shart-sharoitlariga ega bo’lmas ekan, o’ziga yuklatilgan
xizmat vazifa-larini muvaffaqiyatli hal etishi mushkullashadi.
Aksincha, mehnat faoliyati uchun eng qulay
shart-
sharoitlarda xodimning ish unumi g’oyat yuqori bo’ladi.
Personal samaraliroq va unumliroq mehnat qilar ekan,
mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarishni, xizmat ko’rsatishni
ko’paytirish uchun imkoniyatlarni ko’paytiradi.
Bu esa xodim
o’zining korxonada iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va ma’naviy
jihatdan yaxshi his etishini ta’minlaydi. Xodim, yoki har bir
inson farovonligining oshishi
esa jamiyat farovonligi
yaxshilanishining negizidir. Personalni boshqarish jarayonida
rahbarlar, boshqaruv xizmati (kadrlar boshqarmasi yoki
bo’limi), xodimlar,
shuningdek, korxona kengashi
(aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlar kengashi) ushbu
jarayon ishtirokchilari hisoblanadilar. Ularning har biri yoki
boshqaruv sub’ekti, yoki boshqaruv ob’ekti sifatida, ba’zi
hollarda esa ham boshqaruvning sub’ekti, ham ob’ekti
sifatida personalni boshqarishga o’z ulushini qo’shadi.
Ularning har biri
ham ishlab chiqarish sohasida, ham o’zaro
munosabatlar sohasida muayyan vazifalarni, demak
personalni boshqarish vazifalarini ham bajaradi. Personalni
boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining o’zaro
aloqadorligi quyida aks etgan: