Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə90/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Markaziy And. Markaziy And tog‘li o‘lkasiga And tog‘ tizimining o‘rtacha qismi, 4° j.k. va 27° j.k. lar oralig‘i kiradi. Markaziy Andning eng kengaygan joyi 750 km ni tashkil etadi. Markaziy And tog‘lari uzoq masofaga cho‘zilgan va Tinch okean qirg‘oqlarida joylashgan bo‘lishiga qaramasdan And tog‘ tizimining tabiiy geografik o‘lkalaridan o‘zining quruq va kontinental iqlimiy sharoiti bilan ajralib turadi. Tuproq-o‘simlik qoplami va ularning tiplari ham iqlim sharoitiga moslashgan holda taqsimlangan.
O‘lkaning shimoliy qismida Markaziy And tog‘lari bir necha katta balandlikdagi parallel tizmalarga bo‘lingan. Shulardan eng kattasi G‘arbiy Kordil’era tog‘ tizmasi bo‘lib, unda eng baland cho‘qqilari (Uaskaran, 6768 m, Yerupaxa 6632 m) joylashgan. O’lkaning bu qismida harakatdagi vulkanlar
uchramaydi. Janubroqda And tog‘ tizimi ancha kengaygan bo‘lib, uning o‘rta qismini keng baland yassi tog‘liklar, platolar egallab olgan. Yassi tog‘liklar har ikkala tomondan baland, ko‘tarilgan G‘arbiy va Sharqiy Kordil’era tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan. Bulardan eng balandi G‘arbiy Kordil’eradir. Uning yuqori qismlarida bir qator so‘ngan va harakatdagi vulkanlar to‘g‘ri konus shaklini hosil qilib baland qad ko‘tarilib turadi. Bular Oxos-del-Salado (6880 m), Lyulyaylyako (6723 m), Koropuna (6613 m), San-Pedro (6180 m), Ualyatiri (6060 m), Misti (5842 m) va boshqalar.
Shimoliy Chilining Tinch okean sohilida balandligi 600-1000 m ga yetadigan kristall jinsli Qirg‘oq Kordil’erasi ko‘tarilgan, past tizma G‘arbiy Kordil’eradan qirg‘oq bo‘ylab cho‘zilgan Atakama cho‘li orqali ajralgan. Atakama cho‘li bo‘ylama tektonik botiq bo‘ylab, shimoldan janubga tomon 1000 km masofaga cho‘zilgan. Qirg‘oq Kordil’erasi tik yonbag‘ir hosil qilib okean bilan tutashgan. Shuning uchun bu qirg‘oq kemalarning to‘xtashiga juda katta qiyinchiliklar tug‘diradi.
G‘arbiy va Sharqiy Kordil’era tizmalari oralig‘ida vujudga kelgan And yassi tog‘liklari okean sathidan 3000 m dan 4500 m gacha balandliklarda joylashgan. Ularning yuzasida parchalangan tosh uyumlari vulkanik materiallar, sochiluvchan qum uyumlari keng tarqalgan. Pastqam yuzalarda ko‘llar ham uchraydi. Eng yirik Titikaka tog‘ ko‘li 3810 m balandlikda hosil bo‘lgan. O‘lka hududida Boliviyaning poytaxti La-Pas shahri okean sathidan 3650 m balandlikda joylashgan.
Yassi tog‘liklar yuzasi o‘rtacha balandligi 1000-2000 m bo‘lgan turli xil yo‘nalishdagi baland tizmalar bilan kesilgan. Bu tizmalarning cho‘qqilari harakatdagi vulkanlardan iborat. G‘arbiy Kordil’era Markaziy Andning bosh suvayirg‘ichi bo‘lib, undan boshlanuvchi daryolarning ko‘pchiligi sharqqa tomon oqib, yassi tog‘liklarni kesib o‘tadi, chuqur vodiylar va daralar hosil qiladi. Sharqiy Kordil’eraning yassi tog‘likka qaragan g‘arbiy yonbag‘ri tik, sharqiy yonbag‘ri qiya. Bu yerda ayrim tog‘ cho‘qqilari 6000 m dan yuqori ko‘tarilgan. Shulardan eng balandlari Ilimani (6882 m) va Ilyampu (6550 m) tog‘ cho‘qqilaridir. Sharqiy Kordil’era G‘arbiy Kordil’eradan farq qilib, unda vulkanlar umuman uchramaydi.
Markaziy And o‘lkasining tabiatida cho‘l va chala cho‘l landshaftlari hukmronlik qiladi. Arid iqlimli landshaftlar Tinch okean sohilini G‘arbiy Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘irlarini, yassi tog‘liklarni egallagan. Faqat Markaziy Andning sharqiy yonbag‘ri nam passat shamollari ta’sirida bo‘lganligi uchun yog‘in miqdori bir oz ko‘payadi, o‘simlik qoplami xilma-xil turlar bilan boyiydi.
G‘arbda shimoldan janubga tomon Peru sovuq oqimining ta’sirini kuchayib borishi tufayli chala cho‘l iqlim tipi cho‘l iqlim tipi bil almashinadi. Shimolda yillik yog‘in miqdori 200-250 mm atrofida bo‘lsa, janubda Tinch okean sohillarida va Atakama cho‘lida 100 mm gacha, ayrim joylarda 25 mm gacha kamayadi. Yog‘inning asosiy qismi yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Qirg‘oq Kordil’erasining sharqiy tomonida shunday joylar borki, yil davomida yog‘in umuman kuzatilmaydi. Lekin bu zonada havoning nisbiy namligi 80% atrofida bo‘lib, qish oylarida tumanlar, shudringlar tez-tez tushib turadi va kserofit o‘simliklarni namlik bilan ta’minlaydi. Sovuq oqim o‘lkaning haroratining mo‘tadil bo‘lishiga va qayta taqsimlanishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin shimoldan janubga tomon
yanvarning o‘rtacha harorati +24°C dan +19°C gacha, iyulniki esa +19°C dan +13°C gacha pasayadi.
Markaziy And o‘lkasida tuproq-o‘simlik qoplami eng kam rivojlangan joy Atakama cho‘li hisoblanadi. Bu yerda siyrak holatda o‘sadigan efemer o‘simliklarni faqat yilning tumanli faslida uchratish mumkin. Cho‘lning aksariyat qismi o‘simliklar o‘sa olmaydigan qattiq sho‘r yerlardan iborat. G‘arbiy Kordil’eraning Tinch okeanga qaragan yonbag‘ri juda quruq. Bu yerda tog‘ cho‘l zonasining yuqori chegarasi tizmaning shimolida 1000 m dan janubida 3000 m balandlikkacha ko‘tarilgan. Uning yonbag‘irlari juda siyrak kserofit o‘simliklar – kaktuslar va opunsiyalar bilan qoplangan,
Tinch okean sohili cho‘l landshaftlari yassi tog‘likning janubi-g‘arbida 3000- 4500 m balandliklar oralig‘ida tog‘ chala cho‘l mintaqasi bilan almashinadi. Bu mintaqada atmosfera yog‘inlari 250 mm gacha tushadi. Qish oylarining o‘rtacha harorati musbat. Qattiq sovuq paytida harorat -200C gacha pasayadi. Yozning o‘rtacha harorati +140+15°C ga teng. O‘simlik qoplami siyrak. Pakana bo‘yli butalar, boshoqdoshlar (chalov, rovak), kaktuslar, lishayniklar o‘sadi. Sho‘rxok yerlar o‘simliklarga juda kambag‘al. Bu yerda shuvoq va efedralarni uchratish mumkin.
Markaziy Andning sharqiy va shimoliy qismlarida namgarchilik biroz ko‘payib, yillik yog‘in miqdori 800-1000 mm ni tashkil etadi. O‘simlik qoplami va uning turlari boyib, tog‘ chala cho‘l mintaqasi tog‘ dasht landshaftlari bilan almashinadi. Dasht mintaqasini mahalliy aholi puna deb atashadi. Puna uchun xarakterli bo‘lgan o‘simliklar asosan boshoqdoshlar oilasiga mansub (chalov, betaga, veynik va b.). Punada boshoqli o‘simliklardan tashqari yostiqsimon butalar, bir yillik pakana bo‘yli daraxtlar ham o‘sadi. Markaziy Andda puna landshaftlari juda katta maydonni egallagan. Bu mintaqada aholi zich joylashganligi sababli voha landshaftlari Tinch okean sohilidagi cho‘llarga nisbatan keng tarqalgan. Aholi o‘lkaning 4000 m va undan ham yuqori qismlarida dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Puna aholisi asosan kartoshka, boshoqli don ekinlari yetishtiradi. 4000 m dan baland joylarda sho‘radosh oilasiga mansub bo‘lgan kinoa ekiladi. Kinoa doni mahalliy aholi uchun asosiy ozuqa bo‘lib xizmat qiladi.
Markaziy Andning baland cho‘qqilarida baland tog‘ cho‘l landshaftlari shakllangan. Shimolda 6000 m dan va janubda 5000 m dan baland joylarda havoning harorati yil bo‘yi 0° C dan past bo‘ladi. Iqlimining kontinental va quruq bo‘lishi tog‘ muzliklarining rivojlanishiga imkon bermaydi. Yirik muzliklar yog‘in miqdori ko‘proq bo‘lgan Sharqiy Kordil’erada uchraydi.
Markaziy And tog‘li o‘lkasining sharqiy yonbag‘ridagi lanshaftlarda va ularning balandlik bo‘ylab taqsimlanishi G‘arbiy Kordil’era tizmalaridan keskin farq qiladi. Sharqiy Kordil’eraning sharqiy yonbag‘irlariga yoz oylarida esib turadigan nam passat shamollari Atlantika okeanidan kam miqdorda yog‘in olib kelib turadi. Natijada tizmaning 1000-1500 m balandlikkacha bo‘lgan qismida turli xil palmalar, xin daraxtlari va boshqalardan tashkil topgan qalin tropik o‘rmonlar hosil bo‘lgan. Bu mintaqaning daryo vodiylarida shakarqamish, kofe, kakao, tropik mevali ekinlar yetishtiriladi. Tizmaning 3000 m balandlikkacha bo‘lgan yonbag‘rida
past bo‘yli doimiy yashil o‘rmonlar, qalin bambukzorlar, qirqquloqzorlar, daraxtlarga chirmashib o‘sadigan o‘simliklar yaxshi rivojlangan. 3000 m dan yuqorida tog‘ butazorlari va baland tog‘ dasht landshaftlari joylashgan. Shu boisdan Markaziy Andda landshaftlar asimmetriyasi juda yaqqol ifodalangan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin