Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə81/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Gviana yassi tog‘ligi va Gviana pastekisligi. Bu tabiiy geografik o‘lka materikning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, ikkita yirik rel’ef komponentidan – yassi tog‘lik va pastekislik majmuasidan tarkib topgan. Gviana pastekisligi o‘lkani shimoli-sharqiy qismini, Atlantika okeani qirg‘oqbo‘yi pastekisliklarini egallagan. Pastekislik Atlantika okeani tomonidan Gviana yassi tog‘ligiga tomon asta-sekin ko‘tarilib boradi. Uning sohilbo‘yi polosasi botqoqlangan keng maydonni tashkil etadi. Qirg‘oqdan uzoqlashgan sari botqoqlangan pastqam yerlar tekis, rovon ko‘tarilib boradi va kristall jinslardan tarkib topgan plato bilan almashinadi. Janubi-g‘arbga borgan sari yer yuzasi yanada baland ko‘tarilib tipik kristalli peneplen – Gviana yassi tog‘ligi bilan tutashadi.
Gviana pastekisligi Essekibo, Karanteyn, Maroni, Oyapoki va boshqa daryolar oqizib keltirgan allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Yer yuzasi tekis bo‘lib, qirg‘oq bo‘ylarida okean sathidan 5-10 m dan janubi-g‘arbda Gviana yassi tog‘ligi etaklarida 200-300 m gacha ko‘tariladi. Iqlimi subekvatorial issiq va nam iqlim bo‘lib, eng ko‘p yog‘in qish va bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Yillik yog‘in miqdori pastekislikning sharqida 3500 mm dan g‘arbida 2500 mm gacha kamayadi. Harorat yil davomida +26°+28° C atrofida bo‘ladi.
Gviana pastekisligi o‘rmonlarga boy. Atlantika okeani sohillarida mangra o‘rmonlari yaxshi rivojlangan. Qolgan qismi nam tropik o‘rmon va savannalar bilan band. Mangra o‘rmonlari tagida botqoq tuproqlar, tropik o‘rmonlar va savannalarda qizil-laterit tuproqlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Maroni va Oyapoki daryolari havzalari qimmatbaho yog‘och beradigan qizil, pushti, muskat, mant kabi daraxtlardan iborat sernam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Qishloq xo‘jaligida shakarqamish, kofe, kakao, banan, makkajo‘xori, sholi va boshqa ekinlar yetishtiriladi.
Gviana yassi tog‘ligi Orinoko va Amazonka pastekisliklari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, g‘arbda And tog‘lari etaklaridan sharqda Atlantika okeanigacha 200 km masofaga cho‘zilgan. Uning eng baland nuqtasi Markaziy Gviananing janubiy qismida joylashgan va okean sathidan 3014 m ko‘tarilib turgan La-Neblina tog‘idir. Gviana yassi tog‘ligining poydevori qadimgi Janubiy Amerika platformasining anteklizasi bo‘lib, kembriygacha bo‘lgan kristall jinslardan tarkib topgan. Ayrim joylari mezozoyning kontinent qumtoshlari bilan qoplangan. Yassi tog‘lik tabiiy geografik jihatdan bir-biridan farq qiluvchi uchta qismga bo‘linadi: G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy.
G‘arbiy qismi Gviana yassi tog‘ligining eng past qismi bo‘lib, uncha baland ko‘tarilmagan kristalli platodan tashkil topgan. Uning eng baland joyi uning g‘arbiy qismida joylashgan qoldiqli Pardaos (910 m) tog‘ massivi hisoblanadi. Sharqqa tomon plato zinapoya hosil kilib pasayib boradi. Bu yerning nam ekvatorial iqlim sharoitida rivoj topgan nam ekvatorial o‘rmonlar G‘arbiy yassi tog‘likni qoplab olgan.
Markaziy qismi Gviana yassi tog‘ligining eng ko‘tarilgan qismi. Uning hududida qoldiqli qumtosh qoplamlaridan oralariga kirib qolgan intruziv jinslardan tuzilgan Serra-Pakaraig, Serra-Parima kabi balandligi 2200-2300 m, uzunligi 650 km bo‘lgan tekis tepalikli tizmalar yaxshi saqlangan. Markaziy Gvianada alohida- alohida orollar shaklida ko‘tarilib turgan tog‘ massivlari Rorayma (2810 m), Marauka (2579 m), Serra-Duida (2334 m), Auyan-Tepun (2287 m), Anxel sharsharasi yaqinidagi cho‘qqi (2950 m) va butun Gviana yassi tog‘ligining eng baland nuqtasi bo‘lgan La-Neblina (3014 m) va boshqalar yassi tog‘likning morfologik tuzilishini murakkablashtadi, landshaftlarning vertikad zonalligini vujudga keltiradi.
Markaziy Gviana yassi tog‘ligining baland qumtoshli tog‘ massivlaridan boshlanuvchi daryolarda sharsharalar va ostonalar juda ko‘p, vodiylari chuqur kesilgan. Churun daryosining yuqori oqimida suv 1054 m balandlikdam otilib tushib dunyodagi eng baland Anxel sharsharasini hosil qilgan. Potaro daryosidagi Kayeteur sharsharasida suv 225 m balandlikdan otilib tushadi. Agar bu sharsharalarni Shimoliy Amerikaning mashhur Niagara sharsharasi bilan taqqoslasak, u holda Anxelning 21 marta va Kayeteuri 4,5 marta baland hisoblanadi.
Markaziy Gviana yassi tog‘ligining iqlimi qurg‘oqchil davr 3-4 oy davom etadigan subekvatorial iqlim. Shuning uchun bu yerda aralash, bargini to‘kadigan va doimiy yashil o‘rmonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shamolga teskari qismlarda butazorli savannalar keng tarqalgan. Nam tropik o‘rmonlar daryo vodiylari bo‘ylab yassi tog‘likning ichki hududlarigacha kirib borgan. Nam tropik o‘rmonlar va savannalar balandlikka ko‘tarilgan sari tog‘ tropik o‘rmonlari bilan almashinadi. Tog‘ massivlarining 2000 m dan baland qismida o‘rmonlar tugab, ularning o‘rnini butazorli va baland bo‘yli dasht o‘tlari egallagan. Baland cho‘qqilarda o‘simliklar juda siyrak, toshloq tog‘ chala cho‘l mintaqasi bilan almashinadi. Havo harorati markazda deyarli bir xil bo‘lib, +26°+27°C ni tashkil etadi. Tog‘ massivlariga ko‘tarilgan sari harorat pasayib boradi va 2000 m balandlikda +10°+15°C dan oshmaydi.
Sharqiy Gviana yassi tog‘ligi G‘arbiy qismiga nisbatan baland va Markaziy qismga nisbatan past, uning yuzasidagi qumtosh jinslar kuchli yuvilib ketgan. Yer yuzasiga chiqqan va peneplenlashgan kristall jinslar daryo vodiylari bilan parchalanib, bir xil balandlikdagi kryajlarga bo‘linib ketadi. Eng baland nuqtasi Vilgelmin (1281m) tog‘i hisoblanadi. Bu yertga shimoli-sharqiy passatlar Atlantika okeanidan ko‘p miqdorda (2200-3500 mm) namlik keltiradi. Kuz paytiga kelib Braziliya yassi tog‘ligidan esuvchi quruq shamollar tufayli yog‘in kamayadi, o‘rtacha oylik harorat +26°+28° C.
Gviana yassi tog‘ligi hayvonot dunyosiga juda boy. Uning hududida Neotropik zoogeografik oblastning Braziliya kichik oblastiga mansub bo‘lgan yapaloq burunli maymunlar, yalqovlar, chumolixo‘rlar, qalqondorlar tapirlar, pekarlar, opossumlar, yaguarlar va boshqa xil hayvonlar yashaydi. Rang-barang qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin