O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə10/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Axborot uchun ma’lumot
Epidemiologik usulning tuzilishi, tarkibiy qismlari va bu usulning ahamiyati.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda va ularning oldini olishda,
epidemiyaga qarshi kurashish choralarini tashkil etishda asosiy qonun-qoidalardan
biri, epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarining boshlang’ich yoki asosiy
yo’nalishini aniqlashdir. Bu asosiy yo’nalishni aniqlash epidemiologik tekshirish
usullarini qo’llash tufayli amalga oshiriladi.
Klinika sharoitida kasal kishidagi kasallik belgilarini o’rganib shu belgilar
asosida kasallikni aniqlashga klinik diagnoz deb ataladi. Xuddi shu singari
yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini, ularning tarqalish yo’llarini,
kasallik paydo bo’lgan va tarqalayotgan muhitning shart-sharoitlarini o’rganib shu
asosda epidemik jarayonning rivojlanishini ochiq-oydin qilib aniqlashga
epidemiologik diagnoz deyiladi (1-jadval).

1-jadval


Yuqumli kasalliklarni o’rganishda har xil fanlarning maqsadi va 
tekshirish aspektlari 

Fanlar


Tekshirilishi lozim
bo’lgan belgilar

Yaqin orada


amalga
oshiriladigan
maqsadlari
Kelajakdagi
maqsadi

Yuqumli
kasalliklar


klinikasi
Kasal kishida
kuzatiladigan
kasallikning ichki va
tashqi belgilari
Klinik diagnoz
qo’yish

Davolash

Epidemiologiya

Yuqumli kasalliklar kelib


chiqish va tarqalish
sabablari, infeksiya
o’chog’idagi shart-
sharoitlar, epidemik
jarayonning rivojlanish
belgilari
Epidemiologik
diagnoz qo’yish

Kasallikning


tarqalib
ketishiga
qarshi chora-
tadbirlar
ko’rish

Epidemiologik diagnoz qo’yishda epidemik jarayonning ko’pgina belgilari


(kasallikning tarqalish tezligi, uning har xil hududlarda, aholining har xil guruhlari
o’rtasida va yilning har xil fasllarida bir me’yorda tarqalmaganligi), xuddi klinik
diagnoz qo’yishda kasallikning klinik belgilari singari, katta ahamiyatga ega.
Klinik tekshiruvda kasallikning klinik alomatlarini asosan kasaldan so’rash
yo’li bilan, kasal kishini tekshirib ko’rish va laboratoriya tekshirish natijalariga
asoslanib aniqlanadi. Epidemiologik tekshiruv usullari ham epidemik jarayonning
ob’ektiv va sub’ektiv belgilarini aniqlashga asoslangan.
Epidemik jarayonning asosiy belgilari, kasallik o’chog’idagi kasallangan va



22
sog’lom kishilarni savol-javob qilish yo’li bilan, kasallikka chalingan kishilar


sonini statistik tahlil qilish natijasida, epidemik jarayon rivojlanayotgan joyning
ijtimoiy va tabiiy sharoitlarini o’rganish va laboratoriya tekshiruv natijalarini
kuzatish asosida aniqlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan tekshiruv natijalarini
epidemiolog guruhlarga bo’lib o’rganish, ularni o’zaro taqqoslash va
umumlashtirish natijasida epidemik jarayonning rivojlanishi haqida ma’lum
xulosaga keladi.
Epidemiologik tekshiruvning keyingi bosqichi - epidemiologik hodisalarning
kelib chiqish sababi va oqibatlari orasidagi bog’liqlikni aniqlashdir. Epidemiologik
hodisalarning sababi va oqibatlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash ijodiy ish
bo’lib, buning natijasi epidemiolog vrachning tajribasiga, bilimiga, zehni
o’tkirligiga, mulohaza yuritish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Epidemiologik hodisalarning kelib chiqishidaga sababiy bog’lanishlarni, Shu
sabablar tufayli kelib chiqadigan oqibatlarni aniqlash uchun bir nechta usullar
mavjud.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin