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#128997
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   323
Pedagogik konfiliktalogiya

1-vaziyat. Ikki yosh ona ko‘chada bolalar bog‘chasiga qatnaydigan o‘z qizlarining xulq-atvorlari haqida bir-birlari bilan o‘rtoqlashmoqda: “Mening qizim juda faol, mustaqil o‘sayaptimi, demak undan so‘rash kerak, deb o‘ylayman”, Ikkinchi ona: “Mening qizim hali ham bola. Katta bo‘lgandan keyin hamma narsani o‘zi sekin-asta qilishga o‘rganadi”.
Vazifa. har ikkila onaning o‘z qizlari tarbiyasiga yondashuvini taqqoslang.
Izoh. Ushbu muammoni hal etish uchun tarbiyaning turli usullarini tahlil qilish va bolaning faolligi hamda uning mustaqil bo‘lishining ahamiyati haqidagi his-tuyg‘uning erkin rivojlanishi tengdoshlarinikidek ekanligi ma’lum-ku, axir. Oshirib yuborilgan talablar bolalar tomonidan har doim ham bajarilavermaydi. Birinchi o‘rinda shaxsiy qiziqish qoladi.
Bolaning rivojlanishini faollik va qiziquvchanlik oldinga tomon harakatlantiradi. Onalarning bunday gaplari o‘z bolalari bilan turlicha usulda muloqot qilishlaridan guvohlik beradi. Bir holatda, qiz his-tuyg‘ulik, iliqlikni sezmasligi mumkin, buning oqibatida uni “qulflanganlik” yoki befarqlik, balki, qandaydir qo‘pollik tomonga harakatlanishiga olib keladi. Boshqa holatda esa bolada mustaqillik, mas’uliyatlik rivojlanmaydi.
2-vaziyat. Tadqiqotchilarning fikricha, agar qulog‘i kar bolalar so‘zlashishga o‘rgatilsa, u holda 3 yildan so‘ng ularning ko‘pgina faoliyat turlari va psixik jarayonlarida kechikish kuzatiladi; mazmunli-rolli o‘yinlarga zarurat paydo bo‘lmaydi, fikrlashining rivojlanishi kechikadi.
Vazifa: nima uchun bevosita shu yoshda bolada ko‘pgina faoliyat turlarida kechikish hosil bo‘ladi?
Yechish. Ushbu savolga javob berganda, nutqning rivojlanishi haqidagi savol bilan bog‘lash kerak. Agar bola kar bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsa, u holda u o‘z-o‘zicha gapirishni o‘rgana olmaydi, chunki u boshqalarning nutqini eshita olmaydi va tovushlarni aytilish jarayonini sezmaydi. Uni gapirishga, boshqa (eshitishdan tashqari) analizatorlar tizimini (sezish, ko‘rish va hokazo) qo‘shib, maxsus o‘rgatish kerak. Teskari aloqa zarur. Bunday o‘qitishni 3 yoshgacha boshlash kerak, chunki bola nutqi rivojlanishning senzitivlik davri 1,5-3 yoshga to‘g‘ri keladi. Bolada nutqiy muloqotli talabni shakllantirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Nutqni egallash so‘zlarni, predmet va atrofdagi dunyo hodisalarining obrazlari bilan bog‘lagan holda, ularning ma’nosini o‘zlashtirish asosini yaratadi. Bolaning psixik rivojlanishi pedagoglarning sa’yi-harakatlari nafaqat nutqqa o‘qitishga, balki uni rivojlanishining boshqa tomonlari: predmetli faoliyat, jismoniy, sensorli rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lsagina muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Eslatma. Senzitivlik (lot. Sensus - sezgi, his qilish, bilish) — odamdagi, bo‘layotgan hodisalarga (ko‘tarinki ruhda sodir bo‘ladigan), odatda, yuqori xavotirlanganlik, yangi vaziyatdan qo‘rquvda kechadigani sezuvchanlikning tabiatli xususiyatidir. Senzitiv insonlarga jur’atsizlik, uyatchanlik, ta’sirchanlik, bo‘lgan yoki bo‘ladigan hodisalarga uzoq vaqt hayajonlanishga moyillik, o‘zini to‘la qimmatga ega bo‘lmagan deb sezish xosdir. Senzitivlik organik sabablar(nasl)dan ham, tarbiya xususiyatlaridan ham kelib chiqishi mumkin.
3-vaziyat. Fransuz psixologi A.Peron tomonidan taklif etilgan vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Sayyoramiz halokatga uchradi deb, faraz qilaylik. Buning natijasida, aholining katta yoshlilari vafot qilib, yer yuzida faqat kichik yoshdagi bolalar qoldi. Lekin, barcha moddiy ne’matlar saqlanib qolgan bo‘lsin.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin