Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə196/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Hinduqush va Qoraqurum. Hinduqush va Qoraqurum tog’ tizimlari Pomir tog’ligi bilan birgalikda Tibet, Eron tog’liklarini va O’rta Osiyo tog’liklarini bir-biri bilan tutashtirib turuvchi g’oyat katta tog’ tuguni hisoblanadi. Ular Yer yuzidagi eng baland tog’ tizimlari qatoriga kiradi. Hinduqush forscha Hinduko’h deb atalib, Hind tog’i degan ma’noni bildiradi. U shimoli-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon 800 km masofaga cho’zilgan. Ko’xi Bobo, Tag’mon, Hinduraj tizmalari uniig asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Hinduqush tog’larining balandligi g’arbdan sharqqa tomon balandlashib boradi. Ko’xi Boboning maksimal balandligi 5143 m (ayrim manbalarda 4951 m), G’arbiy Hinduqushniki 4000-5000 m dan oshadi, Sharqiy Hinduqush esa 6000-7000 m dan ham ziyod. Eng baland joyi Tirichmir cho’qqisida 7690 m ga teng. Hinduqush tog’ tizimi kembriydan oldin vujudga kelgan granit va gneyslardan, paleozoy marmarlaridan, mezokaynozoy slaneslari, qumtoshlari va ohaktoshlaridan tarkib topgan. Hinduqushning dastlabki tektonik tarkibi mezozoy orogenezida burmalangan. Hozirgi orografik tuzilishi va rel’efi neogen- antropogenda sodir bo’lgan vertikal tektonik harakatlar natijasida shakllangan. Hinduqush Al’p burmalanish mintaqasiga mansub bo’lganligi tufayli seysmik harakatlar juda faol hisoblanadi.
Qoraqurum Markaziy Osiyoning eng baland tog’ tizimi. Balandligi jihatidan Yer yuzida Himolaydan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Qoraqurum Pomirdan Qorachuqur daryo vodiysi bilan ajralgan bo’lib, janubi-sharqqa tomon 800 km masofaga cho’zilgan. Bu yuksak tog’ Kunlun bilan Himolay tizimlari oralig’ida joylashgan. Qoraqurumning o’rtacha balandligi 6000 m, ko’pchilik cho’qqilarining balandligi 7000-8000 m dan oshadi. Maksimal balandligi 8000 m dan ziyod bo’lgan Chogori (8611 m), Gasherbrum (8073 m), Xidden (8068 m) cho’qqilari o’zining tik qoyali Al’p rel’ef shakllari va muzliklari bilan hayratda qoldiradi. Davonlari 4600- 5800 m balandlikda joylashgan. Qoraqurumning geologik tuzilishi nihoyatda murakkab, janubiy qismi granit va gneyslardan, o’rta qismi paleozoy va mezozoyning cho’kindi dolomitlashgan ohaktoshlaridan, qoramtir slaneslaridan, qumtoshlaridan va metamorfik jinslaridan, shimoliy qismi kristalli slaneslardan va yura davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Rel’efi keskin parchalangan, Al’p tipidagi rel’ef shakllari keng tarqalgan. Ko’ndalang daryo vodiylari nihoyatda chuqur, tik yon bag’irli tor daralar hosil qilgan. Qoraqurumda tog’ hosil bo’lish jarayoni mezozoyda bo’lib o’tgan bo’lsada, unnng hozirgi yoshargan rel’efi va yuksaklikka ko’tarilishi neotektonik harakatlarning mahsuli hisoblanadi.
Hinduqush va Qoraqurum tizmalari uchun quruq subtropikning tog’ iqlim xarakterli. Iqlim sharoiti g’arbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon o’zgarib boradi. Hinduqushning shimoli-g’arbiy yon bag’irlarida yillik yog’in miqdori 400- 800 mm ni, sharqiy qismidaga baland tog’ cho’lida 50 mm ni tashkil etadi. Janubiy va janubi-sharqiy yon bag’irlarda Hind okeanidan keladitan yozgi musson hisobiga yillik yog’in miqdori 700-800 mm ga boradi. Hinduqush va Qoraqurumning Markaziy Osiyo yassi tog’lik cho’llariga qaragan shimoliy yon bag’irlari nihoyatda quruq, biokomponentlar deyarli rivojlanmagan unumsiz yerlardir. Tog’larda haroratning sutkalik va yillik amplitudasi juda katta. Iyulda harorat 1000-1500 m balandlikda +30°S gacha ko’tariladi, yanvarda 00S dan pastga tushadi. 4500 m
balandlikkacha iyulning o’rtacha harorati +10°S gacha yetadi, qish sovuq va davomli bo’ladi. 4500-5000 m dan yuqorida manfiy harorat hukm suradi. Qor chizig’i Qoraqurumning shimolida 5900 m, janubida 4700 m balandlikdan o’tadi. Uning eng katta tog’ muzliklari Siachen (72 km), Hispar (61 km), Baltoro (58 km) va Batura (58 km) lardir. Hinduqush va Qoraqurum tog’laridan boshlanib janub tomon oqadigan daryolar Hind okean havzasiga, shimol tomon oqadigan daryolar Markaziy va O’rta Osiyo berk havzalariga qaraydi. Qoraqurum Hind va Tarim daryolari o’rtasida suvayirg’ich vazifasini bajaradi. Daryolar qor va muzliklardan to’yinadi.
Tog’ landshaftlari balandlik mintaqalari bo’yicha taqsimlangan. Quruq iqlimli shimoliy yon bag’irlarda cho’l landshaftlari 2400-2800 m balandlikkacha, cho’l- dasht landshaftlari 3100 m gacha, tog’ dasht landshatflari 3500 m gacha tarqalgan. Subtropik iqlimli o’rtacha nam janubiy yon baglarida doimiy yashil eman, qarag’ay, Himolay kedri, Grek yong’og’i, tol va teraklardan tarkib topgan o’rmonlar daryo vodiylari bo’ylab 3000-5000 m balandlikkacha ko’tariladi. Undan yuqorida dasht va Al’p o’tloq landshaftlari vujudga kelgan. Tog’ yonbag’irlaridagi vohalarda mevali bog’lar va tokzorlar barpo etilgan. Quyi mintaqada don ekinlari, ayniqsa sholi ko’p yetishtiriladi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin