Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə80/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Orinoko pastekisligi. Orinoko paettekisligi (Lyanos Orinoko) materikning shimoli-sharqida, Orinoko daryosining chap sohilida, Shimoliy And tog‘lari, Gviana yassi tog‘ligi va Guavyare daryosi oralig‘ida joylashgan. Lyanos Orinoko And tog‘lari bilan Gviana yassi tog‘ligi oralig‘idagi tektonik bukilmada hosil bo‘lgan. U janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa tomon 1000 km masofaga cho‘zilgan, keng joylari 300-400 km ni tashkil etadi. Lyanos Orinokoning katta qismi Venesuelaga va janubi-g‘arbiy kichikroq qismi Kolumbiyaga qaraydi.
Lyanos Orinokoning past kengliklarda joylashganligi haroratning yil davomida yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham harorat yil davomida
+25°+28° C atrofida bo‘ladi. Ammo bu yerda yillik harorat deyarli bir xil bo‘lishiga qaramasdan yog‘inlarining yil davomidagi taqsimotda keskin seziladigan fasliy farqlar mavjud. Bunday farqlar quruqlik va namlik davrlari bilan aniq ifodalangan. Har ikkala davrning muddati va davomiyligi geogafik kenglik bo‘ylab o‘zgarib boradi. Qurg‘oqchilik vaqtida Orinoko savannalarida organik hayot sukunatda bo‘lib, yomg‘irli davrning boshlanishi bilan mavsumiy sokinlik keskin jonlanadi. Bunday mavsumiy holatlarninng davriy o‘zgarib turishi savanna landshaftlarining taraqqiyotiga va ularning fasliy dinamikasiga kuchli ta’sir etadi. Bu Orinoko pastekisligi uchun xarakterli xususiyat hisoblanadi.
Lyanos Orinokoda yomg‘irli davr o‘rtacha apreldan oktabr oyigacha, quruq davr noyabrdan mart oyigacha davom etadi. Shimolda janubiy hududlarga nisbatan qurg‘oqchil davr erta boshlanib kech tugaydi, yomg‘ir fasli atigi uch oy davom etadi. Qurg‘oqchil davrning uzoq davom etishi shimoli-sharqiy passat shamollarining shimoliy hududlarga erta kirib kelishi va ularni kech tark etishi bilan bog‘liq. Janubga tomon yog‘inning ekvatorial rejimga o‘tishi munosabati bilan yomg‘ir davri bir muncha uzoqroq cho‘ziladi. Bunga sabab aksincha, janubdan nam ekvatorial havo massalari kirib kelib, ularning hukmronlik vaqti uzoq cho‘ziladi. Natijada shimolda yog‘in miqdori 750-800 mm. ni, janubda 1000 mm. ni, Meta daryosining o‘rta oqimida va undan janubda 1800 mm. ni tashkil etadi. Yog‘inlar asosan yoz oylarida tushadi, qishda deyarli yomg‘ir yog‘maydi. Yillik yog‘in miqdorining 3 % qishning uch oyiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham yog‘inning fasliy xususiyatlarini hisobga olib Venesuela va Kolumbiyaning mahalliy aholisi yomg‘irli yoz davrini qish, qurg‘oqchil qish davrini esa yoz deb atashadi.
Lyanos Orinoko yer yuzasining morfologik tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Janubdagi balandligi okean sathidan 100-150 m dan oshmaydigan pastqam yerlar Past Lyanos va shimoldagi balandligi 300-350 m atrofida bo‘lgan, daryo vodiylari bilan kesilgan platosimon yerlar Baland Lyanos deb ataladi. Past va Baland Lyanoslar har qaysisi o‘ziga xos, tabiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Baland Lyanosda qurg‘oqchil davr uzoq davom etadi, yog‘in nisbatan kam bo‘ladi, o‘simlik qoplamida kserofit siyrak o‘rmonlar va butazorli savannalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Past Lyanosda yomg‘ir fasli uzoq davom etadi, yog‘in ko‘p bo‘ladi, qalin va baland o‘tli tipik savannalar hukmronlik qiladi. Yomg‘ir faslida daryolar to‘lib oqadi. Past Lyanosning pastqam joylari suv tagida qolib bir necha o‘nlab kilometrga cho‘zilgan suv havzasini hosil qiladi. Suv kamaygandan keyin ularning o‘rnida botqoqliklar vujudga keladi.
Orinoko pastekisligi tabiiy geografik o‘lkasi uchun palmaning ikki quruq joylarda o‘sadigan kopernisiya turi va nam botqoq hamda suv bosadigan joylarda o‘sadigan maurisiya turi xarakterli. Janubga borgan sari daraxt o‘simliklarning maydoni kengaya boradi. Janubda palmalardan tarkib toptan o‘rmonlar polosasi daryo vodiylari bo‘ylab uzoq masofalarga cho‘zilgan.
Yilning qurg‘oqchil davriga kelib daryolarning rejimi keskin o‘zgarib, suv sarfi minimal darajaga kamayadi, suv havzalari sayozlashib, ayrim joylari to‘liq parlanib ketadi. Qurg‘oqchil davrda suv havzalarining qurib qolishiga shimoli- sharqdan esadigan quruq passat shamollarining kuchli ta’sir etishidir. Bu davrda daraxtlar bargini to‘kadi, savannada o‘sadigan o‘tlar qovjirab qoladi. Faqat daryo vodiylaridagina o‘t va daraxt o‘simliklari o‘zining yashil holatini saqlab qoladi. O‘simliklar ichida qurg‘oqchil sharoitga moslashgan kaktuslarda va sukkulent daraxtlar keskin biologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
Orinoko pastekisligining tabiati va tabiiy resurslari kam o‘zlashtirilganligi sababli hayvonot dunyosi yaxshi saqlanganligi va xilma-xilligi bilan farq qiladi. Bu o‘lkada yirtqich hayvonlardan puma va yaguar keng tarqalgan. Ular o‘txo‘r hayvonlar bilan oziqlanib ayrim paytlarda uy hayvonlariga ham hujum qilib turadi. Daryo vodiylaridagi o‘rmonlarda, botqoqli yerlarda tapirlar yashaydi. Ochiq
savannalarda chumolixo‘rlar va qalqondorlar uchraydi. Orinoko havzasida boshqa hayvonlarga xavf tug‘diradigan va o‘zidan elektr toki chiqaradigan ugra balig‘i yashaydi.
Lyanos Orinoko hududida aholi siyrak joylashganligi va tog‘-kon sanoati kam rivojlanganligi sababli landshaft majmualarining deyarli barcha turlari o‘zining asl qiyofasini yaxshi saqlagan. Insonning xo‘jalik faoliyati tufayli o‘zlashtirilgan yerlar juda kam. Tog‘ va yassi tog‘lik etaklaridagi sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda makkajo‘xori, sholi, paxta va maniok yetishtiriladi. Banan plantasiyalari ham barpo etilgan. Ayrim hududlarda yaylov chorvachiligi, ayniqsa ekstensiv qoramolchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin