Tayanch so’z va iboralar: tektonik struktura, geologik struktura,landshaftmajmualari,differensiallanish,ShimoliyAndtog‘lari,terrakalente(issiqyer),terratemplyada (mo‘tadil yer),terrafria(sovuqyer),paramos,gemigeliya. And tog‘lari dunyodagi eng uzun (9000 km) va eng baland tog‘ tizmalaridan biri bo‘lib, materikning shimoliy va g‘arbiy qismlarini egallagan. Bu ulkan tog‘ tizimi Janubiy Amerikaning sharqiy qismidan tektonik strukturasi, geologiyasi va relyefining nihoyat darajada murakkab tuzilishi bilan ajralib turadi. And tog‘larishtng relyefi, iqlimi, tuproq-o‘simlik qoplami va organik hayoti o‘ziga xos umumiy va regional qonuniyatlar asosida shakllangan.
And tog‘ tizimining tabiati shu darajada rang-barangki, uning bu holatdagi xilma-xil bo‘lishiga sabab, birinchidan, shimoldan janubga tomon birin-ketin almashinib boradigan bir qator iqlim mintaqalarining va kenglik landshaft zonalarining ta’siri bo‘lsa, ikkinchidan, tabiiy sharoit, geologik struktura va relyef shakllariga moslashgan holda landshaft majmualarining ham gorizontal, ham vertikal yo‘nalishlarda differensiallanishidir. Bundan tashqari And tog‘larining ichki hududlaridagi tabiiy sharoit ham tog‘ landshaftlarining xilma-xil bo‘lishiga ta’sir etadi. And tog‘ tizimi geologik, relyef, iqlim farqlariga, kenglik va balandlik zonallik xususiyatlariga ega.