Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə82/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Amazonka pastekisligi. Amazonka pastekisligi yoki Amazoniya maydoni jihatdan faqat Janubiy Amerikada emas, balki barcha, materiklardagi tabiiy geografik o‘lkalar orasida eng yirik ekvatorial pastekislik hisoblanadi. U shimolda Gviana, janubda Braziliya yassi tog‘liklari bilan chegaralanib, g‘arbda And tog‘lari etagidan boshlanadi va sharqda Atlantika okeanigacha davom etadi. Maydoni 5 mln. km2 dan ortiq. Amazoniya Janubiy Amerika platformasining sinkliza (botiq) qismini paleogen, neogen va antropogen davrlarining dengiz, ko‘l va daryo yotqiziqlari bilan to‘lishi natijasida paydo bo‘lgan.
Amazoniya tabiatining asosiy xususiyatlaridan biri relyefining nihoyat darajada tekisligi bo‘lsa, ikkinchisi uning ekvatorial kengliklarda joylashganligidir. Bu ikki omil o‘lkaning landshaft tuzilishi, iqlim, tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi xususiyatlarini belgilaydi.
Amazoniya son-sanoqsiz tabiiy resurslar mujassamlashgan o‘lka. Shulardan biri ozuqa mahsulotlari, qurilish materiallari, dorivor xom ashyolar zahirasiga boy bo‘lgan qalin va ko‘p yarusli o‘rmonlardir. Yer bag‘ri xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Ammo boshqa hududlarga qaraganda o‘lkaning tabiiy boyliklari kam o’rganilgan va ulardan minimal darajada foydalanilmoqda. Shu boisdan ham Amazoniyaning tabiiy landshaftlari o‘zining dastlabki asl qiyofasini yaxshi saqlagan. Amazonka pastekisligining tashqi qiyofasi, tabiatining umumiy xususiyatlari birinchi qarashda bir xil tuyulsada, uning landshaft majmualarida va tabiat komponentlarida ma’lum darajada ichki farqlar seziladi. Bu farqlar Amazoniyaning g‘arbiy qismi bilan sharqiy qismi o‘rtasida mavjud bo‘lib, ular landshaft turlarida, yer usti tuzilishida, iqlim xususiyatlarida, o‘simlik qoplamida namoyon bo‘ladi. Shu farqlarga asosan pastekislik G‘arbiy va Sharqiy Amazoniyaga bo‘linadi.
G‘arbiy Amazoniya pastekislikning eng kengaygan qismi bo‘lib, eni 1600 km gacha yetadi. Yer yuzasi antropogen davr yotqiziqlaridan tarkib topgan bir xil ko‘rinishdagi tekislik. Uning balandligi And tog‘lari etagida okean sathidan 100 m dan oshmaydi, Manaus shahri yaqinida 20 m ni tashkil etadi. Bu yerda daryolar juda sekin oqadi, vodiylar chuqur kesilmagan, qayirlar juda keng, meandralar va qoldiqli daryo uzanlari yaxshi rivojlangan. Iqlimi ekvatorial doimiy nam va issiq iqlim. Yillik yog‘in miqdori 3000-3500 mm. ni tashkil etadi. Tuproq qoplami asosan podzollashgan qizil laterit tuproqlardan iborat. Daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar vujudga kelgan. Suv bosadigan joylarda botqoq tuproqlar uchraydi.
G‘arbiy Amazoniyaning Japura, Putumayo, Napo, Isa, Maranon, Ukayali va boshqa kichik daryolari And tog‘laridan boshlanadi. Bu daryolar serob yomg‘ir suvlaridan tashqari And tog‘larining qor va muzliklaridan ham to‘yinadi. Daryo vodiylari ahyon-ahyonda suv bosadigan baland qayir (varzea) va yil davomida bir
necha oylab suv tagida qoladigan past qayir (igapo) o‘rmon landshaftlaridan tarkib topgan.
G‘arbiy Amazoniya qalin doimiy yashil nam ekvatorial o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda yo‘g‘onligi 15 m keladigan baland bo‘yli seyba, paxta daraxti, qimmatli yog‘och beradigan sedrela daraxti, xilma-xil palmalar, Braziliya nomining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pau brazil daraxti (qizil daraxt), kakao daraxti, kauchuk beradigan geveya daraxtlari o‘sadi. Bular varzea o‘rmon landshaftlarining tipik vakillaridir. Igapo o‘rmonlari varzeaga nisbatan daraxt turlariga kambag‘al. Uning eng xarakterli o‘simligi imbauba-sekropiya keng tarqalgan. Suv bosmaydigan daryo oraliqlarida sutli daraxt, qizil rangli mogno daraxti, kauchuk daraxti, Braziliya yong‘og‘i ko‘p o‘sadi.
G‘arbiy Amazoniyada daraxtda yashashga moslashgan hayvonlar yal’poq burunli maymunlar, kinkaju ayig‘i, daraxt jayrasi, yalqovlar, mayda chumolixo‘rlar, daraxt baqalari juda ko‘p. Yerda yashaydigan hayvonlardan tapirlar, katta chumolixo‘rlar, ulkan qalqondorlar, yovvoyi cho‘chqalar – pekarlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Daryolarda kaymanlar, timsohlar hamda baliqlar yashaydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin