Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

 
14.5-jadval 
Katalitik krekingda foydalaniladigan xom-ashyo turlari 
Ko’rsatkichlar 
Aromatik
xom ashyo 
Naftenli 
xom ashyo 
Parafinli 
xom 
ashyo 
Gidrotoza- 
langan 
deasfaltizat 
Zichlik, kg/m
3
934,0 
829,0 
855,0 
930,9 
Oltingugurt miqdori, % 
1,8 
1,0 
0,5 
0,3 
50 % (hajm) qaynashi, 
0
С 
429 
421 
432 
545 


189 
Kreking darajasi, %
70 
80 
85 
70 
Mahsulot chiqishi, %
Benzin 
54,2 
65,0 
68,0 
61,0 
∑C
3
7,5 
8,5 
11,0 
7,9 
∑C

14,8 
17,0 
18,5 
13,7 
Katalitik krekingda kimyoviy jarayonlar quyidagi ketma-ketlikda kechadi: 
1) Katalizator yuzasiga xom-ashyo kiritilishi (tashqi diffuziya); 
2) Katalizator g’ovaklarida xom-ashyoning ichki diffuziyasi; 
3) Katalizator aktiv markazlarida xemosorbciya; 
4) Katalizator yuzasiagi kimyoviy reaktsiyalar; 
5) Katalizator yuzasi va diffuziya g’ovakliklaridan kreking mahsulotlari 
va o’zgarishsiz qolgan xom-ashyo desorbtsiyasi; 
6) Kreking mahsulotlarini reaktsiya zonasidan olib chiqish. 
Alyumosilikatli katalizator bilan to’qnashuv sharoitida to’yinmagan 
uglevodorodlar biroz aktiv hisoblanadi. Olefinlar polimerizatsiyasi xona 
temperaturasida boshlanadi, temperatura oshirilish bilan qaytar reaktsiya 
polimerlanish – depolimerlanish ro’y beradi. To’yinmagan uglevodorodlar 
o’zgarishi 400 – 500
0
C da termik krekinga qaraganda 1000 – 10 000 marta tez 
boradi. 
Krеkinglashning tеxnologik jarayonlari 
 
“Kreking”
(Cracking) atamasi, umuman olganda, uglevodorodlarning barcha 
endotermik (issiqlik yutilishi bilan) kimyoviy o’zgarish reaktsiyalariga nisbatan 
qo’llanilishi mumkin 
(parafinlar, olefinlar va aromatik uglevodorodlar 
krekingi). Bu asosiy reaktsiyalar bilan bir qatorda 
ekzotermik (issiqlik ajralib 
chiqishi bilan boradigan) reaktsiyalar, shuningdek 
polimerizatsiya, alkillash, 
aromatizatsiya, izomerizatsiya, dealkillash va vodorod qayta taqsimlanishi kabi 
boshqa reaktsiyalar kechadi. Katalizatorlarning muvofiq tarkibini tanlash va 
reaktorda kerakli texnologik rejimni belgilash orqali turli xil xom-ashyodan u 
yoki bu turdagi uglevodorodlar hosil qilinishi nazorat qilinadi. Neftni qayta 


190 
ishlash sanoatida kreking ostida odatda (biroq hamma vaqt ham emas) 200 °S 
dan yuqori haroratlarda qaynab chiqadigan 
og`ir neft fraksiyalarining 
uglevodorodlarini kimyoviy o’zgarishi tushuniladi. “Kreking” atamasi bilan 
shuningdek etilen, propilen va boshqa uglevodorodlarni – neft - kimyo xom-
ashyosini olish maqsadida yuqori haroratlarda uglevodorod gazlarini va yengil 
neft fraksiyalarini o’zgarishi reaktsiyalari ham ataladi. Biroq bu jarayon katta 
miqdordagi s
uv bug`i 
ishtirokida borishi sababli mazkur jarayonlar s
uv bug`i 
ishtirokidagi kreking 
(Steam Cracking) yoki
piroliz
(milliy terminologiyada) 
deb ataladi. “
Riforming”
(Reforming) atamasi ko’pincha 100-200 °S qaynash 
haroratiga ega to’g`ridan-to’g`ri haydalgan benzinlar (naphtha) fraksiyalari 
o’zgarishiga nisbatan qo’llaniladi. Kreking (riforming kabi) faqatgina xom-
ashyoni yuqori haroratlargacha qizdirishda (bu og`ir frakstiyalar termik krekingi 
yoki benzinlar riformingi), yoki turli katalizatorlar ishtirokida amalga oshirilishi 
mumkin bo’lib, bunda mazkur katalizatorlar teng haroratlarda va turli xil 
(odatda yuqori) bosimlarda u yoki bu turdagi uglevodorodlar guruhlarining 
chuqur o’zgarishini ta’minlab, ma’lum turdagi (masalan aromatik yoki yuqori 
oktan soniga ega) uglevodorodlarni nazorat ostida olish imkonini beradi. 
Shunday qilib, NQIZ da kimyoviy reaktsion jarayonlarning ikkita asosiy turi – 
termik va katalitik (yoki termokatalitik) reaktsiyalar qo’llaniladi. Termik 
reaktsion jarayonlar ba’zan uglevodorodlar partsial bosimini tushirish uchun suv 
bug`i ishtirokida amalga oshiriladi (natija jarayonning umumiy bosimi 
pasayishiga o’xshash bo’ladi). Katalitik jarayonlar neft frakstiyalarini 
gidrotozalash, 
gidrooltingugurtsizlash 
va 
gidrokreking 
kabi 
kimyoviy 
reaktsiyalarni o’tkazish, shuningdek boshqa reaktsion jarayonlarni o’tkazish 
uchun ko’pincha 
vodorod
ishtirokida amalga oshiriladi. 
Butun jahonda neft fraksiyalarini qayta ishlashning destruktiv jarayonlari 
orasida hozirgi vaqtda ham quvvati bo’yicha asosiy bo’lib katalitik kreking 
hisoblanadi. Misol uchun, turli davlatlarda neftni qayta ishlash hajmining – 
Rossiyada 6% dan, AQSh da 36% gacha qismi katalitik kreking texnologik 
qurilmalariga to’g`ri keladi. Katalitik kreking zamonaviy qurilmalarining katta 


191 
qismi changsimon yoki mikrosferik katalizator 
mavhum suyultirilgan 
(qaynayotgan) qatlamli 
flyuid
(FKK) turiga mansub bo’ladi. So’nggi yillarda 
FKK sohasidagi rivojlanish yuqori faol va selektiv 
seolit saqlagan
katalizatorlarni mukammallashtirish, shuningdek reaktor va regenerativ 
qurilmalarni yangi katalizatorlarga moslashtirish, ya’ni yangi katalizatorlarning 
afzalliklari va yutuqlaridan maksimal darajada foydalanish maqsadidagi radikal
 
modernizatsiyasi bilan bog`liq bo’lgan. Katalizatorlarning yangi avlodlari 
qurilmalarning dizaynini jiddiy o’zgartirdi, ya’ni asosiy qurilmalarning (
reaktor 
va regenerator
) nafaqat diametri, balandligi va boshqa o’lchamlari, balki 
alohida apparatlarning maqsadi ham o’zgardi; masalan, asosiy jarayon – 
reaktsiya endi reaktorning o’zida emas, balki uning 90-98% ulushi lift-
reaktorda o’tkazilib, u shu vaqtning o’zida katalizatorli xom-ashyoni reaktorga 
uzatuvchi yuk ko’targich hamdir. Agar ilgari reaktorda, masalan uglerodni 
qo’shimcha yondirish katalizator isib ketishini va parchalanishini oldini olish 
maqsadida ishlatilmagan bo’lsa, hozirgi kunda aksincha, uglerodni qo’shimcha 
yondirish aynan regeneratorda bajariladi, va regeneratordan chiqayotgan tutun 
gazlari ekologik zararli uglerod oksidini deyarli saqlamaydi. Yuqori faol 
katalizatorlar reaktsiya vaqtiini va sirkulyatsiyalanadigan katalizator miqdorini 
kamaytirish imkonini berdi, bu esa o’z navbatida apparatura va butun qurilma 
o’lchamlarining sezilarli kamayishiga olib keldi.
Katalitik kreking xom-ashyosi bo’lib odatda katalizator uchun zaharli 
oltingugurt, azot va metallar (ayniqsa nikel va vanadiy) dan dastlab 
gidrotozalangan vakuum gazoyl 350-500 °S keng fraksiyasi hisoblanadi. Oxirgi 
yillarning eng yangi katalizatorlari shuningdek vakuum gazoylini mazut bilan 
(20 mas. % gacha) va hatto mazutni uning oltingugurtsizlantirilganidan keyin 
ham qayta ishlash imkonini beradi. Kreking 450-550 °S haroratda va 0,07-0,3 
MPa bosimda o’tadi, katalizator sirtidan hosil bo’lgan nomaqbul koksni 
kuydirish bilan regeneratsiyalash esa 600-760 °S haroratda va 0,22-0,34 MPa 
bosimda o’tkaziladi. 


192 
14.5-rasm. Katalitik kreking qurilmasi sxemasi:
1
- kompressor;
2 –
bosim 
ostidagi o’choq;
3
– katalizator sig`imi;
4 -
elektrofiltr;
5 -
qozon-utilizator;
6 –
taqsimlash qurilmasi; 7 - regenerator;
8 -
siklon;
9 -
lift-reaktor;
10 –
bug`lab 
haydash sektsiyasi; 
11 -
pech;
12 –
issiqlik almashinish qurilmasi;
13 -
rektifikatsion kolonna;
 14 -
separator;
 15, 16 –
bug`lab haydash kolonnalari; 17- 
nasos.
Oqimlar:
I-
xom-ashyo;
 II-
havo;
 III-
yonilg`i gazi;
 IV-
tutun gazlari;
V—
suv;
 
VI-
bug`;
VII-
sirkulyastiyalanadigan qoldiq;
 VIII -
qoldiq; 
IX-
og`ir gazoyl;
X-
y
engil gazoyl;
 XI-
benzin;
 XII-
gaz;
 XIII-
katalizator shlami 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin