Keysni yechayotganda nimani esda saqlash kerak?
1. Shartlarning tahlilini. Diqqat bilan keysda qo‘yilgan shartlar bilan tanishing. Belgilangan (15-20 daqiqa) vaqtdan ortiq vaqt sarflamang. Dastlab asosiy fikr va tayanch g‘oyalarni qog‘ozga belgilagan holda tez o‘qib chiqing. Keysni yechish mobaynida doim shartga qaytish va ularni aniqlash imkoniyati bo‘ladi.
2. Vazifalarni taqsimlashni. Agar keysni siz guruhda yechishingiz zarur bo‘lsa, u holda kim qanday masalani hal qilishini taqsimlab olish zarur. “Bizning fikrimizcha, mazkur masalani bu talaba bajara oladi”, degan so‘zlar bilan tashabbusni o‘zingizga oling. Guruh bilan keys yechishda tipik rol, asosan, - tashkilotchi, ekspert (bilimli odam, sodda gapiradigan odam), generator (yangi g‘oya beradigan), tanqidchi, bajaruvchi (echim natijalarini tayyorlashga javobgar odam)dir.
3. Natijalarni rasmiylashtirishni. Natijalarni rasmiylash tirishga qancha vaqt qolganligini bilish uchun vaqtga qarab turing. Yirtiq va qoralangan qog‘ozlarga bitilgan natijalarni hech kim ko‘rmaydi, shuning uchun, albatta, uni yaxshilab tayyorlang. Uni tayyorlashda chizma va grafiklardan me’yorida foydalaning.
4. Natijalarni taqdim etishni. Agar natijalarni siz taqdim etishingiz zarur bo‘lsa, nima gapirishingiz haqida taxminiy chizmani belgilang. Natijani juda hijjalashga urinmang! Ovozingizga e’tibor bering, dadil va ishonch bilan gapirishga harakat qiling.
Pedagogik keyslarni yechish uslubiyoti
Odatda, insonda fikrlash zarurati, uning oldida yangi muammo, yangi holat, yangi maqsad paydo bo‘lganda vujudga keladi. Masalan, shunday holat haydovchida avtomobilining dvigateli noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qolib, yo‘lda to‘xtab qolgan vaziyatda bo‘ladi. Haydovchining dvigatelni o‘t oldirish va manbalari haqidagi bilimlari yetarli bo‘lmaganligi tufayli, u dvigatelni o‘t oldirishga qiynaladi. Bunday paytda odamning fikri yordamga kelishi kerak bo‘lgan (xotira shunday qiladi) nostandart vaziyat vujudga keladi. Bu holatda, yangi maqsad paydo bo‘lib, unga erishishga ma’lum vosita va usullar zarur bo‘lsa-da, ular yetarli bo‘lmaydi. Bunday vaziyatlar muammoli deb ataladi. U, aniq bo‘lmagan va kam anglangan tasavvurlar vaziyatni yaxshilab o‘ylab ko‘rish zarurati haqida signal berayotgan vaqtda, faoliyatda paydo bo‘ladigan qiyinchilik(to‘siq)larda ro‘y beradi. Uni anglash jarayonida bir vaziyatdan, yechish uchun ancha yaqin, lekin yechilmagan boshqa vaziyatga o‘tish sodir bo‘ladi. Uni hal qilish uchun, ma’lumni noma’lumdan ajratgan holda, muammoli vaziyatni tahlil qilib chiqish lozim. Natijada muammo, yechimni izlash masalasi qo‘yilgan masalaning mavqeini, olingan ma’lumotlar (ma’lum va noma’lumlar) esa, fikr maqsadga yo‘naltirilgan, ungacha ma’lum bo‘lmagan yanada yangi shartlar va talablar aniqlanadigan masala mavqeini oladilar. Bu yangi dalillar masalani yechishga yordam beradigan ko‘rsatmalardan iborat bo‘lib qolishi mumkin. Vaziyat (masala)ning savollarini ifodalashga bog‘liq ravishda, uning yechimini izlash yo‘nalishi ham aniqlanadi.
Keyslarni hal etishda mos yo‘nalishlarga doir savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1) vaziyat (masala)ni tahlil qilish («Ma’nosi nimada?», «Nima uchun ...muhim?», «.....nima uchunligini tushuntiring», «....qanday, tushuntiring» va hokozo);
2) tahlil (xulosa) («....(dalil va hodisalar)ning kuchsiz va kuchli tomonlari nimada?»);
3) farazni olg‘a surish («...vaziyatning rivojlanishini tasavvur qiling», «Agar .... bo‘lsa, nima bo‘ladi?», «Agar ...... bo‘lsa, qanday holat ro‘y beradi?»);
4) boshqalarning nuqtai nazarlarini qarash («Sizning fikringizcha, boshqalar qanday hisoblaydilar?»);
5) avval egallangan bilimlarni faollashtirish («...... qanday ta’sir qiladi?», «Bu nima bilan aloqador?», «Tavsifini bering (tavsiflang)», «Misol keltiring», «.....hayotda qanday qo‘llash mumkin?», «.....qaysi yo‘sinda foydalanish mumkin?»);
6) dalillarni va aksi dalillarni («Qanday dalillarni “Tarafdor” va “Qarshi” keltirish mumkin? O‘zingizning fikringizni asoslang», «Echimning “Tarafdor” va “Qarshi” dalillarini ayting»);
7) taqqoslash — qarama-qarshi qo‘yish («...... va ..... orasida qanday farq mavjud?», «Shunga o‘xshash qanday vaziyatlar bo‘lishi mumkin?», «O‘xshash natijalarni taqqoslang»);
8) turli yechimlar izlash («Yana qanday yechimlar bo‘lishi mumkin?», «Qanday o‘xshash holatlar bo‘lishi mumkin?»);
9) baholash va uning asoslanishi («..... moslik o‘rnating»).
O‘quv vaziyatlari va ularni yechish yo‘nalishlarini tushunishga mos masalaning o‘z o‘rnida qo‘yilishi orqali yengillashadi. Bevosita u yoki bu savollarga bog‘liq ravishda yechimni izlash yo‘nalishi aniqlanadi.
Quyida aniq vaziyat(masala)larni hal etish uslubiyotiga doir namunalarni ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |