Ma’ruza matnlari.
79
BO‘LIM BO‘YICHA YAKUNLOVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Nutq tovushi o‘zida qanday jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy
birlik sifatida namoyon bo‘ladi?
2. Fonetikaning turlari haqida gapiring.
3. Fonologiya nima?
4. N.S.Trubetskoy “Fonologiya asoslari” asarida fonologik ziddiyatni
qanday tasniflaydi?
5. Fonemalarning asosiy, sistema hosil qiluvchi belgisi nima?
6. Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifi haqida gapiring.
7. Unli fonemaning har biri necha belgidan iborat va ular qaysilar?
8. O‘zbek tilida unli fonemalar qanday ziddiyatni hosil qiladi?
9. Ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud
bo‘lmagan belgi nima deb ataladi?
10. Undosh fonemalar artikulyatsion o‘rniga ko‘ra qanday binar ziddiyatli
munosabatlarga kirishadi?
11. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh fonemalar qanday ziddiyatli
munosabatda bo‘ladi?
12. Fizik (akustik) va fiziologik (artikulyatsion) o‘xshashlik deb nimaga
aytiladi?
13. Bir fonema ham tor, ham keng yoki ham jarangli, ham jarangsiz bo‘la
oladimi? Sababini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: