77
VII - BОB
KEROSIN FRAKSIYASINI GIDROTOZALASH
7.1. Kerosin fraksiyasini gidrotozalash jarayoni texnologiyasi
Kerosinni gidrotozalash qurilmasi kerosin tarkibidagi oltingugurtni 0,166
dan 0,001% gacha tushirishga mo‘ljallangan. Qurilmaning
ishlab chiqarish
quvvati 3975 m
3
/sut; 1- reaktordiga katalizator hajmi 156 m
3
; reaktorning ichki
diametri – 3,81 m. Kerosinni gidrotozalash qurilmasi texnologik sxemasi 7.1-
rasmda keltirilgan. Xom-ashyo 4-nasos orqali 8 va 6-
issiqlik almashgichdan
o‘tib, 12 va 5- issiqlik almashtirgichda qizdirilgan vodorod saqlagan gaz bilan
aralashtirilib, 3- pechda 4,2 - 4,4 MPa bosimda 380
0
S
gacha qizdirilib, 1-
reaktorga beriladi. Reaktor pastidan chiqayotgan gaz mahsuloti 18-
qaynatgichda va 5,6- issiqlik almashgichlarda sovutilib, 9- separatorga beriladi.
9- yuqori haroratli separatorda aralashma 3,8 MPa bosimda suyuq va gaz
fazalariga ajratiladi.
Tarkibida erigan gazlar, benzin saqlagan gidrotozalangan
kerosin, 9-separatordan 17- kolonnaga o‘tib, barqarorlashtiriladi. 9-separatordan
chiqayotgan gazlar aralashmasi 12 va 16- issiqlik almashgichlarda sovutiladi.
Undan so‘ng 15- havoli sovutgichda sovutilib, 13- suvli sovutgichdan o‘tib,
3,7 MPa bosim va 43
0
S haroratda 14- past haroratli separatorda 3-fazali
aralashma ajratiladi. Suvdan ajratilgan benzin va
kerosindan iborat kondensat
16- issiqlik almashtirgichda qizdirilib, 17- barqarorlashtiruvchi kolonnaga kelib
tushadi. 14- separatordan chiqib ketayotgan vodorod saqlagan gaz 11- tomchi
ulagichdan o‘tib, 10- kompressorda 4,9 MPagacha siqilib,
toza vodorod
liniyasiga qo‘shiladi. 12 va 5- issiqlik almashgichlarda qizdirilgan gaz
aralashmasi
xom-ashyoga
qo‘shiladi.
17-
barqarorlashtirish
kolonnasi
yuqorisidan benzin va gazlar chiqadi. Pastdan tozalangan kerosin fraksiyasi
chiqadi. Kolonnaning pastidagi harorati 267
0
S, bosim 0,441 MPa.
Dostları ilə paylaş: