81
chi ona tili mashg‘ulotlarida ma’lum
bir yangilik kashf yetmaydi,
balki berilgan ma’lumot mazmunini ijodiy yo‘l bilan o‘rganadi. Bu
metod o‘quvchidan oldin o‘rganilganlarni tamoman yangi sharoitda
qo‘llashni talab etadi. Ona tili mashg‘ulotlarida yoziladigan insholar,
o‘qilgan badiiy asarga taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar
tayyorlash o‘quvchidan hech qanday andaza yoki tashqi yordam
olmasdan bajariladigan asosiy ishlardir.
Shunday qilib, ona tili darslarida izlanishga
asoslangan metodlar-
dan foydalanish, birinchidan, o‘quvchilarning til hodisalariga qiziqi-
shini kuchaytiradi, ikkinchidan, til hodisalarini
mustaqil tahlil qilishga
o‘rgatish orqali ularda ijodiylik rivojlanib boradi.
Professor B. To‘xliyev ta’lim metodlarini quyidagicha tasnif
qiladi:
1. Tayyor bilimlar bilan qurollantirish metodi:
– darslik va o‘quv qo‘llanmalarga asoslanish;
– ko‘rgazmali didaktik vositalarga asoslanish (audio-video kasse-
talar, muayyan mavzudagi magnitofon yozuvlari, ona tilidan slayd-
jadvallar, o‘quv
kompyuter disketlari, dars mavzularini yoritish uchun
mo‘ljallangan o‘quv rasmlari, portret, peyzaj (rang-tasvir), tayyor
badiiy-ramziy, ma’rifiy matnlar).
2. Yo‘naltiruvchi ta’lim metodi. O‘quvchi faoliyatini bosqichli,
sistemali yo‘naltiruvchi (yozma va og‘zaki) topshiriqlar asosida
jadallashtirish.
3. Muammoli ta’lim metodi.
4. Ongli - verbal - kognitiv ta’lim metodi.
Yuqoridagi ta’lim metodlariga asoslangan holda o‘quvchi
faoliyatini quyidagicha tasniflaydi:
1. Ongli kuzatish va xotirada saqlash metodi.
2. Yo‘naltiruvchi topshiriqlar yordamida
izlanish va xulosalar
chiqarish, bahs va munozara metodi.
3. Muammoni yyechishga qaratilgan, maqsadli ijodiy faoliyat
metodi.
4. Mustaqil va ijodiy izlanish orqali kashf qilish (matn yaratish)
metodi.
82
Bu metodlar yordamida o‘quvchilar o‘zi egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi, amaliy-ijodiy tatbiq bilan
shug‘ullanadi.
Dostları ilə paylaş: