Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlarning qoidalari. Ota-onalarga farzandining yomon xulq atvori haqida shunchaki umumiy tarzda emas (“Sizni o‘g‘lingiz...barcha o‘qituvchilarga halaqit beradi”), balki aniq dalillar keltirgan holda ma’lum qiling.
Ota-onalarga birdaniga farzandining barcha nojo‘ya ishlari haqida gapirmang, aks holda ota-onalar darg‘azab holda bolalarini do‘pposlashga tushadilar.
Ota-onalar bilan shunchaki sodir bo‘lgan vaziyatni (“ikki” baho olganligi, kimdir bilan janjal, uy vazifasini bajarmaganligi, intizomni buzganligi) muhokama qilish kifoya. Oqibati nima bo‘lishi haqida gapirmagan ma’qul.
Ijobiy holatlarni bashorat qilish esa foydali bo‘lishi mumkin. O‘quvchining ijobiy sifatlari, uning oz bo‘lsada yutuqlariga urg‘u berish va kelajakda ota-onalarning o‘z farzandlariga yordami bilan yaxshi natijalarga erishish mumkinligiga ishonch bildiring.
Ota-onalar ham oddiy odamlar ekanligini unutmang. Ularning e’tiborsizligidan ranjimaslik lozim. Ko‘p hollarda sizning talablaringiz o‘qituvchilarning muammosi (masalan, biron-bir o‘quv predmetiga bo‘lgan munosabati, biron-bir o‘qituvchi yoki o‘quvchiga nisbatan qo‘pol muomalasi) bo‘lishi mumkin.
Hamkorlikka faqatgina ota-onalarni emas balki o‘quvchilarning o‘zlarini ham taklif eting. Bu bilan ularga ham qandaydir mas’uliyatni yuklagan bo‘lasiz. Ba’zida o‘quvchilar o‘zlarida qandaydir o‘zgarishlarni kattalarga nisbatan tezroq anglaydilar. Shu bilan birga agar o‘quvchilar ularning xulq-atvorini ota-onalari va o‘qituvchilar birgalikda tuzatishga harakat qilayotganlarini ko‘rib yaxshi tomonga o‘zgarish kerakligini tushunadilar.
9-mavzu: Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning ro`li Reja: Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda oila.