Qazib olishning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari.
Qazib olish tizimi bo’yicha 1t rudani tannarxi. Ruda tannarxining tarkibiy elementi sifatida quyidagi ko’rsatkichlar kiritiladi: mehnat haqi, ustama to’lovlari bilan birga, sarflangan materiallar va energetik resurslar va uskunalar amortizatsiyasi.
Qazilgan rudaning tannarxi bilan keltirilgan xarajatlar ko’rsatkichlari mehnat unumdorligi, materiallar va energiya sarf xarajatlari oralig’ida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud. Ruda qazib olish tannarxida mehnat haqi ulushi ko’p hollarda 60% dan yuqori bo’lganligi uchun kovjoydagi ishchilarning mehnat unumdorligi ma’lum darajada ruda tannarxini aniqlaydi (belgilaydi).
Rudnik (shaxta) bo’yicha qazilgan rudaning tannarxi yuqorida keltirilgan xarajatlardan tashqari boshqa ishlab chiqarish jarayonlari bo’yicha-transport, ko’tarish qurilmasi, shaxta suvini chiqarish va yana yordamchi tsexlarning xizmati, joriy ta’mirlash ishlariga sarflangan xarajatlari asosiy fondlarni asrab saqlashga sarflangan xarajatlar, umumrudnik va ma’muriy boshqaruv organlarning xarajatlari ham kiradi.
Ishning dolzarbligi. Dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida tomirli konlarni qazib olish ishlari katta chuqurliklarda olib borilmoqda, kelgusida Zarmitan koni ham bu ro’yxatga kiritilishi mumkin. Konchilik korxonasi konlarni izlab topish , qazib chiqarish va boyitish ishlarini bajaradi. Foydali qazilmalarni qazib olib, dastlabki boyitish ishlarini bajaruvchi korxonalar qazib chiqaruvchi korxonalar deyiladi.
Qazib chiqaruvchi korxonalarga shaxta, rudnik, karer (razrez) kabi korxonalar kiradi.
Qazib olish jarayonida ularni qay shaklda qazib olish juda muhim hisoblanadi, shuning uchun qazib olish tizimlari bunda katta rol o’ynaydi qazib olish tizimlari tog’ jinsining qattiqligi,mustahkamligi va boshqa parametrlariga qarab tanlanadi va qo’llaniladi.Qazib olish tizimlari haqida prof. M.I.Agoshkov taklif qilgan tizimlar ko’p qo’llaniladi. Murakkab tuzulishli ruda tanalari esa konlarni qazib olishda qo’llanilayotgan va ma’lum bo’lgan texnologoiyalar, murakkab geomexanik shoroitlardagi konlarni qazib olish samaradorligiga to’liqligicha javob bermaydi. Bugungi kunda Zarmitan oltin madanli konlarida yer osti kon ishlarini olib borishda aniq yondashuv va kompleks yechim talab etiladi va dolzarb ilmiy-texnik masala hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi. Xavfsiz va iqtisodiy jixatdan samarador hisoblanuvchi murakkab tuzilishli massivni qazib olish va uni iqtisodiy baholash.
Tadqiqotning asosiy g’oyasi murakkab tuzilishli massivni qazib olishni tizimlarini takomillashtirish shu bilan bir qatorda samarali bo’lgan qazish tizimlarini amaliyotda qo’llash va qazish ishlari xavfsizligiga va iqtisodiy samaradorligiga erishishdan iborat.
Ilmiy tadqiqotning maqsadi va g’oyasi mohiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi masalalar tadqiq etiladi:
- Konda olib borilayotgan ishlar ya’ni konni kapital ochish va qazib olish jarayoniga tayyorlash.
- Zarmitan konini qazib olishning gidrogeologik sharoitlari.
- - Konda olib borilayotgan qazish tizimlarini iqsodiy baholash va samarali murakkab tuzulishga ega bo’lgan ma’danlarni qazib olish.
- Kichik qalinlikdagi murakkab tuzilishli ruda tanalarini qazib olish tizimlarini takomillashtirish.
- Tadqiqot natijalariga ko’ra taklif etilgan massivni boshqarish usullarini texnik-iqtisodiy baholash.
Ilmiy tadqiqot uslubi. Kichik qalinlikdagi murakkab tuzilishli ruda tanalarini qazib olish bo’yicha mavjud tizimlarni va ilmiy tadqiqot yo’nalishlarini tahlil etish,adabiyot manbalarini va amaliy ma’lumotlarni umumlashtirish,analitik xisoblash. Loyihalashning grafik,grafa-analitik,matematik-fizik modellashtirish, variantlarni iqtisodiy taqqoslash kabi usullardan foydalanish. Kompyuter dasturlari va grafikalarini qo’llash.
Tadqiqot obyekti.Janubiy kon boshqarmasi (JKB) Zarmitan oltin koni yer osti ishlarida qo’llanilayotgan qazib olish tizimlari.
Ishning amaliy ahamiyati.Zarmitan oltin madan xududida Kichik qalinlikdagi murakkab tuzilishli ruda tanalarini qazib olish tizimlarini takomillashtirish va uning iqtisodiy samaradorliligini oshirish va uni o’quv jarayonlariga tadbiq etish.