Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universeteti magistratura bo



Yüklə 56,25 Kb.
səhifə1/10
tarix14.12.2023
ölçüsü56,25 Kb.
#140752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ITI G\'ayratjon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSETETI
MAGISTRATURA BO’LIMI

II semester uchun
ILMIY- TADQIQOT ISHI bo’yicha
HISOBOT
Mavzu:
Kichik qalinlikdagi murakkab tuzilishli ruda tanalarini qazib olish tizimlarini takomillashtirish
Kafedra mudiri: t.f.n To’xtashev A.B _____________

Ilmiy rahbar: t.f.d. prof. Mislibaev I.T.______________

Magistraturatalabasi:Xursanov G’.A ______________

Magistratura bo’limi boshlig’i: Dots:Toshov B.R. ______________


Kafedrada hisobot qabul qilingan vaqti:
_______________________
Navoiy 2022 y
MUNDARIJA
Kirish
1. Konnig geologik,kon texnik va geomexanik holatini taxlil qilish,massivning kon deformatsiya xolatining o’zgarishiga olib keluvchi omillarni o’rganish
1.1 Zarmitan konini qazib olishning gidrogeologik sharoitlari.
1.2 Oltin konlarining morfologik xususiyatlari va geologik tuzilishi
1.3. Rudani nimqavat shtreklaridan skvajinali maydalab qazib olish tizimi va boshqa qazib olish tizimlar.
II-semestr
2. RUDA KONLARINI QAZIB OLISH TIZIMLARI TASNIFI
2.1. Oraliq shtreklar orqali qazish tizimi.
2.2 Kalta shpurlar o’tish yordamida madanni yig’malab qazib olish tizimi
2.3. Yupqa o`ta qiya qatlamlarni ship-pog`onali sidirg`asiga qazish tizimi
2.4. Qisqa kavjoyli qazish tizimlari
2.5. Oraliq shtreklar orqali qazish tizimi.
2.6. Ruda konlarini qazib olish tizimining samaradorlik ko’rsatkichlari
2.7. Qazib olishning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari.

Tadqiqotning dolzarbligi. Maqsad va vazifalari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Mamlakatimiz xalq xo'jaligini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari texnik taraqqiyotni aniqlaydigan tarmoqlar yani ishlab chiqarish umumiy hajmini oshirish kerakligini ko’rsatmoqda. Ushbu tarmoqlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun ishonchli mineral-xomashyo bazasi zarur.
Metallurgiya, mashinasozlik, energetika, kimyo va boshqa ko'plab sanoat tarmoqlari ehtiyojlari uchun juda ko'p miqdordagi xom ashyo odatda tomirlar deb ataladigan kichik (5 m gacha) quvvatga ega konlarda ifodalanadi. Rangli metall rudalarining konlarining katta qismi tomirlar ko’rinishida shakllangan.
Rangli metallurgiya xomashyo bazasini, ayniqsa mis, volfram-molibden va oltin qazib olish sanoatini yanada rivojlantirish uchun yuqori konstruktorli mashinalar va mexanizmlardan ochiq konlarda va zamonaviy o'z-o'zidan ishlab chiqarish majmualarida foydalanish ko'zda tutiladi. Yer osti kon ishlarini takomillashtirish uchun qo’llaniladigan uskunalar va texnologiyalarniyanada takomillashtirish zarur.
Shu sababli chet ellarda rudalarni yer osti qazib olish texnologiyasi va texnologiyasini takomillashtirish yo'nalishlarini o'rganish va izchil ko'rib chiqishga katta qiziqish uyg'onmoqda. Mutaxasisslar xorijiy va mahalliy adabiyotlarning so'nggi materiallaridan foydalangan holda dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida tomir konlarini er osti qazib olish amaliyotini ilmiy jihatdan umumlashtirish va tizimlashtirishga harakat qilishyapti.
Ishning dolzarbligi. Dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida tomirli konlarni qazib olish ishlari katta chuqurliklarda olib borilmoqda, kelgusida Zarmitan koni ham bu ro’yxatga kiritilishi mumkin. Konchilik korxonasi konlarni izlab topish , qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaradi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi. Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karer (razrez) kabi korxonalar kiradi.Qazib olish jarayonida ularni qay shaklda qazib olish juda muhim hisoblanadi, shuning uchun qazib olish tizimlari bunda katta rol o’ynaydi qazib olish tizimlari tog’ jinsining qattiqligi,mustahkamligi va boshqa parametrlariga qarab tanlanadi va qo’llaniladi.Qazib olish tizimlari haqida prof. M.I.Agoshkov taklif qilgan tizimlar ko’p qo’llaniladi. Murakkab tuzulishli ruda tanalari esa konlarni qazib olishda qo’llanilayotgan va ma’lum bo’lgan texnologoiyalar, murakkab geomexanik shoroitlardagi konlarni qazib olish samaradorligiga to’liqligicha javob bermaydi. Bugungi kunda Zarmitan oltin madanli konlarida yer osti kon ishlarini olib borishda aniq yondashuv va kompleks yechim talab etiladi va dolzarb ilmiy-texnik masala hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi. Xavfsiz va iqtisodiy jixatdan samarador hisoblanuvchi murakkab tuzilishli massivni qazib olish va uni iqtisodiy baholash.
Tadqiqotning asosiy g’oyasi murakkab tuzilishli massivni qazib olishni tizimlarini takomillashtirish shu bilan bir qatorda samarali bo’lgan qazish tizimlarini amaliyotda qo’llash va qazish ishlari xavfsizligiga va iqtisodiy samaradorligiga erishishdan iborat.
Ilmiy tadqiqotning maqsadi va g’oyasi mohiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi masalalar tadqiq etiladi:

  • Konda olib borilayotgan ishlar ya’ni konni kapital ochish va qazib olish jarayoniga tayyorlash.

  • Zarmitan konini qazib olishning gidrogeologik sharoitlari.

  • - Konda olib borilayotgan qazish tizimlarini iqsodiy baholash va samarali murakkab tuzulishga ega bo’lgan ma’danlarni qazib olish.

  • Kichik qalinlikdagi murakkab tuzilishli ruda tanalarini qazib olish tizimlarini takomillashtirish.

  • Tadqiqot natijalariga ko’ra taklif etilgan massivni boshqarish usullarini texnik-iqtisodiy baholash.



Ilmiy tadqiqot uslubi. Kichik qalinlikdagi murakkab tuzilishli ruda tanalarini qazib olish bo’yicha mavjud tizimlarni va ilmiy tadqiqot yo’nalishlarini tahlil etish,adabiyot manbalarini va amaliy ma’lumotlarni umumlashtirish,analitik xisoblash. Loyihalashning grafik,grafa-analitik,matematik-fizik modellashtirish, variantlarni iqtisodiy taqqoslash kabi usullardan foydalanish. Kompyuter dasturlari va grafikalarini qo’llash.
Tadqiqot obyekti.Janubiy kon boshqarmasi (JKB) Zarmitan oltin koni yer osti ishlarida qo’llanilayotgan qazib olish tizimlari.
Ishning amaliy ahamiyati.Zarmitan oltin madan xududida Kichik qalinlikdagi murakkab tuzilishli ruda tanalarini qazib olish tizimlarini takomillashtirish va uning iqtisodiy samaradorliligini oshirish va uni o’quv jarayonlariga tadbiq etish.


Yüklə 56,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin