asoslangan.
Birorta
К inersial sanoq sistem ada qandaydir qurilma
har tomonga izotrop holda cheksiz tezlik bilan tarqaluvchi signal
chiqarayotgan boisin.
Bu sanoq sistemadagi ixtiyoriy boshqa
nuqtalardagi signalni qabul qiluvchi qurilmalar bu sugnalni oniy vaqtda
qayd qiladi. Bundan tashqari
К sanoq sistemaga nisbatan chekli tezlik
bilan harakatlanayotgan sanoq sistemadagi signalni qabul qiluvchi
qirilmalar ham bu signalni shu vaqtda qayd qiladi. Bunday signallar
barcha soatlarni sinxronlash imkonini beradi. Boshqacha qilib gapirsak,
bu holat barcha sistem alarda birday o‘tadigan
(t' =
t" = . . . — t), absolyut vaqtni kiritish mumkinligini ko‘rsatadi.
Galiley almashtirishi (1.1) dan vaqt bo!yicha birinchi tartibli hosila
olsak, klassik mexanikadagi tezliklarni qo'shish formulasini olamiz:
v = v' + V , (1.2)
Bu tenglamadan yana bir m arta hosila olib moddiy nuqtaning tezlanishi
har ikkala sanoq sistem ada teng ekanligini aniqlaymiz:
a =
a \ yoki
F = m a — m a ' = F'. (1.3)
Bundan ko‘rilayotgan moddiy nuqtaga t a ’sir etuvchi kuch barcha iner
sial sanoq sistem alarda birday ekanligi kelib chiqadi (Nyuton ikkinchi
qonuni). Shunga o‘xshash mexanikaning boshqa qonunlarini tekshirib
ko'rish mumkin. Demak, umumiy holda klassik mexanika qonunlari Ga
liley almashtirishlari (1.1) ga nisbatan ko'rinisini o'zgartirmaydi, ya’ni
invariantdir.
XIX asr oxiriga kelib elektr va magnetizm qonunlari to ‘liq shakl-
lanib, Maksvell tenglam alarida bir butun holda o‘z aksini topdi. Maks-
vell tenglamalariga asoslangan klassik elektrodinamika, maydonlar ha-
qidagi birinchi jiddiy nazariya bo lib , kuzatilgan barcha elektromagnit
hodisalarini tushuntiribgina qolmay, keyinchalik tajribalarda kuzatil
gan va keng ta tb ig ‘ni topgan elektromagnit to'lqinlarining mavjudligini
bashorat qildi.
Bu qonunlarda doimiy b o lg an yorug‘lik tezligining
(c = 2,997925 ■
108m /s ) ishtirok etishi bilan Nyuton mexanikasi qo-
nunlaridan tubdan farq qiladi.
Maksvell nazariyasining rivojlanishi bilan b a ’zi qiyinchiliklar paydo
bo'la boshladi. Bu nazariya birinchi qarashda Galiley nisbiylik prinsipi
bilan jiddiy ziddiyatda edi.
К sanoq sistem ada tinch turgan zaryadni
ko'ramiz. Bu sanoq sistem ada zaryad tinch turganligi uchun faqat
10