Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə118/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Tabiiy geografik rayonning asosiy xususiyatlari nimaladan iborat?

  2. TGRning tektonik tuzilishi va rel’efi haqida so’zlang?

  3. O’lka iqlimining sovuqligi nimalarga bog’liq ekanligini izohlang?

  4. Tabiiy geografik rayonni materikning boshqa TGR bilan qiyoslang?



      1. SHARQ TABIIY GEOGRAFIK RAYONI




Tayanch so’z va iboralar: Kordil’erasiz sharq, zonallik, orografik omil, morfogenetik, tuzilish, peneplenlashgan tepaliklar.

Shimoliy Amerikaning sharqdan Atlantika okeani, shimoldan Shimoliy Muz okeani va g‘arbdan Kordil’era tog‘ tizimi bilan chegaralgan katta qismi Kordil’erasiz Sharq deb ataladi. Bu ulkan rayonga qutbyoni kengliklaridan to subtropik kengliklargacha bo‘lgan katta hudud qaraydi. Uning relyefi asosan tekisliklar, pastekisliklar, yassi tog‘liklar va qisman o‘rtacha balandlikdagi tog‘lardan tarkib topgan. Kordil’erasiz Sharqning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasida juda katta zonal farqlar mavjud. Ayniqsa bunday farqlar sharqning orografik omili ta’sirida vujudga kelgan shimoldagi kenglik zonalliklarda va janubdagi meridional zonalliklarda yaqqol ifodalangan.


Kordil’erasiz Sharqning landshaft majmualari makonda relyef shakllari va morfotektonik strukturalarga bog‘liq holda differensiyalashgan. Shu boisdan sharqda juda murakkab tabiiy hududiy majmualar vujudga kelgan. Ular bir-biridan farq qiluvchi mustaqil rayonlarni va tabiiy geografik o’lkalarni tashkil etadi. Har bir o’lka landshaft xususiyatlari, morfotektonik strukturasi va zonal omillar asosida ajratilgan. Bular Lavrentiy yassi tog‘ligi, Buyuk tekisliklar, Appalachi tog‘lari hamda Qirg‘oqbo‘yi pastekisliklaridir.
Lavrentiy yassi tog‘ligi. Lavrentiy yassi tog‘ligi Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, janubi-sharqda Appalachi tog‘lari, janubda Markaziy tekisliklar, janubi-g‘arbda Buyuk tekisliklar, g‘arbda Makkenzi tekisligi va shimolda Gudzon qo‘ltig‘i pastekisliklari bilan chegaralangan. Yassi tog‘lik shimolda Shimoliy Muz okeani va shimoli-sharqda Atlantika okeani bilan ham tutashgan. Umumiy maydoni 4,7 mln km2. Dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 200-400 m ni tashkil etadi. Bu o‘lkaning shimoliy qismi tundra va o‘rmon tundra landshaftlari bilan band. Shuning uchun Lavrentiy yassi tog‘ligining tabiati ko‘pchilik jihatdan Yevrosiyoning Fenoskandiya tabiiy geografik o‘lkasiga o‘xshab ketadi.
Lavrentiy yassi tog‘ligi Kanada qalqonining yirik qismi bo‘lib, uning poydevori arxey va proterozoy eralarining kristall jinslaridan – granit, gneys, kristalli slanes va dioritlardan tarkib topgan. Kristall jinslar platoning g‘arbida va Gudzon qo‘ltig‘idan janubda yer yuzasidan ancha pastda yotadi. Ularning yuzasi paleozoy yotqiziqlari bilan qoplangan. Platoning shimoliy qismidagi kristall jinslar dengiz trangressiyasi vaqtida hosil bo‘lgan yotqiziqlar bilan ko‘milgan. Ayrim joylarda kristall jinslar gumbazsimon balandliklar va vulkanik massivlar shaklida ko‘tarilib turadi.
Lavrentiy platosi foydali qazilmalarga juda boy. Qazilma boyliklarning xilma-xil bo‘lishiga sabab plato poydevorini qadimiy kristall jinslardan tarkib topganligidadir. O‘lkaning barcha hududlarida qora, rangli va nodir metallar keng tarqalgan. Uning shimolidan temir, mis, nikel, kobalt, janubidan kumush, qo’rgoshin, volfram, kobalt, mis va uran rudalari qazib olinadi. Yassi tog‘likning barcha hududida oltin konlari mavjud.
To‘rtlamchi davrda Lavrentiy platosi materik muzligi bilan qoplangan. Materik muzligining asosan ikkita yirik markazi: Labrador va ikkinchisi Gudzon qo‘ltig‘idan g‘arbda Kivanin bo‘lgan. Markazlarda muz qalqonining qalinligi 3000 m dan ham oshgan. Muzliklarning harakati natijasida yassi tog‘lik yuzasida sidirilgan qoyalar, qo‘y peshonalari, muz ko‘llari, morena tepalari kabi relyef shakllari hosil bo‘lgan. Yassi tog‘lik yuzasi asosan peneplenlashgan to‘lqinsimon tekisliklardan iborat. Ularning markaziy qismi gumbazsimon shaklda ko‘tarilgan bo‘lib, shimolga va janubga tomon pasayib boradi. Platoning to‘lqinsimon tekislik yuzasidan qattiq jinslardan hosil bo‘lgan tog‘ kryajlari dengiz sathidan 500-600 m baland ko‘tarilib turadi. O‘lkaning eng baland joyi Labrador yarim oroliga to‘g‘ri keladi. Uning sharqiy qo‘ltig‘idagi Torngat kristall tog‘i 1500 m gacha, eng baland Serk cho‘qqisi 1676 m gacha ko‘tarilgan. Labradorning sharqiy qirg‘oqlari tik, baland va fordlar bilan parchalangan.
Lavrentiy yassi tog‘ligining iqlimi sovuq, kontinental. Shimoliy qismi subarktika va janubi mo‘tadil iqlim mintaqasiga qaraydi. Uning hududida orografik to‘siqlar bo‘lmaganligi sababli iqlim xususiyatlari shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon asta-sekin o‘zgarib boradi. Yil davomida kontinental havo massalari hukmronlik qiladi. O‘lkaning sharqiy qismiga Atlantikadan keladigan havo massalari ta’sir etib, bulutli va tumanli kunlarning ko‘payishiga sharoit yaratadi. Platoning ichki qismi iqlimini yumshatishga Buyuk ko‘llar havzasi va Gudzon
qo‘ltig‘i havzasi ham qisman o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umuman yassi tog‘lik hududi uchun uzoq davomli qish va qisqa muddatli salqin hamda sernam yoz xarakterli.
Sovuq oylarning o‘rtacha harorati janubdan shimolga tomon pasayib boradi. Buyuk ko‘llar atrofida yanvarning o‘rtacha harorati -12°S, Gudzon qo‘ltig‘i rayonida -26°S va tundrali shimolda -28°S ga teng. Qishda qor yog‘adi va yil davomida qor qoplami uzoq saqlanadi. Haroratning past bo‘lishi tufayli ko‘p yillik muzloq yerlar keng tarqalgan. O‘lka hududida yoz fasli juda qisqa va salqin. Faqatgina uning janubida yoz uzoqroq davom etib, iyulning o‘rtacha harorati +18°S gacha ko‘tariladi, qolgan hududlarida +120+14°S dan yuqori ko‘tarilmaydi. Hatto Labrador yarim orolining qirg‘oqlarida iyulning o‘rtacha harorati +10°S gacha pasayadi. Bunga sabab Labrador sovuq oqimining materik qirg‘oqlariga ko‘rsatgan ta’siridir. Shu munsobat bilan yozda Labrador yarim orolining qirg‘oqlarida yomgir ko‘p yog‘adi, qalin tumanlar esa yilning hamma fasllari uchun xarakterlidir. Yillik yog‘in miqdori g‘arbda 330 mm dan sharqda 1000 mm gacha oshib boradi.
Yassi tog‘likning shimoliy qismida tundra va o‘rmon-tundra zonalari qirg‘oq bo‘ylab keng polosa hosil qilib joylashgan. Labrador yarim orolining shimoliy qismida ham tundra landshaftlari tarqalgan. Kuchli shamollardan himoyalangan ford qirg‘oqlarida tundra o‘rmon landshaftlari bilan almashinadi. Tundra va o‘rmon- tundra landshaftlari Gudzon qo‘ltig‘iga sohillari bo‘ylab janubga kirib boradi. Gudzon qo‘ltig‘i qirg‘oqlarida va Labrador yarim orolida tundra landshaftlarini janubga kirib kelishiga sabab bu hududlarda tez-tez takrorlanib turadigan kuchli sovuq shamollarning hukmronlik qilishi, yer usti suvlarining juda ham sekin oqishi tufayli botqoqlanish jarayonining faolligi va okeandan keladigan namlik tarkibida tuzlarning ko‘pligidir. Botqoqliklar g‘arbga tomon borgan sari kamayib boradi.
Platoning katta maydonini igna bargli o‘rmon landshaftlari qoplagan. Tayganing ayrim joylari sidirg‘asiga qora yeldan tashkil topgan bo‘lsa, ayrim joylarida ularga aralash holda tilog‘och, balzam pixtasi, qayin, qizil qarag‘ay, oq qarag‘ay, tog‘teraklar ham o‘sadi. Tayganing botqoqlik o‘rmonlari pastqam yerlarda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular qora qarag‘ay bilan qoplangan. Qumoq tuproqlarda aksincha Banks qarag‘ayi keng tarqalgan. G‘arbga borgan sari yog‘inning kamayishi tufayli botqoq landshaftlarining maydoni ham qisqarib boradi. Platoning g‘arbida tayga o‘rmonlari shimolga tomon ancha kirib boradi, tundra landshaftlarining maydoni esa keskin qisqarib, Shimoliy Muz okeani sohillarida tor polosani hosil qiladi. Bu polosada mox va lishayniklar, pakana bo‘yli qayin va tollar o‘sadi. Lavrentiy yassi tog‘ligi o‘lkasining asosiy tabiiy boyligi igna bargli o‘rmonlardir. Ular qurilish materiallari tayyorlashda va qog‘oz ishlab chiqarishda mahalliy xom- ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Tayga qimmatbaho mo‘yna beruvchi hayvonlarga ham nihoyatda boy. Tayga o‘rmonlaridan qunduz, ondatra, norka va tulkilar, tundradan qutb tulkisi ko‘plab ovlanadi. O‘lkaning ichki suvlari baliqlarga boy. Mahalliy aholi mo‘yna beruvchi hayvonlardan tashqari daryo va ko‘llardan cho‘rtanbaliq, seld, forel va boshqa baliqlarni ovlash bilan ham shug‘ullanadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin