Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə85/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Markaziy tekisliklar. Markaziy yoki Ichki tekisliklar o‘lkasi shimolda Amazonka pastekisligi, janubda Patagoniya yassi tog‘ligi, g‘arbda And tog‘lari va sharqda Braziiliya yassi tog‘ligi bilan chegaralangan. Markaziy tekisliklar morfologik tuzilishi va tabiiy geografik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan ikkita yirik qismga – Gran-Chako tekisligi va La-Plata pastekisligiga bo‘linadi.
Gran-Chako tekisligi Janubiy Amerikaning markaziy qismida joylashgan tabiiy geografik oblast hisoblanadi. Uning yer yuzasining qiyaligi g‘arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. G‘arbda And tog‘lari etagida tekislikning okean sathidan balandligi 500-700 m ni, sharqda La-Plata pastekisligi bilan tutash joylarda 50 m ni tashkil etadi. Gran-Chakodan shimolda platformaning kristall poydevori yer yuzasiga ko‘tarilib balandligi 1425 m keladigan Chochi tepaligini hosil qilgan. Bu tepalik Amazonka va Paragvay daryolari o‘rtasida suvayirg‘ich vazifasini bajaradi. Gran-Chako tekisligi meridional yo‘nalishda uzoq masofa cho‘zilganligi tufayli uning shimoliy katta qismi tropik iqlim mintaqasiga va janubiy qismi subtropik iqlim mintaqasiga qaraydi. Har ikki mintaqaning iqlim sharoitida nam va quruq fasllar juda yaqqol ifodalangan. Shu bilan birga tekislikning iqlim sharoiti kontinentallik xususiyati ham hukmronlik qiladi. Binobarin, haroratning keskin o‘zgarishi faqat yilning issiq va salqin oylari oralig‘i uchun xarakterli bo‘lib
qolmasdan, sutkalik harorat uchun ham xarakterlidir.
Materikning boshqa tabiiy geografik o‘lkalariga nisbatan Gran-Chakoda harorat juda yuqori va materikning eng issiq joyi hisoblanadi. Yozning o‘rtacha harorati +27°+30°C gacha boradi. Maksimal harorat +47°C gacha ko‘tariladi. Salqin oylarning harorati shimoldan janubga tomon +20°C dan +15°C gacha o‘zgaradi. Qish oylarida kunduz kunlari issiq bo‘lsa-da, kechalari harorat 0° C dan pasayadi. Janubdan sovuq shamollar esgan paytlarda kunduzlari ham harorat keskin pasayadi. Gran-Chakoning katta qismida namlik balansi salbiy. Tekislikning shimoli- sharqida yillik yog‘in miqdori 1200 mm dan janubi-g‘arbida 500 mm gacha kamayadi. Yog‘in asosan yozda 2-3 oygina davom etadi. Qurg‘oqchilik davr uzoq cho‘ziladi. Shuning uchun dehqonchilikda daryo suvlaridan foydalanishni taqazo etadi. Shimolda Mamore va Beni daryolari havzalarida subekvatorial iqlim mintaqasiga o‘tish kengliklarida yilning namlik davri 5-6 oygacha cho‘ziladi. Yillik
yog‘in miqdori 1500 mm gacha ortadi.
Gran-Chakoning ichki hududlarida yer usti suvlari juda kam, gidrografik to‘r tekislikning chekka qismlaridagina rivojlangan. Uning shimolidagi Pilkomayo va
Rio-Bermexo, janubidagi Rio-Salado daryolari Paragvay havzasiga mansub bo‘lib, ular yomg‘ir faslida toshib oqadi. Toshqin paytida suv tekisliknig quyi qismlarini bosib botqoq yerlar hosil qiladi. Yomg‘ir faslida mavsumiy sho‘r ko‘llar ham vujudga keladi.
Tekislikning shimoliy va sharqiy namlikka nisbatan boy qismlari, botqoqlangan yerlar o‘simlik qoplamiga va hayvonot dunyoga boy. Daryo vodiylari bo‘ylab bo‘yi 40-50 m ga yetadigan palma o‘rmonlari o‘sadi. Vodiy o‘rmonlarida qushlardan flamingo, kaptar, o‘rmon tovug‘i, qarqara to‘tilar yashaydi. Daryo qirg‘oqlaridagi balchiqlarda yirik suv kemiruvchisi – paka uchraydi.
Gran-Chakoning quruq hududlarida kserofit tropik o‘rmonlar butazorlar, o‘t o‘simliklari va baland daraxtlar o‘sadigan savanna landshaftlari mavjud. Siyrak o‘rmonlarda qimmatbaho yog‘och beradigan qizil kebracho va oq kebracholar o‘sadi. O‘rmonlar orasida qing‘ir-qiyshiq o‘sadigan algarrabo daraxti uchraydi. Balandlik quruq joylarda monte deb ataluvchi butazorlar keng tarqalgan. Butazorlar tarkibida mimozalar, xilma-xil kaktuslar, tikanli o’simliklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Madaniy o‘simliklardan asosan paxta yetishtiriladi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin