Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/115
tarix11.11.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#131974
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
Нефт ва газконденсатни қайта ишлаш технологияси ўқув қўлланма2018 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


90 
VIII – BОB 
KATALITIK RIFORMING, JARAYONINING ASOSIY 
REAKTSIYALARI VA KATALIZATORI 
8.1.Katalitik riforming, jarayonning asosiy reaktsiyalari va 
katalizatori, jarayonni olib borish usullari va qurilmalari, 
qo`zg`almas qatlam katalizator ostida boruvchi katalitik riforming 
jarayoni. 
Hozirda neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yaxshilash 
imkonini beruvchi, shuningdek qimmatbaho monomerlar olish jarayonlaridan 
biri katalitik riforming jarayoni hisoblanadi va bu jarayon keng tarqalgan bo‘lib, 
ayni vaqtda katalitik riforming qurilmalarda asosan platinali katalizatorlar 
ishlatiladi. Katalitik riforming jarayonini olib borishdan maqsad, yuqori oktanli 
avtomobil benzini komponentini ishlab chiqarish, shuningdek aromatik 
uglevodorodlar: benzol, toluol, ksilollar olishdir. Jarayon natijasida vodorod 
saqlovchi gaz ham olinadi va keyinchalik yoqilg‘i, moy va boshqa fraksiyalarni 
gidrotozalashda ham gidrokreking qurilmalarida foydalaniladi. 
Katalitik riforming xom - ashyosi bo‘lib to‘g‘ri haydashdan olingan 
benzin fraksiyalari xizmat qiladi. Yuqori oktanli benzin olish uchun 85-180
0
Cda 
qaynovchi benzin fraksiyalari xizmat qilsa, benzol, toluol, ksilol olish uchun 62-
85
0
S, 85-115
0
S va 115-150 
0
S fraksiyalaridan foydalaniladi. Ba’zida keng 
benzin fraksiyalariga termik kreking jarayonidan olingan past oktanli benzin 
ham qo‘shiladi. Bunda xom-ashyo oltingugurtli bo‘lsa, katalizator zaharlanishi 
mumkin, shuning uchun doim riforming jarayoniga gidrotozalangan xom-ashyo 
kiritiladi. Xom-ashyo tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,01% (mass.) bo‘lishi 
kerak. 
Katalitik riforming vaqtida neftning benzin fraksiyasi uglevodorodlarining
katta miqdori aromatik uglevodorodlarga aylanadi. Bunda olti a’zoli naften 
uglevodorodlari degidrirlanishi va parafin uglevodorodlarni degidrostikllanishi 
kuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida aromatik uglevodorodlarni dealkillanish 
reakstiyalari ham boradi. Shuningdek, ularni zichlanishi tufayli katalizator 


91 
yuzasida koks qatlamini hosil bo‘lishiga olib keladi. Katalizator kokslanishini 
oldini olish va riforming vaqtida hosil bo‘lgan to`yinmagan uglevodorodlar 
gidrogenlanishi uchun reaktordagi vodorod bosimini yuqori oktanli benzin 
olishda 3-4 MPa, individual aromatik uglevodorodlar olishda 2 MPada saqlash 
zarur. Barcha asosiy reakstiyalar issiqlik yutilishi bilan boradi. Uglevodorodlarni 
o‘zgarish jarayoni darajasi issiqlik effekti yig‘indisiga ko‘ra aniqlanadi. Jarayon 
borishida harorat (480-520
0
S) pasayadi va xom-ashyoda boshqa o‘zgarish 
kuzatilmaydi. Shuning uchun xom-ashyoni to‘la o‘zgarishi uchun aralashmani 
oraliq qizdirishdan o‘tkazish lozim. Jarayon to‘la o‘tishi uchun odatda 3ta 
ketma-ketlikda o‘rnatilgan reaktorlardan foydalaniladi. Yuqori oktanli benzin 
komponentini chiqish miqdori 80-85% (mass.)ni tashkil etadi, uning oktan soni 
80-85 (motor usulida)ga teng. Riforming jarayonini o‘tkazishda asosan sanoat 
katalizatorlaridan 
hisoblangan 
alyumoplatinali 
katalizatorlar 
(0,3-0,8 
mass.platina) qo‘llaniladi. Keyingi yillarda platina bilan reniy birikmasi 
katalizatorlari keng qo‘llanilmoqda. Bimetalli platina-reniyli katalizatorlarni 
qo‘llash orqali reaktordagi bosimni 3-4 MPa dan 0,70-1,4 MPa gacha 
pasaytirishga erishildi. Katalizator silindrik shaklda bo‘lib, uning diametri 
2,6mm, balandligi 4mm bo‘ladi. 

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin