172
Har bir xatarli omilning ahamiyatliligini baholash uchun bemorlarni yosh,
ijtimoiy-kasbiy tarkib va boshqa qo’shimcha belgilar (donorlar, retsipientlar, 1
yoshgacha bolalar, surunkali bemorlar, homiladorlar,
tibbiyot xodimlari va
boshqalar) bo’yicha tahlil etiladi. Tahlil jarayonida o’tkir va surunkali B gepatit
bemorlari bilan birga
HBsAg "tashuvchilari" ham inobatga olinishi zarur.
Xatarli omillar bilan epidemik jarayon jadalligi o’rtasidagi sabab-oqibat
bog’lanishlarini aniqlash maqsadida kasallanishni tahlil
etish natijalari davolash-
profilaktika muassasasining moddiy-texnik ta’minoti, epidemiyaga qarshi tartib-
talablarining bajarilishi sifati, tibbiyot xodimlari
tomonidan dezinfeksiya,
sterilizatsiyadan oldingi ishlov va sterilizatsiya hamda tibbiy anjomlardan
foydalanish tartiblariga amal qilinishi haqidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi.
O’tkazilayotgan epidemiyaga qarshi tadbirlarning samaradorligini baholash
aholi va uning ayrim qatlamlari o’rtasida ko’p yillik kasallanish ko’rsatkichlari,
tendensiyasini tahlil etib amalga oshiriladi.
Retrospektiv epidemiologik
tahlil natijalaridan muammoviy, mavzuiy reja
tuzishda foydalaniladi.
B gepatit bilan kasallanishning operativ epidemiologik tahlili asosiy ikkita
maqsadni ko’zda tutadi:
Epidemik jarayon omillari o’zgarishlarini o’z
vaqtida aniqlash va baholash,
ularni noxush ta’sirlarini oldini olish;
Epidemik jarayon faollaShuvini tezda ilg’ab olish, uning sabablarini aniqlash
va bartaraf etish.
Operativ tahlilni joriy haftalik kasallanish darajasini "me’yoriy" (nazorat)
daraja bilan taqqoslab, amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
O’tkir va surunkali V gepatit bemorlarining klinik-laboratoriya diagnostikasi,
hisob-kitobining o’z vaqtidaligi, to’liqligi, donorlarni tanlash sifati,
qon quyish
muassasalarining epidemiyaga qarshi tartibi, xavfli guruhdagilar, homiladorlarni
Dostları ilə paylaş: