Oliy va o’rta maxsus ta’lim


Kanada-arktika arxipelagi



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə117/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Kanada-arktika arxipelagi. Bu arxipelag tarkibiga Baffin Yeri (512 ming km2), Elsmir (200,5 ming km2) va Viktoriya orollari (212 ming km2) kiritiladi. O’lka hududi, Butiya va Melvill yarim orollarini qo’shib hisoblaganda, 1,5 ming km2 ni tashkil etadi. Kanada-Arktika arxipelagi orollari yaqinida materikdan ajralgan. Geolotektonik va geomorfologik xususiyatlarini hisobga olib, arxipelagni materikdagi geostruktura zonalarining davomi hisoblangan uch qismga bo’lish mumkin.
Baffin Yerining janubiy va sharqiy qismlari, Devon orolining sharqi va Elsmir orolining janubi-sharqiy qismi qadimgi kristalli tog’likdan (Kanada qalqonining davomidan) iborat. Uning balandliklari 1500-2000 m ga yetadi, qoyali tik yonbag’irlari sohilgacha davom etib, ko’pdan-ko’p ulkan fordlarga tik tushib keladi. Yirik orollarning sharqiy ford qirg’oqlari yaqinida, Skandinaviya va Grenlandiya qirg’oqlari yaqinidagi kabi, kichik-kichik qoyali orolchalar ko’p, ularda muzlik izlari ko’rinib turadi. Tog’lar Elsmir orolining shimoli va Axsel- Xeyberg orolini egallaydi, biroq ular Sharqiy Grenlandiya tog’larining davomi bo’lgan quyi paleozoy burmali tog’ strukturalari tarkibiga kiradi. Arxipelagning Baffin Yeri va Devon orolidai boshlab barcha g’arbiy qismi Shimoliy Amerika plitasida joylashgan va u uncha baland bo’lmagan tekislik rel’efiga ega. Gorizontal yotgan cho’kindi jinslardan tarkib topgan yassi plato ko’pdan-ko’p qo’ltiqlarga tik tushib kelgan.
Orollar rel’efida hamma joyda to’rtlamchi davr va hozirgi zamon muzliklarining ta’siri izlari ko’rinib turadi. Arxipelagning ayrim hududlarida hozirgi zamon muzliklari juda katta firn dalalari va vodiy kar muzliklari tarzida uchraydi. Elsmir orolida firn qoplamining qalinligi 600 m ga yetadi. Vodiy muzliklariga aylanib ketadigan yirik firn dalalari Aksel-Xeyberg, Devon orollarida, va Baffin Yerida ham uchraydi.
Orollar iqlimi qahraton sovuq, orollardan iborat bo’lishiga qaramay hamma joyda keskin kontinental bo’lib, yozda o’rtacha harorat +10°S, maksimum +210+ 24°S ga yetadi. Eng sovuq oyning o’rtacha haroratsi -35°S, minimum -50°S dan past. Baffin Yeri orolining subarktika iqlim mintaqasi doirasida joylashgan janubiy qismida qish ancha iliq bo’ladi. Yillik yog’in miqdori 200-250 mm dan oshmaydi. Faqat sharqda Baffin dengizidagi siklonlar ta’sirida yog’inlar miqdori biroz ortadi. Yog’inlarning asosiy qismi yozda yomg’ir sifatida yog’adi, qishda esa mayda quruq qor tarzida tushadi (Ilova, 22-rasm).
Orollarda aholi juda siyrak joylashgan. Qutb tulkisi va karibu ovlash, shuningdek, baliq va dengiz hayvonlarini ovlash bilan shug’ullanuvchi eskimoslar joylashgan qishloqlari bor.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin