Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi


Oksidlanishga qarshi qo`ndirmalar



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

Oksidlanishga qarshi qo`ndirmalar. 
Motor yoqilg`ilari va turli 
maqsadlarga ishlatiladigan moylarning kimyoviy barqarorligini oshirish 
maqsadida ularga antioksidlovchi qo`ndirmalar qo’shiladi. 
Antioksidlovchilarning qo’shilishi oksidlanish reaktsiyalarini ma’lum
darajada sekinlashtirishga yordam beradi. Bu katta amaliy ahamiyatga ega. 
To’yinmagan 
komponentlarni 
saqlagan 
motor 
yoqilg`ilariga 
antioksidlovchilarni qo’shganda ularning oksidlanish induktsion davri ancha 
uzayadi, bu esa yoqilg`ini saqlash muddatini uzaytiradi. Antioksidlovchi 
qo`ndirmalarning qalin qatlamda oksidlanadigan transformator, turbina va 
shunga o’xshagan neft moylariga qo’shilishi ulardan uzluksiz foydalanish 
muddatini uzaytiradi va nihoyat yupqa qatlamda ham oksidlanishga duchor 


143 
bo’ladigan 
motor 
moylariga qo’shiladigan 
qo`ndirmalar to’plamida 
antioksidlovchilarning bo’lishi ularning termooksidlash barqarorligini oshiradi. 
Antioksidlonuvchilar sifatida turli-tuman organik moddalar taklif 
qilingan. Ular orasida fenol, polifenol, alkilfenol, oltingugurt, fosfor, metallar 
(Ba, Zn) ni saqlagan murakkab organik birikmalar ham bor.
Antioksidlovchilarning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki
qo`ndirma molekulalari zanjir reaktsiyalarini uzib sekinlashtiruvchi xususiyatga 
ega bo’lib qoladi. Antioksidlovchilarning ba’zi bir turlari oksidlanishning eng 
boshida o’zining ta’sirini ko’rasatadi, shu bilan ular birlamchi radikallarning 
paydo bo’lishini sekinlashtiradi. Boshqa qo`ndirmalar antioksidlashni to’xtatish 
uchun faol peroksidlar bilan reaktsiyaga kirishib ularni barqaror kislorod 
saqlagan birikmalarga aylantiradi. Turli antioksidlovchilarning samarali ta’siri 
ko’pincha barqarorlashtirilayotgan mahsulotning kimyoviy tarkibi hamda muhit 
omillari, 
ayniqsa 
haroratga 
bog`liq. 
Ko’pchilik 
qo`ndirmalarning 
sekinlashtiruvchi ta’siri 160-170 
0
S dan yuqori bo’lmagan haroratlarda namoyon 
bo’ladi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin