200
jarohatlanganlarda kasallikning oldini olish va jarohatlanish xavfini kamaytirish
hisoblanadi. Nazorat o’tkazishda birinchi navbatda veterinariya xizmati, ovchilar
uyushmasi va boshqa tabiatni muhofaza qiluvchi
yovvoyi hayvonlarni nazorat
qiluvchilar ishtirok etadilar. Nazorat tizimiga sog’liqni saqlash organlari, xususan,
sanitariya-epidemiologiya xizmati kiritiladi. Epidemiologik nazorat quyidagilarni
ko’zda tutadi:
1) mahalliy o’txo’r
yovvoyi hayvonlar soni haqida, ularni hududlar va yil
fasllari bo’yicha taqsimlanishi haqida ma’lumotlar yig’ish,
yovvoyi hayvonlar
sonini o’zgarishini oldindan ko’ra bilish;
2) yovvoyi hayvonlar orasidagi epizootiya haqidagi ma’lumotlar -ularning
murdalarini laboratoriyada tekshirtirish;
3) itlar va mushuklarni saqlash qoidalari
haqidagi qonun talablarini
bajarilishi;
4) uy hayvonlari orasidagi quturish hollari haqidagi ma’lumotlar, zararlangan
hayvonlarning turi, veterinariya xizmati va boshqalar bilan o’zaro axborot
almashinuvi;
5) jarohatlangan va so’lak tekkan odamlar murojaati dinamikasining hisobi.
Jarohatlangan hayvon turi, jarohatlanish joyi va sharoitlari. Shikastlanish xarakteri.
6) Quturishga qarshi emlashni tashkil etish va o’tkazish ustidan nazorat.
201
MAVZU 22. QORA OQSOQ (BRUSELLEZ) NING
EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK
NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi:
Brusellez
etiologiyasi, epidemiologiyasi, profilaktikasi
va epidemiologik
nazoratini o’rganish.
2. O’qish joyi va vaqti:
4 soat amaliy mashgulot, 2 soat mustaqil ish.
Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi.
Z.Talabalar quyidagilarni bilishi zarur:
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, tasnifiy
holati va epidemiologik
ahamiyati.
3.2. Epizootik jarayon rivojlanish mexanizmi.
3.3. Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi va ko’rinishlari.
3.4. Kasallik profilaktikasini.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma:
4.1. Profilaktik tadbirlar samaradorligi va sifatini baholash.
4.2. Epidemiologik tahlil asosida kasallanishni va epidemik jarayon
ko’rinishlarni tahlil etishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1.Kirish.
5.2. Mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish.
5.4. Brusellez epidemiologiyasi va profilaktikasini muhokama qilish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
6.1. Brusellezga qarshi emlash rejasini tuzish
Dostları ilə paylaş: