O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


  3-mavzu. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyat yuritishining



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə58/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

61 

3-mavzu. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyat yuritishining 
strategik modellari
3.1.Korxonalar faoliyatining funksional sohalari.
3.2. Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari
3.3. Korxonani tashkil qilish tamoyillari va ta’sis hujjatlari
3.4. Korxonalarning davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi
3.5. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish

3.1.Korxonalar faoliyatining funksional sohalari. 

Korxonalarni tasniflash. Har qanday korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi
lozim. Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki
foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot)
yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xususiy korxona, xo‘jalik shirkati va
aksionerlik jamiyati, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda
tuzilishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va
mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek
qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilot o‘zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos
keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot sifatida faoliyat yuritadigan korxonalar xususiyatlarini birma-bir
ko‘rib chiqamiz.
Xususiy korxona deb, mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va
boshqariladigan tijoratchi tashkilot e’tirof etiladi
14
. Xususiy korxona tadbirkorlik
sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va
shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni
bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan
javob beradi.
Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda xususiy
korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga
ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va "xususiy
korxona" degan co‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning
qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va "xususiy korxona" degan so‘zlarni
yoki "XK" abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Xususiy korxona o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xususiy
korxonaning joylashgan eri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni paytning
o‘zida uning firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.

якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг


нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11.

14
“Хусусий корхоналар тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. Қонун


ва қарорлар. – Т.: Ўзбекистон, 2004, №3





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin