18
tarzida namoyon bo’ladi.
Ikkinchi guruhga davriy ravishda ta’sir o’tkazuvchi va epidemik jarayonning
doimiy ravishda takrorlanib turuvchi tebranishini ta’minlovchi sabablar kiradi.
Uchinchi guruh sabablar epidemik jarayonning tasodifan o’zgarishini
ta’minlovchi tasodifiy sabablardir. Yuqumli kasalliklarning bir yil mobaynida
ifodalanishi kasallikning yil mobaynida o’zgarishi deyiladi.
Kasallikning yil
mobaynida ko’p yillik o’zgarishi kabi tebranib turishi doimiy faol ta’sir qiluvchi:
davriy faollashib turishi, epizotik ta’sir qiluvchi sabablar tufayli sodir bo’ladi. Yil
mobaynida doimiy ta’sir qiluvchi sabablar yil mobaynidagi kasallikni keltirib
chiqaradi. Yilning aynan bir faslida davriy ravishda ta’sir
qiluvchi sabablar
mavsumiy kasallanishni keltirib chiqaradi. Tasodifan ta’sir qiluvchi sabablar
kasallikning birdan ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. Kasallik aynan bir hududda,
aholining turli guruhlari orasida bir xil tarqalmaydi.
Har xil yoshdagi va har xil
kasbdagi kishilar orasida kasallanish ko’rsatkichlari har xil bo’ladi.
Bu aholining turli guruhlari orasida kasallanish xavfining turli darajada
bo’lishi, ya’ni kasallikka moyillikning turli darajada bo’lishi bilan ifodalanadi.