Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə207/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Shri-Lanka oroli. Shri-Lanka Hindiston yarim orolidan janubi-sharqda joylashgan va undan 60 km kenglikdagi Polkskiy bo’g’izi orqali ajralib turgan o’rtacha kattalikdagi oroldir. Maydoni 65 600 km2. Orol geotektonik struktura jihatidan Hindiston platformasining peneplenlashgan bir qismi hisoblanadi. Uning janubiy qismi bir oz ko’tarilgan, shimoli-g’arbiy va sharqiy qismlari ancha pasaygan va yosh yotqiziqlar bilan qoplangan. Orolning janubiy qismida gneys va kvarsitlardan tuzilgan Markaziy massiv joylashgan. Massivni chuqur vodiylar, botiqlar palaxsali tog’larga va platolarga bo’lib yuborgan. Uning eng baland nuqtasi Pidurutalagala tog’ida 2524 m ga va piramida shaklidagi qoyali Adamov cho’qqisida 2243 m ga teng. Markaziy massivning atrofi pastekisliklar bilan o’ralgan.
Shri-Lankaning shimoli-sharqiy katta qismi subekvatorial iqlim mintaqasiga va janubi-g’arbiy chekka qismi ekvatorial iqlim mintaqasiga qaraydi. Pastekisliklarda yil davomida o’rtacha harorat +24°S dan +28°S gacha o’zgarib turadi. Markaziy massivning 2000 m balandligida harorat +16°S gacha pasayadi. Yog’inning asosiy qismini yozgi janubi-g’arbiy va qishki shimoli-sharqiy mussonlar keltiradi. Ayniqsa janubi-g’arbiy musson orolning janubi-g’arbiy sohilini va Markaziy massivning yonbag’irlarini juda katta miqdordagi namlik bilan ta’minlaydi. Bu yerda yillik yog’in miqdori 3000-5000 mm gacha yetadi. Orolning shimolida va shimoli- sharqida yog’in bir oz kam bo’lib, yiliga 1000-2000 mm atrofida yomg’ir yog’adi. Shri-Lankaning janubi-g’arbida yog’in yil bo’yi bir tekisda taqsimlangan bo’lsa, shimoli-sharqida ikkita mavsum-namlik va qurg’oqchil mavsumlari yaqqol ifodalanadi. Orolning oqar suvlari Markaziy massivdan boshlanib, atrofdagi pastekisliklarga tarqaladi. Daryo suvlari qurg’oqchil shimoli-sharqiy hududlarda madaniy ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Musson yomg’irlari paytida daryolar toshib dengizbo’yi pastekisliklarini suv bosadi.
Orolning katta qismi qizil va laterit tuproqlar bilan, daryo vodiylari va sohillar allyuvial tuproqlar bilan qoplangan. Tuproqlarning asosiy qismi o’zlashtirilib, uzoq yillar davomida tropik madaniy ekinlarini yetishtirishda foydalanib kelinmoqda. Shri-Lankaning qurg’oqchil shimoliy va shimoli-sharqiy hududlari savanna tipidagi tikanli butazorlar va kserofit tropik o’rmonlar bilan band. O’rmonlarda atlas daraxti, palu va boshqalar o’sadi. Janubi-g’arbiy hududlarning o’simlik qoplami nam tropik o’rmonlardan tashkil topgan. Qadimda qirg’oqbo’yi pastekisliklari, Markaziy massivning yon bag’irlari nam tropik o’rmonlar bilan band bo’lgan. Hozir o’rmonlarning katta maydoni o’zlashtirilib, ularning o’rnini tropik ekinlari, kauchuk beradigan geveya daraxtlari egallagan. Terrasalashtirilgan tog’ yonbag’irlarida choy plantasiyalari barpo etilgan. Dengiz sohillari uchun mangra o’rmonlari va kokos
palmazorlari xarakterli. Markaziy massivning baland yon bag’irlari va keng platolari turli xil o’tlar bilan qoplangan.
Hayvonot olami turlarga juda boy. Ularning ko’pchiligi Hindiston va Hindixitoyda yashaydigan hayvonlarga o’xshash. O’rmonlarda Seylon ayig’i, qoplon, silovsin, bug’u, viveralar, maymunlarning bir necha turlari yashaydi. Daryo vodiylaridagi chakalakzorlarda yovvoyi buyvol, yovvoyi cho’chqa, hind bo’risi uchraydi. Yovvoyi fillar juda kam qolgan. Sudralib yuruvchilardan timsohlar, ilonlar va toshbaqalar keng tarqalgan. Shri-Lanka florasi va faunasini muhofaza qilish uchun botanika bog’lari, milliy bog’lar va qo’riqxonalar tashkil etilgan.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin