Ilmiy ishning tuzilishi.Ushbu tadqiqot ishi kirish, uchta asosiy bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati , ma’lumotlar manbaalari ro’yxatidan iborat. Har bir bob ushbu tadqiqot maqsadlariga muvofiq ravishda tashkil etilgan.
Ushbu ishning kirish qismi tadqiqot ishining dolzarbligi va aniq muammolarga asoslanadi. Ilmiy ishning nazariy ma’nosi hamda amaliy ahamiyati ham ko’rib chiqiladi.
Birinchi bobda neologizmlar haqida umumiy qarashlar tushunchalar tarixi hamda neologizmlarning tuzilishiga ko’ra bo’linishi, neologizmlarning turlari va tarjima qilish muammolari ko’rsatilgan.
Ikkinchi bobda esa tilning boyish manbalari o’zbek va ingliz tillaridagi yangi so’zlar ,o’zlashma neologizmlar haqida so’z boradi.
Uchinchi bobda bo’lsa ijtimoiy tarmoqdagi eng so’nggi neologizmlar (ma’nosi bilan neologizmlar ro’yxati) ko’rsatilgan.
Xulosa ishning barcha natijalarini umumlashtiradi va uning birlamchi xulosalarini shakllantiradi.
O’zbek tilshunosligida professor Sh.U.Rahmatullayev,F.Abdullayev, A.P.Xojiyev,M.Mirtojiyev, A.Nurmonov , N.Mahmudov, H.G.Ne’matov, R.Rasulov kabi olimlar tomonidan qo’llangan yo’l va usullar ishimiz uchun muhim yo’llanma vazifasini o’tadi. Britaniyaning The Times, The Independent, The Guardian, The Daily Telegraph, The Observer va Herald Scotland gazetalaridan topilgan neologizmlar ro’yxati qo’shilgan.
Til- millat kaliti. Zero xalq qalbiga yo’l uning ona tilini bilish , madaniyati va an’analarini xurmat qilishdan boshlanadi. Qadim bu ona zaminimiz ne kunlarni boshidan kechirmadi, qonli urishlar, hisobsiz jang-u jadallar, lekin shunda ham matonatli xalqimiz o’z an’ana va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Millat ruhi sanalmish ona tilimizni biz avlodlarga meros qilib qoldirdi. Zero, birinchi yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “…o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy –ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbida avvalo , ona allasi ,ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir”.5 Ma’lumki, har qanday tilda o’zga tillarning leksemalari uchraydi. Ikki xalq yoki millat vakillari o’zaro turli munosabatlarda (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) bo’lar ekan, ularning tillari ham shunday munosabatlar natijasida o’zaro aloqaga kirishadi, bir birlariga ozmi ko’pmi ta’sir ko’rasatadi. Bir tilga ikkinchi til so’zlarining kirishi bir tarafdan ular orasidagi munosabatni ta’minlashga xizmat qilsa , ikkinchi tomondan u tilni rivojlantirishga ham yordam beruvchi asosiy vosita sifatida katta o’rin tutadi. Asrlar davomida tillar bir – biridan so’z olib, so’z berib shakllanib kelmoqda . Bu ham bir imkoniyat. Til tizim sifatida uzluksiz harakatda , rivojlanishda bo’lib, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o’rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir biriga ta’sirini belgilaydi. Jamiyatda bo’lib turadigan ijtimoiy –siyosiy jarayonlar , ilmiy texnikaviy taraqqiyotlar, iqtisodiy ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug’at boyligida yangi so’z va atamalarning yuzaga kelishini taqazo qiladi.