79
Shunday qilib, masala tipidagi o‘quv topshiriqlari
muammoli
vaziyat yaratishning muhim usulidir. Chunki masala o‘quvchini
harakatga
keltiradi, uni izlanishga undaydi, qiziqtiradi.
Muammoli vaziyat yaratishda o‘rganiladigan til hodisalarining
murakkablik darajasi ham hisobga olinadi. Chunki o‘qituvchi til
hodisalarining murakkablik darajasidan kelib chiqib, muammoli
vaziyat yaratishning usulini tanlaydi. Oldindan o‘quvchilarga ma’lum
darajada tanish bo‘lgan til hodisalarini o‘rgatishda ko‘proq kuzatish,
taqqoslash kabi usullardan foydalanilsa, o‘quvchilarga tamoman
notanish bo‘lgan mavzularni o‘rgatishda muammoli savol qo‘yib,
darslikdan javob izlash usulidan foydalaniladi.
Muammoli vaziyat yaratishda sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish
darajasi, til hodisalarini tushunishi va
aqliy faoliyat usullaridan
foydalanishi kabilar ham hisobga olinadi. Agar sinf o‘quvchilarining
o‘zlashtirish darajasi past bo‘lsa, engilroq ijodiy-amaliy topshi-
riqlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Muammoning mohiyatini anglash muammoli ta’limning birinchi
bosqichidir.
К
eyingi bosqichlar: muammoni yechish,
natijani
hisobga olish kabilar birinchi bosqichning to‘g‘ri uyushtirilganligiga
bog‘liq. Ayniqsa, birinchi bosqichda o‘zlashtirishi bo‘sh o‘quvchilarni
muammoli vaziyatga olib kirish o‘qituvchiga ancha murakkablik
tug‘diradi. Buning uchun o‘qituvchi tabaqalashtirilgan ta’lim
imkoniyatlaridan unumli foydalanishi lozim.
Shunday qilib, qo‘yilgan muammoni to‘g‘ri yechishni ta’minlash
uchun:
a)
muammoning maqsad va mohiyatini o‘quvchilarga to‘g‘ri
anglatish;
b) o‘rganilgan mavzular yuzasidan puxta va izchil bilimlarning
mavjudligiga
erishish;
v) har bir o‘quvchida mustaqil ravishda ijodiy ishlash malakalarini
tarkib toptirish;
g) o‘quvchilarni maqsadga yo‘naltira bilish;
d) muammoni yechishning eng samarali va qulay yo‘lini belgilash
juda katta ahamiyatga ega.
80
Ona tili darslarida o‘quvchilarning
mustaqil bilim olishini
quyidagi metodlarga ajratish mumkin:
1) qayta xotiralashga asoslangan metodlar;
2) qisman izlanuvchanlik metodlari;
2) izlanishga asoslangan metodlar.
Bu metodlarning har biri ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni
faollashtirishga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: