Ona tili va bolalar adabiyoti


-ilova.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlanadi va baholanadi



Yüklə 5,67 Mb.
səhifə36/45
tarix27.06.2018
ölçüsü5,67 Mb.
#55019
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45

3-ilova.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlanadi va baholanadi.

Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to’g’riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o’rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.



Namuna: Siz ham uzoq yashaysiz, yuzga kirasiz. (SHuhrat. “SHinelli yillar”) Yuzga(metonimiya) kirasiz(metafora) so’zlarida ma’no ko’chishining metonimiya va metofara usullari mavjud.

4-ilova.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash




Blits savollari

Talaba javobi

To’g’ri javob

Savollarga javoblar

1

So’zning gapdan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi qanday ma’no hisoblanadi?







Gazeta, ravish

2

Faqat bir ma’noli so’zlar berilgan qatorni aniqlang.







Ma’no torayishi

3

Ko’p ma’noli so’zlar berilgan qatorni toping.







Bir ma’nolilik

4

Atoqli ot turdosh otga ko’chsa qanday ma’no o’zgarishi hosil bo’ladi?







Ma’no kengayishi

5


Turdosh ot atoqli otga ko’chsa qanday ma’no o’zgarishi sodir bo’ladi?







Metafora

6

Butunni ifodalash orqali qism, qismni ifodalash asosida butunni anglash asosida ma’no ko’chishi nima deb yuritiladi?







Metonimiya

7

Predmet, belgi,harakatning o’xshashligiga asoslangan ma’no ko’chishi turi nima deb yuritiladi?







Ko’z, bosh, quloq

8

Men 11da keldim gapida ma’no ko’chishining qaysi turi qo’llangan?







Kinoya

9

Uyda har kuni “dushman” tomondan bir vakil bo’ladi. Gapida ma’no ko’chishining qaysi shakli qo’llangan?







Sinekdoxa

10

Monosemiya hodisasi qanday ma’noni anglatadi?







So’zning asl o’z ma’nosi

Talabalar savollarga javoblarni belgilaganlaridan so’ng javoblar mavjud ikkinchi shakl namoyish etiladi va talabalar o’z xato va kamchiliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Blits savollari ifodalangan varaqlar talabalarga tarqatilishi yaxshi samara beradi.



Tekshirish uchun namuna




Blits savollari

Talaba javobi

To’g’ri javob

Savollarga javoblar

1

Sozning gapdan tashqarida ifodalaydigan manosi qanday mano hisoblanadi?




2

Gazeta, ravish

2

Faqat bir ma’noli so’zlar berilgan qatorni aniqlang.




4

Ma’no torayishi

3

Ko’p ma’noli so’zlar berilgan qatorni toping.




10

Bir ma’nolilik

4

Atoqli ot turdosh otga ko’chsa qanday ma’no o’zgarishi hosil bo’ladi?




5

Ma’no kengayishi

5


Turdosh ot atoqli otga ko’chsa qanday ma’no o’zgarishi sodir bo’ladi?




7

Metafora

6

Butunni ifodalash orqali qism, qismni ifodalash asosida butunni anglash asosida ma’no ko’chishi nima deb yuritiladi?




8

Metonimiya

7

Predmet, belgi, harakatning o’xshashligiga asoslangan ma’no ko’chishi turi nima deb yuritiladi?




3

Ko’z, bosh, quloq

8

Men 11da keldim gapida ma’no ko’chishining qaysi turi qo’llangan?




9

Kinoya

9

Uyda har kuni “dushman” tomondan bir vakil bo’ladi. Gapida ma’no ko’chishining qaysi shakli qo’llangan?




6

Sinekdoxa

10

Monosemiya hodisasi qanday ma’noni anglatadi?




1

So’zning asl o’z ma’nosi

5. Mustaqil ish. Talabalar o’tirgan joylariga qarab 6 qatorga bo’liniadilar va har bir qatorga alohida quyidagi tartibda o’tilayotgan mavzu asosida mustaqil ishi topshiriladi:(Bajarilgan ishning sifati gapning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda talabaning o’z misolini to’g’ri va tushunarli ifodalay olishi bilan belgilanadi.)

1-qator-Ko’p ma’noli so’zlar asosida ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

2-qator- Bir ma’noli g’o’zlar asosida ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

3-qator-Metafora asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

4-qator-Metanimiya asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

5-qator-Sinekdoxa usuli asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

6-qator-Kinoya usuli asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

6.Test tekshiruvi. Bunda har bir talabaga alohida variant asosidagi test beriladi va uning mustaqil tarzda bajarilishi nazorat qilinadi. (Test kalitlari yig’ishtirib olinib natijalari keyingi mashg’ulotgacha e’lon qilinadi.)

Namuna


1. Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z? Oshni suzdi, suvda suzdi, sigir suzdi.

A) omonim B) paronim C) sinonim D) ko‘p ma’noli so‘z

2. Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?

A) Ko‘p ma’noli so‘z faqat bir ma’nosi bilan boshqa bir so‘zga antonim bo‘lishi mumkin B) bir ma’noli so‘zlargina antonim bo‘lishi mumkin C) har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘z hisoblanmaydi D) ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrimayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin

3. Qurilishda men boshliqman, Bo‘riyev. Mablag‘ ham, odamlar ham, jumladan, siz ham mening ixtiyorimdasiz. Ushbu gapdagi ixtiyor so‘zi o‘rnida quyidagi so‘zlarning qaysi birini sinonim sifatida qo‘llash mumkin?

A) mayl B) izn C) izm D) mayl, izn

4. Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo‘lmaydi?

A) ikki so‘z orasida B) ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida C) ikki qo‘shimcha orasida D) sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin

5. Qaysi qatorda berilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar o‘zaro omo¬nim hisoblanadi?

A) kiyinmoq-ekinlar B) o‘qildi-yozildi C) gulzorlarda-paxtazorga D) uchrashmoq-o‘rganish

6. Qaysi qatordagi juftliklar o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi?

A) adil-odil B) adolatli-odil C) adil-tik D) odil-adl

7. O‘chib borayotir qanchalar kalom,

Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom,

Dunyoda faqat bir sobit suxan bor:

U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom (A.O.) Banddagi sobit so‘zining sinonimi...

A) yoqimli B) ishonchli C) qat’iy D) doimiy

8. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos?

A) ko‘p ma’noli so‘zlar uchun xos B) omonimlarga xos C) paronimlarga xos D) A va B

9. Qaysi so‘zlar o‘zaro paronim emas?

A) yuvindi – yuvundi B) yoriq – yorug‘ C) charlamoq – chorlamoq D) archish – artish

10. Quyidagi hodisalarning qaysilari mustaqil so‘z turkumlarining barchasi uchun xos? 1) ko‘p ma’nolilik;

2) sinonimiya; 3) omonimiya; 4) antonimiya.

A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4


7.Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti

2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.

3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.

4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.

5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti

6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil.

Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich. Oquv mashgulotiga kirish (Davat bosqichi)

(5 minut)

1.Tashkiliy qism.



1.Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi;




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(70 minut)

1.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash.
2.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

3.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.


4.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash.

5.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.

6. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.


1)talabalar «So’zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari. Omonimlar va ularning turlari» mavzusi yuzasidan 1-ilovada berilgan savollarga javob beradilar, munozarada ishtirok etadilar;

2)talabalar «So’zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari. Omonimlar va ularning turlari » mavzusi yuzasidan 2-ilovada berilgan mashqlarni bajaradilar, bir-birlarining javoblarini to’ldiradilar;

3)talabalar «So’zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari. Omonimlar va ularning turlari » mavzusi yuzasidan 3-ilovada berilgan namuna asosida o’z mustaqil ishlarini himoya qiladilar, munosarada ishtirok etadilar;

4)talabalar «So’zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari. Omonimlar va ularning turlari » mavzusi yuzasidan 4-ilovada berilgan blits savollariga javob beradilar;

5)talabalar «So’zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari. Omonimlar va ularning turlari» avzusi yuzasidan 5-ilovada berilgan mustaqil ishni amalga oshiradilar;

6)talabalar «So’zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari. Omonimlar va ularning turlari» mavzusi yuzasidan 6-ilovada berilgan test savollariga javob beradilar




3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)

(5 minut)

8.Mashg’ulotni yakunlash.

Mashg’ulot 7-ilovaga asosan yakunlanadi..


Darsning borishi

Tashkiliy qism: Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi. Mashg’ulot mazmuni, maqsadi va o’tkazilish tartibi tushuntiriladi.
Asosiy anglash bosqichi.

1-ilova .Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib baholanadi:

1. So’zning leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosining farqini tushuntirib bering.

2. So’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari deganda nimani tushunasiz?

3. Omonim so’zlar deganda qanday so’zlarni tushunasiz?

4. Ko’p ma’noli so’zlar bilan omonim so’zlarning farqini tushuntirib bering.

5. Omonimlik xususiyati necha so’z turkumi doirasida amalga oshishi mumkin?

6. Omonimlarning turlarini misollar asosida tushuntirib bering.

7. Leksik birliklar deganda nimani tushunasiz?

8. So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlarini sanab bering.

Savol-javob jarayonida mavzu materiallarining izchilligi va uzviyligiga amal qilinadi, talabaning javobini ikkinchi bir talaba tomonidan to’ldirilishi uchun imkoniyat yaratib beriladi. Talabalar faolligini ta’minlash maqsadida har bir talabaning javobi o’z vaqtida belgilangan ballar asosida baholanib boriladi.



2-ilova.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash

74-mashq. Ko’chiring. Ajratib ko’rsatilgan omonim so’zlarning ma’nolarini izohlang.

1. Ayshingizni surib yura berasiz. Paxta har yili yuz! Pilla yuz. (A. Q.) 2. Mayin kulimsar yuzi, Tajangliklardan yiroq. (Mirm.) 3. Dunyoda bor ekan har narsaga chek. Bema’ni umringga bir oz qayg’u chek. (G’. G’.) 4. Tegirmonchi Roziq degan chol, CHolning yuzi, ko’zi doim un. (Mirm.) 5. Dodlay desam chiqmas unim, Nima qildim, nima qildim?! (M.Boboev) 7. ... bir masalaning hali uchun qoshingizga kelgan edim. (O.) 8. Bu atrofda hali ko’p izg’iydi u. (O.) 9. Yana bir kasb etgan baxtim sizsiz, azizim. 10. Mayli, lekin biron majlis sizsiz o’tsa nima bo’pti? (O.)



75-mashq. O’qing, omonim so’zlarni aniqlab, ma’nosini izohlang.

1. Bir vaqt Bog’dod xalifasi saroyining yetukli dabiri bilan uchrashganim bor. (K. Moiseeva.) 2. Dono mudarrisimizning o’zi ham... hali biron bor kirishga muyassar bo’lolmagan-ku! (K. Moiseeva.) 3. Men do’zaxning qoq o’rtasida bo’ldim, undagi hayotning «lazzatlarini» totib ko’rdim. (K. Moiseeva.) 4. Ayabroq o’t sochishdi, shekilli, har qalay, bir qo’limdan ajrasam-da, tirik qoldim. (N. T.) 5. Qovjiragan tutam o’t Bo’lgan unga paloslar. (Q. H.) 6. Mo’rilardan tutun burqadi, Gur-gur yonar qoq g’o’zapoya. (Mirm.) 7. Yuragingda bo’lsa o’t, Bizga qiyo boqib o’t. Agar ko’ngling bo’lmasa, Mayli bag’rim yoqib o’t. (H. Nu’mon, A. SHorahmedov.) 8. Yig’ilgan pullarni yaktagining qiyiq cho’ntagiga solib, xayrlashib jo’nadi. (H. Nu’mon, A. SHorahmedov.) 9. Xo’b yarashgan qop-qora miyiq, Belidadir shohidan qiyiq. (O.) 10. Uni eshitishdan ko’ra quloqlarim tom bitgani yaxshi. (K. Moiseeva.) 11. CHakka o’tar — eski tom. Bosaman deb qo’rqitar. (Mirm.) 12. Stolida turar qalin tomlar... (Mirm.)
76-mashq. O’qing. Omonimlarni topib, turini (omoshakl, omofon, omograf) ayting.

1. Semurg’ dedi: «Ey botir, Kel endi o’rningdan tur!» (H. O.) 2. Jyuri sizlarga o’zining quyidagi birinchi tur savollarini yuboradi. (B. Ergashev.) 3. Binafshalar, rango-rang gullar, SHisha kabi zangori ko’llar, ...Hammasi bor, hammasi ma’mur. (H. O.) 4. Bahor chog’i butun tabiat gullar, G’uncha kabi ochiladi ko’ngillar. (H. O.) 5. Maktab binosi yoniga yetganda, qizi La’liga duch keldi. — Idoraga uch, senga ham pul katta. (SH. Toshmatov.) 6. Hosil olamiz der ekanmiz, har kuni uch mahal ovqat kilishni kanda qilmaganimizdek, ekinlarni ham bir kun emas, bir soat ham kechiktirmasdan sug’orib turishimiz kerak. (CH. Ayt.) 7. Abdulhay, o’zing ham to’rga o’t, bolam. Bemalol yonboshlayveringlar, o’z uylaring. (E. Nosir.) 8. Mamatali to’rga tushgan bedanadek ko’p urinib ko’rdi. (I. Sodiqov.) 9. Mehmonlarga ko’p yoqar, Qanday soz bu el raqsi. (Mirm.) 10. Uni bayon qilishda Soz ham yig’laydi yomon... (Mirm.) 11. Minora baland, zinapoyalari tik, o’y-xayollar esa zildek og’ir edi. (S.B.) 12. Feruza yo’l-yo’l tik ko’rpachada ma’yus o’tirarkan, onasiga yumshoqqina jilmaydi. (H. G’.) 13. Gapga yana gap ular, o’zaro suhbat gullar. (Q. H.) 14. So’ng zolim xonga ular Tanitdilar Darxonni. (H. O.) 15. — Umridan shuncha uzoq bo’lgandan keyin... umri uzoq bo’ladi-da, — deb so’z o’yini qildi. (A. Q.)



77-mashq. Gaplarni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning omonimlarini toping.

1. Xon shu kechasiyoq kampirga chopar yubordi. (S.Ahm.) 2. Dildor yugurib borib Davlatbaxtning xonasidan g’ijjak, tanbur, daf keltirdi. (O.) 3. Belni aldab-aldab ishga solmasak bo’lmas. (S. Ahm.) 4. Men ikkinchi rang harbiy vrachman. (A. CHakovskiy.) 5. U turtinib, plashchining bari butalarga ilinib, ...hansirardi. (CH. Ayt.) 6. Sog’inib kutdim, yoshim marjon bo’lib. (H. G’.) 7. Ba’zan uning organ chalayotganini eshitar edim. (J. Vern.) 8. ...Unga musiqiydan dars berish uchun jaziramada, qoq to’p paytida piyoda borib-kelib tursa — bu qanaqa muhabbat bo’ldi. (R. Zahir.)
78-mashq. Quyidagi omomnim so’zlarning ma’nolarini izohlang, ular ishtirokida gaplar tuzing.

Kurak, kunda, ko’za, may, mansab, nor, ol, ort, och, osha, oshiq, palak, par, sep, son, son, sur, taqa, rom, ter, tovon, tirish, tok, tuz, to’p, chang, chop, qazi, qiy, qil, qirq, qor, quv, qo’y, qo’sh.

Izohlaringizni “O’zbek tilida omonimlarning izohli lug’ati” bilan solishtirib ko’ring.
79-mashq. SHakli bir xil, vazifasi har xil affikslarni aniqlang, ularning turini ayting.

I. 1. Bu gullarning umri qisqa, olingiz, Iqbolingiz ming yil etsin davomlar. (H. G’.) 2. Bola ochib bemalol Bog’larida o’sdimiz. Ular bizga jonkuyar, Saxovatli do’stimiz. (Q. H.) 3. Mehmonxonada, o’z xonamizdamiz. (E. Xeminguey.)

II. O’zbekcha—qizcha; hayqir—uchqur, suvsa— borsa, boray — kuchay; yig’iq — tortiq; bosma—bosma; tugma – tugma; tortinchoq — qo’zichoq, suvsiz—studentsiz; baliqchi — baliqchi, o’qidim—o’qituvchim, chiqindi — yuvindi, supurgi — yozgi.



80-mashq.Tovush tizimi jihatdan bir xil shakllangan so’zlarni topib, ma’nolarini izohlang.

1. Tushma qallob to’riga, O’tqizsa ham to’riga. Odam qovun emasdir, Qarab bilsang to’riga. (Habibiy) 2. Ba’zilar bor go’yo ho’l o’tin, Tutab yonar, ko’rmaysan o’tin. Yangilikka qayishmas sira, Xoh buyur-u, xoh o’tin. (M.Mudarrisov) 3. Qoshlarni terdirib kuya tortibsiz, Bekuya do’stlardan o’zni tortibsiz. Ko’rganini qilgandek qush uyasida, Ayangizga siz ham aynan tortibsiz. (Yamin Qurbon)

Bu so’zlar so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turlariga kiradi?
4.Mutaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to’g’riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o’rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.

Namuna: . — Umridan shuncha uzoq bo’lgandan keyin... umri uzoq bo’ladi-da, — deb so’z o’yini qildi. (A. Q.) Umri-qiz bolaning ismi, umri- hayoti ma’nolarida, leksik omonimlar, ot turkumi doirasida yuzaga kelgan.


3-ilova.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlanadi va baholanadi.

Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to’g’riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o’rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.

Namuna: Namuna: . — Umridan shuncha uzoq bo’lgandan keyin... umri uzoq bo’ladi-da, — deb so’z o’yini qildi. (A. Q.) Umri-qiz bolaning ismi, umri- hayoti ma’nolarida, leksik omonimlar, ot turkumi doirasida yuzaga kelgan.

4-ilova.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash





Blits savollari

Talaba javobi

To’g’ri javob

Savollarga javoblar

1

SHakli bir xil manolari turlicha sozlarga……deyiladi.







Sinonim, antonim, paronim, uyadosh so’zlar

2

Qaysi qatorda omonim so’zlar mavjud.







Ko’p ma’noli so’z

3

So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari berilgan qatorni belgilang.







Bo’ladi

4

Leksik birliklar berilgan qatorni toping.







Qoshiq, sanchqi,kosa

5


Frazeologik omonimlar berilgan qatorni toping







Omonim so’zlar

6

Buloqning ko’zi, ignaning ko’zi birikmalaridagi ko’zi o’zaro qanday so’z?







Bir turkum doirasida

7

Omonim so’zlar ikki va undan ortiq turkum doirasida sodir bo’ladimi?







SHe’r-sher, asr-asir

8

Sinonim so’zlaro’zaro necha xil turkum doirasida mavjud bo’ladi







Boshga ko’tarmoq, ko’z yummoq

9

Uyadosh so’zlar qatorini toping







So’z, ibora, tasviriy ifoda...

10

Paronim so’zlar qatorini toping







Un, tut, qo’y

Talabalar savollarga javoblarni belgilaganlaridan so’ng javoblar mavjud ikkinchi shakl namoyish etiladi va talabalar o’z xato va kamchiliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Blits savollari ifodalangan varaqlar talabalarga tarqatilishi yaxshi samara beradi.



Tekshirish uchun namuna


1

SHakli bir xil manolari turlicha sozlarga……deyiladi.




3

Sinonim, antonim, paronim, uyadosh so’zlar

2

Qaysi qatorda omonim so’zlar mavjud.




6

Ko’p ma’noli so’z

3

So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari berilgan qatorni belgilang.




7

Bo’ladi

4

Leksik birliklar berilgan qatorni toping.




9

Qoshiq, sanchqi,kosa

5


Frazeologik omonimlar berilgan qatorni toping




1

Omonim so’zlar

6

Buloqning ko’zi, ignaning ko’zi birikmalaridagi ko’zi o’zaro qanday so’z?




8

Bir turkum doirasida

7

Omonim so’zlar ikki va undan ortiq turkum doirasida sodir bo’ladimi?




10

SHe’r-sher, asr-asir

8

Sinonim so’zlaro’zaro necha xil turkum doirasida mavjud bo’ladi




5

Boshga ko’tarmoq, ko’z yummoq

9

Uyadosh so’zlar qatorini toping




4

So’z, ibora, tasviriy ifoda...

10

Paronim so’zlar qatorini toping




2

Un, tut, qo’y


Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin