Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə195/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat savollari:


  1. Markaziy Osiyo tabiiy geografik o’lkasi tabiiy sharoiti va rel’efi xususiyatlariga tavsif bering?

  2. Mongoliya Oltoyi o’lkasi iqlimiy sharoitini tavsiflang?

  3. Tarim-Jung’oriya o’lkasi gidrografiyasi o’ziga xos tomonlari nimada?

  4. Gobi-Alashan o’lkasi tabiat mintaqalari geografiyasiga tavsif bering?



      1. BALAND OSIYO




Tayanch so’z va iboralar: tektonik struktura, orogenez, neotektonik harakatlar, musson iqlim, Kunlun, Oltintog’, Nanshan, Sino-Tibet, Transhimolay, metamorfik jinslar.

Bu tabiiy geograik rayonda Hinduqush, Qoraqurum tog’ tizimlari, Tibet tog’ligi va uning chekka qismlarida qad ko’tarilgan baland Kunlun, Oltintog’, Nanshan, Sino-Tibet, Transhimolay (Gandisishan) tog’ tizmalari majmuasidan tarkib topgan eng baland tog’li o’lkadir. Uning maydoni 2 mln. km2 ga teng. O’lkaning hududi shimolda Kunlunning shimoliy tog’ etaklaridan janubda Himolayning shimoliy tog’ etaklarigacha, g’arbda Pomir, Hinduqush va Qoraqurum tog’ tugunidan sharqda Sino-Tibetning sharqiy tog’ etaklarigacha cho’zilgan. Himolay tog’lari o’ziga xos iqlim xususiyatlari bilan Baland Markaziy Osiyo iqlimidan farq qilganligi sababli Janubiy Osiyo regioni tarkibiga kiritilgan. Baland Osiyo Yer yuzidagi eng yirik orografik to’siq bo’lib, umumiy atmosfera sirkulyasiyasiga monelik qiladi, havo oqimi harakatlarining yo’lini to’sadi, Osiyo maksimumining kuchayishiga yordam beradi. Shu bilan birga Tinch va Hind okeanlaridan keladigan nam havo massalarini materik ichkarisiga kirib borishiga halaqit berib, Osiyoning boshqa regionlarini tabiiy sharoitiga ta’sir ko’rsatadi, arid iqlimli baland tog’ landshaftlarini va vertikal zonallikning xilma-xil tiplarini vujudga kelishiga imkon yaratadi.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin