Ona tili va bolalar adabiyoti


-ilova.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlanadi va baholanadi



Yüklə 5,67 Mb.
səhifə39/45
tarix27.06.2018
ölçüsü5,67 Mb.
#55019
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45

3-ilova.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlanadi va baholanadi;

Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to’g’riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o’rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.



Namuna: . Mullajiring bo’lmasa, har qanaqa mavsum ham befayzu belutf ko’rinadi. (R. Zahir.) Mullajiring-nofaol qatlamga oid jargan so’z, pul ma’nosida qo’llangan

4-ilova.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash: (Talabalar blits savollariga tegishli tartibda o’z javoblarini belgilaydilar)


1

CHetdan kirib kelgan so’llarga ……deyiladi.







Etti,etdi

2

O’xshash shevalar yig’indisi







Qarluq, qipchoq, o’g’iz

3

Kitob, maktab so’zlari qaysi tildan o’zlashtirilgan?







Lahja(dialekt)

4

Non, suv, pul so’zlari qaysi qatlamga mansub so’zlar hisoblanadi?







Faol qatlamga

5


Eskirgan so’zlar qatorini belgilang.







Syazlarning lug’aviy ma’nolari

6

O’zbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.







Kiyim turi

7

Leksikologiyada nima o’rganiladi?







SHeva

8

Ma’lum bir hududda qo’llaniladigan til shakliga ....deyiladi.







Kanizak, mingboshi

9

Kyaylak so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.







o’zlashgan so’zlar

10

Paronim so’zlar qatorini toping







Arab tilidan

Talabalar savollarga javoblarni belgilaganlaridan so’ng javoblar mavjud ikkinchi shakl namoyish etiladi va talabalar o’z xato va kamchiliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Blits savollari ifodalangan varaqlar talabalarga tarqatilishi yaxshi samara beradi.

Tekshirish uchun namuna



1

CHetdan kirib kelgan so’llarga ……deyiladi.




10

Etti,etdi

2

O’xshash shevalar yig’indisi




6

Qarluq, qipchoq, o’g’iz

3

Kitob, maktab so’zlari qaysi tildan o’zlashtirilgan?




2

Lahja(dialekt)

4

Non, suv, pul so’zlari qaysi qatlamga mansub so’zlar hisoblanadi?




4

Faol qatlamga

5


Eskirgan so’zlar qatorini belgilang.




7

Syazlarning lug’aviy ma’nolari

6

O’zbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.




9

Kiyim turi

7

Leksikologiyada nima o’rganiladi?




8

SHeva

8

Ma’lum bir hududda qo’llaniladigan til shakliga ....deyiladi.




5

Kanizak, mingboshi

9

Kyaylak so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.




1

o’zlashgan so’zlar

10

Paronim so’zlar qatorini toping




3

Arab tilidan


5-ilova..Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash:

Talabalar o’tirgan joylariga qarab 3 qatorga bo’liniadilar va har bir qatorga alohida quyidagi tartibda o’tilayotgan mavzu asosida mustaqil ishi topshiriladi:(Bajarilgan ishning sifati gapning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda talabaning o’z misolini to’g’ri va tushunarli ifodalay olishi bilan belgilanadi.)

1-qator-Nofaol so’zlar asosida ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

2-qator- Faol so’zlar asosida ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

3-qator-SHeva qatnashgan ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

7-ilova.Test tekshiruvi. Bunda har bir talabaga alohida variant asosidagi test beriladi va uning mustaqil tarzda bajarilishi nazorat qilinadi. (Test kalitlari yig’ishtirib olinib natijalari keyingi mashg’ulotgacha e’lon qilinadi.)

Namuna

1. Quyidagi gapda qo‘llangan iboraning qanday ma’noga egaligini belgilang. Bizning orzularimiz ko‘p edi, ammo peshanamizga yozilgani shu bo‘ldi. A) taqdir B) orzu C) qismat D) A va C.

2. Quyidagi iboralarning qaysi biri nisbatan keng tushuncha ifodalaydi?

A) ko‘ngil bermoq B) ko‘ngil bog‘lamoq C) ko‘ngil qo‘ymoq D) yaxshi ko‘rmoq

3. O‘zaro sinonim bo‘lgan iboralar qo‘llangan gapni toping.

A) Meni bilsang, Qo‘ng‘irot elda turaman, Har ish bo‘lsa, peshonamdan ko‘raman. B) Yaqinda peshonamdagi yolg‘iz onajonim ham betob bo‘lib qoldi.

C) Taqdirga tan berib, nima bo‘lsa, peshonamdan ko‘rarman, deb xayol qildi. D) Peshonamizga bitgani shu bo‘lsa, qandoq qilaylik, oyi!

4. O‘zbek tili uchun nisbatan qadimiy so‘zni belgilang.

A) gul B) chechak C) olam D) jahon

5. Zamon jihatdan nisbatan so‘ng yuzaga kelgan tasviriy ifodani toping.

A) peshona teri B) peshonada bori C) palahmon toshi D) dehqonning qanoti

6. Quyidagi iboralardan qaysi biri bog‘lovchi bilan sinonim bo‘la oladi?

A) shunga qaramay B) bo‘lsa, bordir C) u yoqda tursin D) ammamning buzog‘i

7. Qaysi ibora xo‘rlandi so‘ziga sinonim bo‘ladi?

A) tepa sochi tikka bo‘ldi B) yuragiga sig‘may qoldi C) oyoq osti bo‘ldi D) mum tishlab qoldi

8. Qaysi qatordagi frazeologizmlar hayratlanish ma’nosini bildiradi?

A) yoqasini ushlamoq, og‘zi ochilib qolmoq B) o‘zini qo‘ygani joy topa olmaslik, yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq C) oyoq osti qilmoq, mayna qilmoq D) ko‘ziga qon to‘lmoq, ko‘zining paxtasi chiqmoq

9. Quyidagi predmet nomlaridan bir tasviriy ifoda orqali ifodalanadiganini belgilang.

A) ko‘mir, neft B) televizor, raketa C) matematika, shaxmat D) A, C.

10. Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo‘lgan so‘zlar qanday ataladi?

A) atamalar B) paronimlar C) terminlar D) sheva so‘zlar
7.Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti

2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.

3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.

4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.

5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti

6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil

Mavzu: Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi.


Mashg’ulotga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 30 ta

O’quv mashg’ulotining shakli

Amaliy mashg’ulot

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

  1. Tashkiliy qism.

  2. Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash

  3. Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

  4. Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.

  5. Texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash

  6. Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.

  7. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

  8. Mavzuni yakunlash.

O’quv mashg’ulotining maqsadi

Talabalarning « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi” mavzusidan ma’ruza mashg’ulotida olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llash ko’nikma va malakalarini tekshirish va mustahkamlash.

Pedagogik vazifalar:

1.Tashkiliy qism.

2.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash

3.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

4.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.

5.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash

6.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.

7. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

8.Mavzuni yakunlash.




O’quv faoliyati natijalari:

  1. auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi;

  2. talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi » mavzusi yuzasidan 1-ilovada berilgan savollarga javob beradilar, munozarada ishtirok etadilar;

  3. talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi » mavzusi yuzasidan 2-ilovada berilgan mashqlarni bajaradilar, bir-birlarining javoblarini to’ldiradilar;

  4. talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi» mavzusi yuzasidan 3-ilovada berilgan namuna asosida o’z mustaqil ishlarini himoya qiladilar, munosarada ishtirok etadilar;

  5. talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi» mavzusi yuzasidan 4-ilovada berilgan blits savollariga javob beradilar;

  6. talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi» avzusi yuzasidan 5-ilovada berilgan mustaqil ishni amalga oshiradilar;

  7. talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi» mavzusi yuzasidan 6-ilovada berilgan test savollariga javob beradilar

  8. mavzu 7-ilovaga asosan yakunlanadi.




Ta’lim metodi

Aqliy hujum, darslik bilan ishlash, suhbat, “Blits” , test texnologiyalari

Ta’limni tashkil etish shakli

Amaliy, ommaviy,individual.

Didaktik vositalar

Darslik, ukuv kullanma, tarqatma materiallar, slayd-prezentatsiya

Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona

Nazorat

Test O’z-o’zini nazorat qilish, refleksiya


Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich. Oquv mashgulotiga kirish (Davat bosqichi)

(5 minut)

1.Tashkiliy qism.



1.Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi;




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(70 minut)

1.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash

2.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

3.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.

4.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash

5.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.

6. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

7.Mavzuni yakunlash. 1.Tashkiliy qism.

2.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash

3.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

4.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.

5.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash

6.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.

7. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash


  1. talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi» mavzusi yuzasidan 1-ilovada berilgan savollarga javob beradilar, munozarada ishtirok etadilar;

  2. talabalar «Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi» mavzusi yuzasidan 2-ilovada berilgan mashqlarni bajaradilar, bir-birlarining javoblarini to’ldiradilar;

  3. talabalar «Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi» mavzusi yuzasidan 3-ilovada berilgan namuna asosida o’z mustaqil ishlarini himoya qiladilar, munosarada ishtirok etadilar;

  4. talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi “mavzusi yuzasidan 4-ilovada berilgan blits savollariga javob beradilar;

  5. talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi” mavzusi yuzasidan 5-ilovada berilgan mustaqil ishni amalga oshiradilar;

talabalar « Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi Hozirgi o’zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi » mavzusi yuzasidan 6-ilovada berilgan test savollariga javob beradilar

3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)

(5 minut)

8.Mashg’ulotni yakunlash.

Mashg’ulot 7-ilovaga asosan yakunlanadi..



Darsning borishi

Tashkiliy qism: Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi. Mashg’ulot mazmuni, maqsadi va o’tkazilish tartibi tushuntiriladi.
Asosiy anglash bosqichi.

1-ilova Talabalarning mavzu yuzasidan egallagan nazariy bilimlarini aniqlash va baholash maqsadida quyidagi savollar asosida savol-javob amalga oshiriladi: (Bunda o’qituvchi asosiy e’tiborni talaba nutqining ravonligiga, shevalardan xoli bo’lishishiga, javoblarning ilmiyligi va mantiqan to’g’riligiga hamda har bir ifodalanayotgan fikrning aniq misollar yordamida izohlanishiga qaratiladi)

1. Dialektologiya bo’limining obg’ekti va vazifalarini izohlang.

2. O’zbek tili leksik qatlamining tarkibini tushuntirib bering.

3 Atamalar haqida ma’lumot bering.

4. Qarluq lahjasining o’ziga xos fonetik, morfologik va grammatik jihatlarini izohlang.

5 Qipchoq lahjasining o’ziga xos fonetik, morfologik va grammatik jihatlarini izohlang.

6. O’g’iz lahjasining o’ziga xos fonetik, morfologik va grammatik jihatlarini izohlang.

7. SHevaning adabiy til bilan munosabatini tushuntirib bering.



8. Milliy til va uning tarkibini tushuntirib bering.
Savol-javob jarayonida mavzu materiallarining izchilligi va uzviyligiga amal qilinadi, talabaning javobini ikkinchi bir talaba tomonidan to’ldirilishi uchun imkoniyat yaratib beriladi. Talabalar faolligini ta’minlash maqsadida har bir talabaning javobi o’z vaqtida belgilangan ballar asosida baholanib boriladi.

2-ilova.Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to’liq va mukammal bo’lishi o’qituvchi va talabalar tomonidan qatg’iy nazoratga olinadi.)
101-mashq. O’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni “umumxalq leksikasi” va “dialektal leksika”ga ajratib yozing. Dialektal so’zlar ma’nosini tushuntiring, ularning adabiy tildagi shaklini ayting va yonma-yon yozing.

1. ...Bozordan uch-to’rt hovli naridagi, biqinida bir tup zardoli o’sgan katta ko’k darvoza bizniki. (E.A’zamov) 2. Savat ko’targan yigit parmanchak terib, o’rmon cheti bilan kelaverdi. (Yo.SH.) 3. Men yugurib borib non sandiqdan nonparni olib keldim. Buvim yasagan patir-kulchalarga nonpar bosa boshladim. (S.Nurov) 4. Umarxo’ja boy ... katta bazm berib, mushakbozlik qildirgan edi. O’shanda SHamsiddinim yo’lga kirmagan buvak edi.(S.Ahm.) 5. Qandolatfurush yarim kilo pechak qand tortib uzatdi. (Yo.SH.) 6. Faner bermasa, vassa qilarsiz. (P.Q.) 7. – Taladan kelganimda shatta turgan edi-ya! – Kampir chiroqsiz xonada gugurt chaqib, qimiz kadini qidirar edi.(P.Q.) 8. Men seni injitmayman, Va lekin tinchitmayman. (M.Boboev)

102- mashq. Gaplarni o’qing, dialektal so’zlarni aniqlang, ular qaysi shevaga xos ekanini va adabiy tildagi shaklini ayting.

1. Ma’lumki, tun bilan kunduz tenglashgan tongda ko’katlar bulturgi ildizlaridan bosh ko’tarib chiqadi, daraxtlar pindig’i bo’rtadi, tabiat uyg’onib, yer ko’pchiydi. 2. Bozordagilar: «Jinoyat amakimdi eshagining ham aytgani aytgan, degani degan», deyishsa, qishloqdagilar: «Jinoyat oqsoqol eshagiga xalacho’pdi ham birovning tolidan sindirib oladi»,— deyishardi. (S. Ahm.) 3. Sen bilan biz baqlarda yuribmiz, xolos. (S. Ahm.) 4. Huv o’qishni bilgan axtig’imdan aylanay, - deb buvisi nabirasining yelkasini qoqib qo’ydi. (J.SH.) 5. O’rikka chiqib, g’o’ra uzib yeyishni, ... allaqachon o’rgangan. (P. T.) 6. Yuraklarim ezilib ketdi, hadeb tushimga kirvotti. (P. T.) 7. To’satdan oranglardan ola pishak o’tdimi? (E.Usmonov) 8. Saidahmadxon Eshonxon ko’k choy suzib uzatgan piyolani oldi. (O.) 9. SHundan keyin tez-tez ko’rishib turish odatga aylandi... Asosiy pakkamiz bog’ning etagi. (U.Nazarov) 10. Sekin, sekin, aya, birov eshitib qoladi. (S. Ahm.) 11. – Ie, anovi, polvonning askardan yangi kelgan ulimi? (E.A’zamov) 12. ...Biror joyda birpas choylashib, keyin poezdga chiqsak, qalay? (E.A’zamov) 13. Ammo Nazarov qoyil qolib: «Ofarin! Bamisoli po’lot toblanishopti!» — dedi. (H. G’.)
103- mashq. o’qing. Toshkent shevasida qo’llangan so’zlarni aniqlang va ularni adabiy shakli bilan birga (kep-kelib) yozing.

,1. Sultona: «Endi boring, ular hozir kep qolishadi», - dedi. (SH. Siddiqiy.) 2. Bir kun keyin mulla bo’ladi. Zixni o’tkir bola. (S. Ahm.) 3. Popop tikishga shundog’am chevarki! Toshkanning to’rt dahasida hech kim unga teng kela olmaydi. (O.) 4. O’shaqqa ketsak yomon bo’lmaydi. Mani aytdi, dersan. (S. Ahm.) 5. «Ha, inim,—dedi Zebixonning opasi,—uxlagani ketyapsizmi? Vahli-ku?» (S. Ahm.) 6. «Qatta yuribsiz daydib, boydan nima davo topib keldingiz?» — so’radi Buvsara kesatib. (O.) 7. — Tavba, hech kim seni Portugaliya yo Janubiy Afrika Ittifoqi fuqarosi deyayotgani yo’q-ku. — Sal bo’lmasa shunday demoqchiyding. (F. Muhammadiev.) 8. «Umi... u ...anavi yerda, oti minnamaydi»,— deya oldi, xolos. (SH. Siddiqiy.) 9. Oyimla aytdilarki, qolgan ikki oy uchun haqni yaqin kunlarda to’lar emishlar. (SH. Siddiqiy.) 10. Biletiyla manda, yetib borganda qaytaraman, - dedi. (N.A.) 11. — Opoqing qani? — Ana, kevottila! (H. G’.)
105-mashq. Jyulg’ Vernning «Suv ostida 80000 kilometr» romanidan olingan quyidagi parchani o’qing, terminlarni aniqlab, ularning qaysi sohaga oidligini ayting. So’z va terminning farqini izohlang.

Mana bu yoqqa qarang, professor, — deb so’z boshladi kapitan Nemo xona devorlarida osig’liq turgan asboblarga ishora qilib. — Bular «Nautilus»ni boshqarishga xizmat qiladigan apparatlar. Bu yerda ham salondagiday, bular hamisha mening ko’z oldimda bo’ladi va «Nautilus»ning okeanning qaerida turganini va yo’nalishini aniq ko’rsatadi. Mana bu «Nautilus»dagi havo haroratini ko’rsatadigan termometr; bunisi barometr, u havo bosimini aniqlaydi va bu bilan havoning o’zgarishini oldindan aytib turadi, gigrometr atmosferada namlik miqdorini ko’rsatadi; kema yo’nalishini ko’rsatadigan kompas, quyosh balandligiga qarab joyning kengligini aniqlaydigan sekstant; geografik uzunlikni belgilaydigan xronometrlar; nihoyat, kunduzgi va tungi kuzatuv trubalari; «Nautilus» suv sathiga chiqqanda, men bular yordamida ufqni kuzataman.

Bu asboblarning hammasi, — deb javob berdim men,— kemachilikda ishlatib kelinmoqda va bularning hammasi menga ilgaridan tanish. Biroq mana bu yerda menga ma’lum bo’lmagan allaqanday asboblar bor. Mana bu harakat qilib turadigan milli katta tsiferblat manometr emasmi?

Ha, bu manometr. U kema tashqarisidagi suv bosimini o’lchaydi va bular «Nautilus»ning suvga qancha cho’kkanini ko’rsatib turadi.

Mana bular zondlarmi?

Ha, faqat yangi konstruktsiyadagisi. Bular turli suv qatlamlaridagi haroratni o’lchaydigan termometrik zondlar.



106- mashq. Quyidagi so’z va terminlar qaysi sohaga oidligini aniqlang. SHulardan ikki sohaga oid so’z va terminlarni ko’chiring.

Argument, afilliya (bargsizlanish), oqsil, g’uncha, miqdor, kattalik, noto’g’ri kasr, toq son, nomerlash, proekqiya, astronavtika, teleskop minorasi, oy tutilishi, fonema, akustika, meteor nurlanishi, gultoj, novda, vilt, cheksiz yechim, ehtimoliy xato, sig’im, grafik usul, punktuatsiya, semasiologiya, o’zak, kabisa yil, kosmogonik gipoteza, Katta Ayiq, vaqt, absolyut vaqt, negiz, so’z yasovchi affiks, bo’luvchi, yopiq chiziq, tenglik ishorasi, logarifm, urg’u, milliy til, bo’g’in, tovush, leksikografiya, kometa, meteor, oy o’rog’i, assimilyatsiya, moslik, elliptik nuqta, dukkak, yon ildizlar, vegetativ hujayra, Omega tumanligi, bachki, kurtak, gerbariy, yulduzsimon yadro, turkiy tillar, ko’chirma gap, kallak, g’allasimonlar, nektar, moslashuv, harakat nomi, palak, soyadagi barglar, o’sish nuqtasi, to’qima, qalamcha.

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin