3-ilova.Mutaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to’g’riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o’rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
Namuna: . Mullajiring bo’lmasa, har qanaqa mavsum ham befayzu belutf ko’rinadi. (R. Zahir.) Mullajiring-nofaol qatlamga oid jargan so’z, pul ma’nosida qo’llangan
4-ilova.Blits texnologiyasi. (Talabalar blits savollariga tegishli tartibda o’z javoblarini belgilaydilar)
1
|
CHetdan kirib kelgan so’llarga ……deyiladi.
|
|
|
Etti,etdi
|
2
|
O’xshash shevalar yig’indisi
|
|
|
Qarluq, qipchoq, o’g’iz
|
3
|
Kitob, maktab so’zlari qaysi tildan o’zlashtirilgan?
|
|
|
Lahja(dialekt)
|
4
|
Non, suv, pul so’zlari qaysi qatlamga mansub so’zlar hisoblanadi?
|
|
|
Faol qatlamga
|
5
|
Eskirgan so’zlar qatorini belgilang.
|
|
|
Syazlarning lug’aviy ma’nolari
|
6
|
O’zbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.
|
|
|
Kiyim turi
|
7
|
Leksikologiyada nima o’rganiladi?
|
|
|
SHeva
|
8
|
Ma’lum bir hududda qo’llaniladigan til shakliga ....deyiladi.
|
|
|
Kanizak, mingboshi
|
9
|
Kyaylak so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.
|
|
|
o’zlashgan so’zlar
|
10
|
Paronim so’zlar qatorini toping
|
|
|
Arab tilidan
|
Talabalar savollarga javoblarni belgilaganlaridan so’ng javoblar mavjud ikkinchi shakl namoyish etiladi va talabalar o’z xato va kamchiliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Blits savollari ifodalangan varaqlar talabalarga tarqatilishi yaxshi samara beradi.
Tekshirish uchun namuna
1
|
CHetdan kirib kelgan so’llarga ……deyiladi.
|
|
10
|
Etti,etdi
|
2
|
O’xshash shevalar yig’indisi
|
|
6
|
Qarluq, qipchoq, o’g’iz
|
3
|
Kitob, maktab so’zlari qaysi tildan o’zlashtirilgan?
|
|
2
|
Lahja(dialekt)
|
4
|
Non, suv, pul so’zlari qaysi qatlamga mansub so’zlar hisoblanadi?
|
|
4
|
Faol qatlamga
|
5
|
Eskirgan so’zlar qatorini belgilang.
|
|
7
|
Syazlarning lug’aviy ma’nolari
|
6
|
O’zbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.
|
|
9
|
Kiyim turi
|
7
|
Leksikologiyada nima o’rganiladi?
|
|
8
|
SHeva
|
8
|
Ma’lum bir hududda qo’llaniladigan til shakliga ....deyiladi.
|
|
5
|
Kanizak, mingboshi
|
9
|
Kyaylak so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.
|
|
1
|
o’zlashgan so’zlar
|
10
|
Paronim so’zlar qatorini toping
|
|
3
|
Arab tilidan
|
5-ilova. Mustaqil va ijodiy ish. Talabalar o’zlari mansub bo’lgan lahja shevasiga xos bo’lgan so’zlar ishtirokida misollar yozadilar.(Bajarilgan ishning sifati gapning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda talabaning o’z misolini to’g’ri va tushunarli ifodalay olishi bilan belgilanadi.)
Na’muna- Ulim inagingni jildirib qo’y.(SH.Xolmirzaev) Ulim-o’g’lim, inak-sigir singari.Qipchoq lahjasiga xos bo’lgan shevalardan olingan so’z.
6-ilova.Test tekshiruvi. Bunda har bir talabaga alohida variant asosidagi test beriladi va uning mustaqil tarzda bajarilishi nazorat qilinadi. (Test kalitlari yig’ishtirib olinib natijalari keyingi mashg’ulotgacha e’lon qilinadi.)
Namuna
1. O‘zbek adabiy tilining boyishida shevalar qanday manba hisoblanadi?
A) ichki manba B) tashqi manba C) shevalar adabiy tilning emas, balki o‘zbek milliy tilining ichki manbasi hisoblanadi
D) shevalar adabiy til uchun manba bo‘la olmaydi
2. Quyidagi sinonimik qatordagi so‘zlarning qaysi biri eskirgan?
A) osmon B) samo C) ko‘k D) gardun
3. Quyidagi birliklardan qaysi biri nutqqa tayyor holda olib kiriladi? 1) so‘z; 2) qo‘shma so‘z; 3) ibora; 4) birikma; 5) tasviriy ifoda; 6) gap.
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,3 D) 1,2,3,5
4. Shevaga xos so‘zlar qaysi qatorda?
A) maktab, suv, tosh B) yaxshi, yomon, sariq C) men, sen, biz D) moma, mayak, o‘jak
5. Kasb-hunar so‘zlari qaysi qatorda?
A) Tiniq ko‘kda oq bulut parchalari ko‘rindi. B) Yosh terak va tollarning barglari shamolda tebranmoqda. C) Shonlar, har xil siniq qoliplar, charm rezgisi, shirach kosa, mahsi ichiga yopishtiriladigan eski lattalar va hokazo do‘konxona yuzini tutgan. D) Deraza tokchalarida tuvaklarda gullar bor.
6. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysisi omonimlik xususiyatiga ega?
A) yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq B) og‘zi qulog‘ida bo‘lmoq C) boshga ko‘tarmoq D) boshida yong‘oq chaqmoq
7. O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardan iborat qatorni toping.
A) ijod, lug‘at, hikmat B) o‘rda, kamtar, mirshab C) maktab, pichoq, bahor D) g‘isht, peshona, dono
8. Iboralar nutqning qaysi uslubida ko‘proq qo‘llanadi?
A) ilmiy uslubda B) badiiy uslubda C) so‘zlashuv uslubida D) B, C.
9. Iborani aniqlang.
A) It bolaning barmog‘ini tishlab olibdi. B) Otaxonning avaylab olib ketayotgan tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi.
C) Xabarni eshitib, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi. D) Qizcha oyisining etagidan ushlab borar edi.
10. Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlar birikib, bir ko‘chma ma’noni ifodalash uchun xizmat qilsa, u qanday birlik hisoblanadi?
A) qo‘shma so‘z B) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi C) frazeologik birikma D) so‘z birikmasi
7.Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.
4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.
5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti
6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil.
MAVZU
|
So’z yasalishi.
|
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg'ulot shakli
|
Amaliy mashg`ulot
|
Amaliy masg''uloti rejasi
|
1Tashkiliy qism.
2Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash
3Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.
4Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.
5Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
6Mavzuni yakunlash.
|
O'quv mashg'ulotning maqsadi
|
Talabalar So’z yasalishi.
mavzusi haqida tushuncha berish.
|
O'qiituvchining vazifasi:
1 So’z yasalishi.
haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash.
2. So’z yasalishi yuzasidan mashqlar bajartiradi .
3. Test bajartiradi
|
O'quv faoliyatining natijasi
1.So’z yasalishi.
.haqidagi bilimlari yuzasidan javob beradi.
2 So’z yasalishi .haqida mashqlar bajaradi .
3. Test yechadi
|
Ta'lim metodi va texnikasi
|
Suhbat, Muammoli izlanish,mashqlar to`plami
|
Ta'lim vositasi
|
Proyektor, Ma`ruza matni,
|
Ta'lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash
|
Ta'lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Mavzu: Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari yuzasidan amaliy mashg’ulot.
Mashg’ulotga ajratilgan vaqt – 2 s
|
Talabalar soni – 30 ta
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Amaliy mashg’ulot
|
O’quv mashg’ulotining tuzilishi
| -
Tashkiliy qism.
-
Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash
-
Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.
-
Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.
-
Texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash
-
Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.
-
Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
-
Mavzuni yakunlash.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi
|
Talabalarning « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari” mavzusidan ma’ruza mashg’ulotida olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llash ko’nikma va malakalarini tekshirish va mustahkamlash.
|
Pedagogik vazifalar:
1.Tashkiliy qism.
2.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash
3.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.
4.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.
5.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash
6.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.
7. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
8.Mavzuni yakunlash.
|
O’quv faoliyati natijalari:
-
auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi;
-
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari» mavzusi yuzasidan 1-ilovada berilgan savollarga javob beradilar, munozarada ishtirok etadilar;
-
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari» mavzusi yuzasidan 2-ilovada berilgan mashqlarni bajaradilar, bir-birlarining javoblarini to’ldiradilar;
-
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 3-ilovada berilgan namuna asosida o’z mustaqil ishlarini himoya qiladilar, munosarada ishtirok etadilar;
-
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 4-ilovada berilgan blits savollariga javob beradilar;
-
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari » avzusi yuzasidan 5-ilovada berilgan mustaqil ishni amalga oshiradilar;
-
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 6-ilovada berilgan test savollariga javob beradilar
-
mavzu 7-ilovaga asosan yakunlanadi.
|
Ta’lim metodi
|
Aqliy hujum, darslik bilan ishlash, suhbat, “Blits” , test texnologiyalari
|
Ta’limni tashkil etish shakli
|
Amaliy, ommaviy,individual.
|
Didaktik vositalar
|
Darslik, ukuv kullanma, tarqatma materiallar, slayd-prezentatsiya
|
Ta’limni tashkil etish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona
|
Nazorat
|
Test O’z-o’zini nazorat qilish, refleksiya
|
Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)
(5 minut)
|
1.Tashkiliy qism.
|
1.Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi;
|
2-bosqich.
Asosiy (Anglash bosqichi)
(70 minut)
|
1.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash.
2.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.
3.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.
4.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash
5.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.
6. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
| -
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 1-ilovada berilgan savollarga javob beradilar, munozarada ishtirok etadilar;
-
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 2-ilovada berilgan mashqlarni bajaradilar, bir-birlarining javoblarini to’ldiradilar;
-
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 3-ilovada berilgan namuna asosida o’z mustaqil ishlarini himoya qiladilar, munosarada ishtirok etadilar;
-
talabalar « Frazeologiya.Frazeologik birikmalar, ularning turlari“ mavzusi yuzasidan 4-ilovada berilgan blits savollariga javob beradilar;
-
talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari” mavzusi yuzasidan 5-ilovada berilgan mustaqil ishni amalga oshiradilar;
6)talabalar « Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari Frazeologiya» mavzusi yuzasidan 6-ilovada berilgan test savollariga javob beradilar
|
3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)
(5 minut)
|
8.Mashg’ulotni yakunlash.
|
Mashg’ulot 7-ilovaga asosan yakunlanadi..
|
Darsning borishi
Tashkiliy qism: Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi. Mashg’ulot mazmuni, maqsadi va o’tkazilish tartibi tushuntiriladi.
Asosiy anglash bosqichi.
1-ilova Talabalarning mavzu yuzasidan egallagan nazariy bilimlarini aniqlash va baholash maqsadida quyidagi savollar asosida savol-javob amalga oshiriladi: ( (Bunda o’qituvchi asosiy e’tiborni talaba nutqining ravonligiga, shevalardan xoli bo’lishishiga, javoblarning ilmiyligi va mantiqan to’g’riligiga hamda har bir ifodalanayotgan fikrning aniq misollar yordamida izohlanishiga qaratiladi).
1. Leksikologiya bo’limining obg’ekti va vazifalarini tushuntirib bering.
2. Ibora deganda qanday til birligi tushuniladi?
3 . Iboralarning turlarini izohlang.
4. Leksik birliklarni tushuntiring.
5. Sinonim iboralarni misollar asosida izohlang.
6. Antonim iboralarni misollar asosida tushuntirib bering.
7. Omonim iboralarni misollar asosida tushuntiring..
8. Frazeologik chatishma, qo’shilma va birikmaning farqini tushuntirib bering.
9. O’zbek tilining boyish manbalarini sanab bering.
10. Ibora bilan so’zning o’zaro farqli va o’xshash jihatlarini izohlang.
Savol-javob jarayonida mavzu materiallarining izchilligi va uzviyligiga amal qilinadi, talabaning javobini ikkinchi bir talaba tomonidan to’ldirilishi uchun imkoniyat yaratib beriladi. Talabalar faolligini ta’minlash maqsadida har bir talabaning javobi o’z vaqtida belgilangan ballar asosida baholanib boriladi.
2-ilova.Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to’liq va mukammal bo’lishi o’qituvchi va talabalar tomonidan qatg’iy nazoratga olinadi.)
116-mashq. Gaplarni o’qib, frazeologik birikmalarni aniqlang, ma’nolarini izohlang.
1. Abdurahim Toshmatovich tanqiddan xafa bo’lgan ekanlar shekilli, trestdan kelganlar bilan ham xayr-ma’zurni nasiya qilib, quyon bo’ldilar. (E.Nosirov) 2. Bosmachilik harakatidan ko’z-quloq bo’lib turmoq uchun Keyli Farg’onada qoldi. (S. Kalmikov.) 3. Ish men kutgandek yakunlanmadi. Tarvuzim qo’limdan tushib ketdi. (N.Yoqubov) 4. Qo’rquvdan yuragini hovuchlab yana anchagacha kiprik qoqmay yotdi. (SH. Siddiqiy.) 5. Ularni ko’rib Afshin hang-mang bo’ldi-yu, tiliga muhr bosildi. (J. Zaydon.) 6. – Bu yog’i haqida ertalab bosh qotiramiz. (SHuhrat) 7. «Hozircha ishlab turadi, — dedi Yo’ldosh aka, — durustroq bilimdon kishi topilgach, pattasi qo’liga tegadi». (K. Nu’mon, A. SHorahmedov.) 8. Kabinetni ko’rib, Saidaning og’zi ochilib qoldi. (A. Q.) 9. Oyog’ingni qo’lingga olib g’izilla. (R. Zahir.) 10. Birovning dilini siyoh qilmay yuradigan kun ham kelarmikin? (N. Biryukov.) 11. – Voy, gapga tushib ketib vaqtni tuya qilibmiz-ku! (SHuhrat) 12. Oyog’idagi tuflisining ohori to’kilibroq qolgan, demak, bitta tufli ham xarid qilish lozim. (F. Musajonov.)
117-mashq. Frazeologik iboralarni topib, turlarga ajrating; har bir turga oid ikkitadan gapni ko’chirib, ma’nolarini izohlang.
1. Arava bo’lsa almisoqdan qolgan, yana sinibdi. (O.) 2. Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval burningni artsang-chi... (S. Abd.) 3. ...Ishqilib baraka topsin shu doktorlar, boshing yostiqqa yetganda joningga ora kirishadi. (H. N.) 4. Yo’qlab kelibsan, boshim osmonga yetdi. (As. M.) 5. ...Qizlar har zamon ishdan bosh ko’tarib, bir-biriga gap otishadi. (S. Ahm.) 6. Qorasochning dili siyoh bo’lib, birdan xo’rligi keldi. (S. Azimov.) 7. ...Amalda ishni izdan chiqarib yuboribsiz! (S. Nazar.) 8. Kavushini to’g’rilab qo’yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. (As. M.) 9. Hoji xola ko’zi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi. ... (M. I.) 10. ...Uning ko’zlari qinidan chiqayozdi. (O.) 11. — Murodovaga ma’qul. Ammo Zunnunov ikki oyog’ini tirab turibdi. (I. R.) 12. Qodir kirganda, u kitobga mukka tushgan edi. (SHuhrat)
118-mashq. O’qing. Frazeologik iboralarni topib, ma’nolarini izohlang; So’ngra ularning sinonimlarini topib, har bir iboradan so’ng qavs ichida yozib ko’rsating.
1. Hay-hay, bola, og’zingga qarab gapir, to’riq qashqa o’ldi, dedingmi? (G’.G’.) 2. Nusrat uni: “Er tagida ilon qimirlasa biladi”, — der, undan o’tdan qo’rqqandek qo’rqardi. (S. Nazar.) 3. SHu o’tirishda ichini mushuk tatalayotganini qayoqdan bilsin u? (S. An.) 4. Uyalmadingizmi davlatning ko’zini bo’yagani? (S. An.) 5. ... Qodirning qorong’i dunyosi yorishib ketdi, labining tanobi qochdi. (SHuhrat) 6. La’lixonning sha’niga bir gap aytdi, hammaning tepa sochi tikka bo’ldi. (S. Ahm.) 7. O’zining shu yerdaligini bildirsinmi? Yo’g’-e. Tomdan tarasha tushganiday-a? (S. An.) 8. ...CHunonam bir terlaysizki, dardingiz xamirdan qil sug’urgandek chiqib ketadi. (S. Ahm.) 9. Sal qovog’ingizni ochib o’tiring. Odamning kapalagini uchirib yubordingiz-ku, Matlubaxon! (O.Yo.) 10. Maktabga taalluqli nima masala bo’lsa aralashadi. Lekin hech kim: “Nega sen hamma narsaga chovlingni solaverasan?” demaydi. (SHuhrat)
119-mashq. O’qing. Frazeologik iboralarni topib, ma’nolarini izohlang. O’zaro antonim sifatida qo’llangan frazeologik iboralarni aniqlab, ularni juftlab ko’chiring.
1. Sodiqning fikri ravshanlashib, o’ylay ketdi: CHuxanov ham tergovchi, bu ham tergovchi. Ikkalasi ikki dunyo. Biridan kishining ko’ngli suv ichadi, ikkinchisidan ensang tosh qotadi. (SHuhrat) 2. Sudg’yaning dunyoda o’g’li borligidan qalbiga iliq nur yugurgani bilan ko’ngliga qora soya tushib, xijil edi. (SHuhrat) 3. Sobir bilan uning o’rtasidan shu kunlarda ola mushuk o’tganini yaxshi bilishmasdi. (H.N.) 4. U dashtdagi qizlar bilan apoq-chapoq bo’lib ketgan edi. (O.Yo.) 5. Hamma ishlaridan ko’ngli to’q bo’lganidan ikki kun ko’z ochib yumguncha o’tib ketdi. (O’.Usm.) 6. Kunlar oyog’iga tosh boylab o’tar, U maktub yo’liga intiq ko’z tutar. (M.Ali)
120-mashq. Badiiy asarlardan frazeologik iboralarga misollar topib yozing, ularning ma’nolarini izohlang.
Dostları ilə paylaş: |