134
komponentlar ichki rafinat deyiladi. Bu komponentlarning yo‘qolishi asosiy
mahsulot chiqishini pasaytiradi.
Eng ko‘p tarqalgan tozalash mujassamlashgan qurilmalarda fenol va
furfurol yordamida o‘tkaziladi. Bunday qurilmalarning ahamiyatli tomoni
shundaki, ularda bir vaqtning o‘zida distillyatli va qoldiq xom-ashyoni qayta
ishlash imkoniyati mavjud.
Rafinat chiqishini oshirish va ekstrakt bilan birgalikda chiquvchi kerakli
komponentlar yo‘qolishini kamaytirish uchun, shuningdek turli tarkib va
xususiyatdagi ikki rafinatlarni olish maqsadida ikki bosqichli fenolli tozalash
qo‘llaniladi. Xom-ashyoni birinchi kiritilishida tozalash uchun talab etilgan
fenolni taxminan yarim miqdori beriladi. Ekstraktsion kolonna yuqorisidan
og‘irlashtirilgan rafinat ikkinchi bosiqch tozalash uchun ikkinchi ekstraktsion
kolonnaga yuboriladi va bu erga qolgan qism fenol kiritiladi.
Ikkinchi kolonna yuqorisidan yakuniy rafinatli eritma erituvchini qayta ishlash
jihoziga kiritiladi. Tozalashdagi 1 va 2-bosqich ekstraktli eritmalarni fenolli
qayta tiklash tizimiga yuboriladi.
Kam qovushqoqli past haroratda qotuvchi moylarni olish uchun engil
distillyatlarni tozalash nisbatan past haroratlarda (35-40
0
C) amalga oshiriladi.
Qurilma texnologik sxemasida sovutish tizimi tushirilgan. Sovutish tizimi
ekstraktsiya kolonnasi pastki qismidan retsirkulyatsiyalanuvchi xom-ashyo va
ekstraktli eritma uchun sovutgichlarda foydalaniladigan suvni 3-8
0
C ga sovutib
berishga mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: