Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə194/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Gobi-Alashan. Bu o’lka tabiiy sharoitining umumiy xususiyatlari o’xshash bo’lgan Gobi, Ordos, Beyshan yassi tog’liklaridan va Alashan cho’lidan tarkib topgan. Rel’efida peneplenlashgan baland yassi tog’liklar ustunlik qiladi. Gobi Markaziy Osiyodagi eng katta suvsiz cho’ldir. Uning nomi ham mongol tilida “suvsiz joy” degan ma’noni anglatadi. Yassi tog’likning o’rtacha balandligi 800- 1500 m ni tashkil etadi, ayrim ko’tarilib turgan kalta tog’larning balandligi 2500- 3000 m gacha yetadi. Yer yuzasi qiya tekisliklardan, keng yassi tog’oralig’i vodiylaridan, qumli, gilli, toshloq, sho’rxok yerlardan iborat. Bu yerda cho’l va chala cho’l landshaftlari keng tarqalgan. Janubda Xuanxe daryosining kenglik bo’ylab oqadigan joydan shimolda Datsinshan tog’i 2400 m yuqoriga ko’tarilgan. Gobi yassi tog’ligida tektonik va deflyasion cho’kmalar, barxanli va gryadali qumlar keng tarqalgan. Gobidan janubda platformali sinklizada vujudga kelgan, yura va bo’r davrlarining qumtoshlari, qumli slaneslari, gillari bilan to’lgan Ordos platosi joylashgan. Uning balandligi 1000-2000 m atrofida bo’lib, shimoliy va janubiy qismlarida barxanli qum massivlari, o’rta qismida balandliklar va kryajlar tarqalgan. Platoning g’arbida joylashgan Arbiso tog’ining maksimal balandligi 3015 m.
Alashan tog’i bilan Joshuy (Edzin-Gol) daryosi oralig’ida Alashan qum cho’li joylashgan. Uning yer yuzasi to’lqinsimon va qiya tekisliklardan iborat bo’lib, janubdan shimolga tomon 1600 m dan 835-900 m gacha pasayib boradi. Rel’efida do’ng va gryadali qum massivlari ko’pchilikni tashkil etadi. Pastqam gilli uchastkalarda sho’r yerlar va taqirlar hosil bo’lgan. Edzin-Gol daryosi bilan Lobnor botig’i oralig’ida palaxsali massivlardan va tizmalardan tashkil topgan Beyshan massivi Markaziy Osiyoning eng qadimgi quruqlik uchastkalaridan biridir.
O’lkaning iqlim sharoiti keskin kontinental xarakterga ega. Qishda baland havo bosimi - Osiyo maksimumi vujudga keladi. Natijada qishda qattiq sovuq va havo ochiq bo’ladi. Yanvarnint o’rtacha harorati -10°-15°S, ba’zan -40°S gacha pasayadi. Yozi issiq, iyulning o’rtacha harorati +22°+25°S ga teng. Maksimal harorat +45°S ga chiqadi, tuproq yuzasi +70°S gacha qiziydi. Yillik yog’in miqdori Alashan cho’lida 70 mm dan Gobining shimoli-sharqiy qismida 200 mm gacha ko’payadi. Gobi-Alashanda doimiy oqar suvlar deyarli yo’q. Xuanxe tranzit daryosi bundan mustasno. Janubida Rixtgofen tog’idan boshlanuvchi Joshuy (Edzin-Gol) daryosi Alashan cho’li va Beyshan yassi tog’ligi oralig’idan oqib o’tib, Gashun-Nur ko’liga
quyiladi. Uning vodiysida voha landshaftlari vujudga kelgan. Cho’lda mahalliy aholi grunt suvlaridan keng foydalanadi.
Alashan va Gobi cho’llarining qum massivlari uchun saksovul, juzg’un, qaragana kabi psammofitlar xarakterli. Toshloq va sho’rxok yerlarda Gobi chalovi, shuvoq, Gobi sho’rasi o’sadi. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda terakzorlar va qamishzorlar yaxshi rivojlangan. Tog’larda vertikal zonallik deyarli ifodalanmagan, ularning quyi qismidan tepasigacha bo’lgan yon bag’irlari cho’l yoki quruq dashtlar bilan band. Alashan va Inshan tog’ yonbag’irlarida qayin, tilog’och va butalardan tashkil topgan o’rmonli uchastkalar uchraydi, eng baland cho’qqilarida al’p o’tloqlari shakllangan.
Hayvonot dunyosida antilopalarning bir necha turlari, Prjevalsk yovvoyi oti, ikki o’rkachli yovvoyi tuya, yovvoyi eshaklar uchraydi. Shulardan Prjevalsk oti yo’qolib ketish arafasida turibdi. Kemiruvchilardan qo’shoyoqlar, yumronkoziqlar, dala sichqonlari, ko’rsichqonlar ko’p tarqalgan.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin